“yashil iqtisodiyot”ga o‘tishning zaruriyati, tamoyillari va dastaklari



Yüklə 331,8 Kb.
səhifə4/15
tarix27.12.2023
ölçüsü331,8 Kb.
#162124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
2YASHIL IQTISODIYO1

Авлодлар бирдамлиги


2.2.1-rasm. “YAshil iqtisodiyot” tamoyillari
Barqarorlik tamoyili. “YAshil iqtisodiyot” barqarorlikni ta’minlash vositasi hisoblanadi. U barqaror rivojlanish o‘rnini bosa olmagan holda, uni ta’minlash usullaridan biri sanaladi. “YAshil iqtisodiyot” sog‘lom atrof-muhitga bog‘liq va barcha uchun farovonlik manbai bo‘lib xizmat qiladi. Bunday siyosat barqaror rivojlanishning barcha (ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy) maqsadlarini qamrab oladi va ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha ijobiy natijalarga erishish imkonini beruvchi aralash strategiyalarn ishlab chiqadi.
Adolatlilik tamoyili. “YAshil iqtisodiyot” mamlakatlar va avlodlar o‘rtasida tenglik, adolatni qo‘llab-quvvatlaydi. U inson huquqlari, madaniy xilma-xillik, gender tengligini ta’minlashga ko‘maklashadi, bilimlar, ko‘nikmalar, tajribalar va har bir insonning ushbu sohaga qo‘shgan hissasini tan oladi. Tub aholining er, hudud va resurslarga bo‘lgan huquqlari hurmat qilinadi.


40 Deklaratsiya Konferensii OON po problemam okrujayuщey cheloveka sredы ot 16.06.1972 // Konsultant plyus 4012.00.32 2002-2013.
Barcha uchun foydalanish imkoniyati tamoyili. YAshil iqtisodiyot barcha uchun farovonlik olib keladi va kambag‘allik darajasini pasaytiradi, barcha mamlakatlarda inson taraqqiyotining yuqori darajasiga erishish, oziq- ovqat xavfsizligini ta’minlash va sog‘liqni saqlash, ta’lim, sanitariya, suv bilan ta’minlash, energiya va boshqa asosiy xizmat turlaridan foydalanish imkoniyatini yaratishga xizmat qiladi. Ushbu tamoyil ayollar huquqlari va imkoniyatlarining kengayishiga ko‘maklashadi. “YAshil iqtisodiyot” barqarorlik asosida amalga oshirilsa rivojlanish huquqini qo‘llab- quvvatlaydi.
Sog‘lom sayyora tamoyili. “YAshil iqtisodiyot” yo‘qotilgan bio xilma- xillikni tiklashga yordam beradi, tabiiy tizimlarga investitsiyalar yo‘naltiradi va yo‘q bo‘lib borayotganlarini qayta tiklaydi. “YAshil iqtisodiyot” ekotizimlar va bio xilma-xillikka bevosita bog‘liq bo‘lib, ushbu iqtisodiyot ekologik talablardan chetga chiqmaslik va barchani mazkur talablar bo‘yicha hamkorlik qilishga undaydi. Ekologik talablarga atrof-muhitni ifloslantirish, ekotizimlarni muhofaza etish, bio xilma-xillik va boshqa tabiiy resurslarni asrab qolish, tabiiy resurslar (suv, tabiiy gaz, foydali qazilma boyliklar)dan samarali va kelajak avlod ehtiyojlarini xavf ostiga qo‘ymasdan oqilona foydalanish kabilar kiradi.
“YAshil iqtisodiyot” yangi texnologiyalar va innovatsiyalarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanishga qadar potensial ta’sirini, iqtisodiy siyosatning ekologik oqibatlarini baholash, ekologik va ijtimoiy munosabatlar o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashga yordam beradi.

Yüklə 331,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə