“yashil iqtisodiyot”ga o‘tishning zaruriyati, tamoyillari va dastaklari


Ayrim mamlakatlarda qayta tiklanadigan energiya va yoqlig‘i manbalarini o‘zlashtirish sohasida yaratilgan ish o‘rinlari, 2018 y53



Yüklə 331,8 Kb.
səhifə15/15
tarix27.12.2023
ölçüsü331,8 Kb.
#162124
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
2YASHIL IQTISODIYO1

2.4.1-jadval

Ayrim mamlakatlarda qayta tiklanadigan energiya va yoqlig‘i manbalarini o‘zlashtirish sohasida yaratilgan ish o‘rinlari, 2018 y53.





Jahon

Xitoy

Braziliya

AQSH

Hindiston

EI 28

ming kishi

Quyosh energiyasi

3605,0

2194,0

15,6

225,0

115,0

96,0

Bioyoqilg‘i

2063,0

51,0

832,0

311,0

35,0

208,0

Gidroelektroenergiya

2054,0

308,0

203,0

66,5

347,0

74,0

SHamol energiyasi

1160,0

510,0

34,0

114,0

58,0

314,0

Quyosh yordamida isitish va sovutish

801,0

670,0

41,0

12,0

20,7

24,0

Qattiq biomassa

787,0

186,0

...

79,0

58,0

387,0

Biogaz

334,0

145,0

...

7,0

85,0

67,0

Geotermal energiya

94,0

2,5

---

35,0

---

23,0

Quyosh energiyasini
konsentratsiyalash

34,0

11,0

---

5,0

---

5,0

Jami




4078,0

1125,0

855,0

719,0

1235,0

Mamlakatimizda “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish konsepsiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019 — 2030 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. Qarorda belgilangan ustuvor yo‘nalishlardan biri “YAshil iqtisodiyot”ni qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy va nomoliyaviy mexanizmlarini ishlab chiqish hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishning ustuvor sohalaridan biri “yashil” iqtisodiyot tamoyillarini ta’lim va fanga integratsiya qilishga bag‘ishlangan54:



    • “yashil” iqtisodiyot asoslari, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish, “sof” transportni rivojlantirish, energiya tejash va boshqa masalalarni e’tiborga olgan holda oliy va o‘rta maxsus ta’limning tegishli yo‘nalishlari o‘quv dasturlarini takomillashtirish, shuningdek, umumiy o‘rta ta’limning tegishli dasturlariga “yashil” iqtisodiyot asoslari bo‘yicha mavzular kiritish;

    • oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar, umumiy o‘rta ta’lim uchun tegishli o‘quv adabiyotlarini (yo‘nalishlar bo‘yicha) tayyorlash yoki qayta nashr etish jarayonida ularga “yashil” iqtisodiyot asoslari bo‘yicha mavzular kiritish;

    • pedagog va ilmiy xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish dasturlariga “yashil” iqtisodiyot asoslari, jumladan, “YAshil texnologiyalar”, “YAshil mezonlarni hisobga olgan holda ekologik me’yorlashtirish asoslari”, “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari texnologiyalari”, “Energiya tejamkorligi va energiya samaradorligi muammolari” mavzularini joriy etish;

53 Renewables 2019. Global Status Report. www.irena.org
54 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019 — 2030 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2019 yil 4 oktyabr, PQ-4477-son Qarorining 1-ilovasi
- “yashil” texnologiyalar sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash.


Nazorat savollari





    1. Resurslarning cheklanganligi va “yashil iqtisodiyot”ga o‘tishning zaruriyati o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushuntirib bering.

    2. “YAshil iqtisodiyot”ga o‘tishdan ko‘zlangan maqsad nima?

    3. “YAshil iqtisodiyot”ga o‘tish qanday tamoyillarga asoslanadi?

    4. “YAshil iqtisodiyot”ga o‘tish siyosatida qanday dastaklardan foydalaniladi?

    5. “YAshil iqtisodiyot”ning axborot resurslariga nimalar kiradi?

    6. “YAshil iqtisodiyot” uchun inson kapitalini rivojlantirish qanday ahamiyatga ega?

    7. Qanday ish o‘rinlarini “yashil” ish o‘rinlari sifatida baholash mumkin?

    8. “YAshil” ish o‘rinlari va ta’lim o‘rtasida qanday bog‘liqlik mavjud?



Asosiy tushunchalar




Ma’muriy dastaklar – korxonalarga atrof-muhitga zarar etkazmaslik maqsadida nimalarga rioya etish zarurligi qayd etiladigan me’yoriy-huquqiy cheklovlar.
Iqtisodiy dastaklar – atrof-muhit bilan bog‘liq muammolarni hal etishda keng qo‘llaniladigan bozor dastaklari (narx mexanizmi, soliqlar, subsidiyalar va b.).
Ekologik soliqlar va yig‘imlar – ishlab chiqaruvchilar yoki iste’molchilar tomonidan atrof-muhitga etkazilgan zarar, chiqarib tashlangan chiqindilarning atrof-muhitni ifloslantirish darajasiga bog‘liq holda undiriladigan soliqlar yoki yig‘imlar.
Utillashtirish (yo‘q qilish) dasturlari – iste’molchilarga atrof- muhitga zarar etkazishi mumkin bo‘lgan mahsulotni sotib olishda muayyan summani to‘lash va mahsulotni keyinchalik tegishli markazlarga qayta ishlash yoki yo‘q qilish uchun topshirganda to‘langan summani qaytarishni ko‘zda tutuvchi dastur.
Ekologik jihatdan asoslangan subsidiyalar yoki to‘lovlar – hukumat tomonidan iste’molchilar yoki ishlab chiqaruvchilarga ekologik sof texnologiyalar (jumladan, shamol turbinalari yoki quyosh panellari)ni ishlab chiqish, joriy etish va undan foydalanishni rag‘batlantirish maqsadida to‘laydigan to‘lovlar.
Mas’uliyat qoidasi va kompensatsiya dasturlari – ishlab chiqaruvchilarni faoliyat natijalari (neft yoki qazilma boyliklar qazib chiqarish) tufayli etkazilishi mumkin bo‘lgan ekologik zararni hisobga olish yoki oldini olishlarini rag‘batlantiruvchi dasturlar.
Savdo ruxsatnomalari – atrof-muhitni ifloslantirishning umumiy darajasi shaklida belgilanadigan, da’vogarlar o‘rtasida davlat tomonidan taqsimlanadigan yoki auksion orqali sotiladigan ruxsatnoma yoki sertifikatlar.
Axborot dastaklari – iqtisodiy sub’ektlarni yashil iqtisodiyotni shakllantirish bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan ta’minlashning muqobil uslublari yoki usullari to‘g‘risida xabardor qilish samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan dastaklar.
Demateriallashtirish – mavjud zaxiralarni qisqartirish hisobiga omborlar uchun ajratilgan maydonlarni tejash.
YAshil” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) – kompyuter texnologiyalari va aloqa vositalaridan foydalanishda ekologiyaga minimal ta’sir etish va atrof-muhitni muhofaza qilish borasida maksimal darajada ijobiy samaraga erishish borasida qabul qilingan texnologik qarorlar.
YAshil” ish o‘rinlari – iqtisodiyotning an’anaviy (ishlab chiqarish va qurilish) yoki yangi tarmoqlari (qayta tiklanadigan energiya va energiya samaradorligi)da atrof-muhitni saqlab qolish yoki tiklashga ko‘maklashuvchi munosib ish o‘rinlari.
CHiqindilar – ishlab chiqarish yoki iste’mol qilish jarayonida hosil bo‘lgan xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar, o‘zga buyumlar yoki mahsulotning qismlari, o‘z iste’mol qilish xususiyatlarini yo‘qotgan tovarlar (mahsulotlar).
BMT Taraqqiyot Dasturi (United Nations Development Programme - UNDP) – BMTning o‘z a’zolariga rivojlanish sohasida beg‘araz yordam berishga ixtisoslashgan global tarmog‘i.
Yüklə 331,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə