“yashil iqtisodiyot”ga o‘tishning zaruriyati, tamoyillari va dastaklari



Yüklə 331,8 Kb.
səhifə12/15
tarix27.12.2023
ölçüsü331,8 Kb.
#162124
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
2YASHIL IQTISODIYO1

Axborot dastaklari. Axborot dastaklari iqtisodiy sub’ektlarni yashil iqtisodiyotni shakllantirish bilan bog‘liq axborotlar bilan ta’minlashning muqobil uslublari yoki usullari to‘g‘risida xabardor qilish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Jamoatchilikning suv va elektr energiyani tejashning muhimligi, atrof-muhit muhofazasini ta’minlash to‘g‘risida treninglar, ta’lim xizmatlari va boshqa axborotlar bilan ta’minlash darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar shular jumlasidandir. Jumladan, aholini ma’lumotlar bilan ta’minlash samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar muayyan itimoiy- iqtisodiy va ekologik muammolar to‘g‘risida umumiy tushuncha darajasini oshirish va murakkab siyosiy muammolarning oldini olish imkonini berishi mumkin. Axborotlar bilan ta’minlash dasturlari aholini yashil iqtisodiyotning maqsadi va vazifalariga erishishga olib keluvchi muhim tushunchalarga o‘rgatishi va “yashil iqtisodiyot” bilan munosabatlarning rivojlanishiga olib keladi.
Amaliyotda sanoat uchun me’yoriy holat hisoblanadigan ixtiyoriy sertifikatlash va markirovkalash misollari ko‘plab uchraydi. Ular ayrim mamlakatlarda birinchi navbatda huquqiy jihatdan talab etiladi. Bundan tashqari korporativ ijtimoiy mas’uliyat dasturlari va dastaklari aksariyat kompaniyalarda oddiy holga aylangan bo‘lib, ular ushbu kompaniyalar va ularning hamkorlari qanday bizes yuritishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Koreya Respublikasida energiya iste’moli darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlarni energiya smaradorligi va tegishli standartlar bo‘yicha markirovkalash amalga oshiriladi. Ushbu tadbir energiya tejovchi texnologiyalarni rivojlantirishni jadallashtiradi va iste’molchilarning energiya tejovchi mahsulotlarni xarid qilishlarini rag‘batlantiradi. Koreya Respublikasida energiya samaradorligini standartlash va markirovkalash 1992 yildan joriy etilgan. Mazkur dastur energiya tejamkorlik darajasi 1 dan 5 gacha bo‘lgan, katta miqdorda energiya iste’mol qiladigan mahsulotlarni markirovkalashni taqozo etadi.
Mamlakatda energiya tejamkorligi minimal energiya standartlariga javob bermaydigan mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish ta’qiqlanadi. KEA minimal energiya standartlariga javob beradigan mahsulotlar ro‘yxatini joriy etadi va ularni majburiy markirovkalashni amalga oshiradi. Ro‘yhatga kirishda energiya iste’moli darajasi 5 darajaga bo‘linadi va reyting 1 dan 5 ga qadar o‘sib borish tartibida amalga oshiriladi. YUqorida qayd etilgan standartlarga javob bermagan mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish ta’qiqlanadi44.
44 http://www.energy.or.kr/renew_eng/energy/industry/enms.aspx
Barqaror davlat xaridlari yashil iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim harakatga keltiruvchi kuchlaridan hisoblanadi. Birinchidan, barqaror davlat xaridlari davlat organlarining xarid jarayonida mahsulotlar va xizmatlarni tanlashga ekologik va ijtimoiy muammolarni integratsiyalashtirishga ko‘maklashadi. Davlat tomonidan amalga oshirilayotgan yashil xaridlar ixtiyoriy axborot dastagi hisoblanadi va xalqaro, milliy tashkilotlar tomonidan rag‘batlantiriladi. Davlat xaridlarining muhim xususiyati ularning bozorga ta’sir etish imkoniyatiga egaligi hisoblanadi. Tahlillar ko‘rsatishicha, davlat tomonidan xarid qilinayotgan barcha mahsulotlar qiymati mamlakat yalpi ichki mahsulotining sezilarli qismini tashkil etadi.
Davlat xaridlari doirasida o‘rnatiladigan mezonlar etkazib beruvchining malakasiga qo‘yiladigan talablardan mahsulotning texnik talablari (ayrim hollarda xarid qilinganlan keyingi talablar)ga qadar o‘zgarib turadi. Ushbu xaridlar bozorlarning yashillashish darajasini tezlatishi va korxonalar, tarmoqlar uchun yangi me’yorlar yoki standartlarni joriy etishga yordam berishi mumkin. SHu bilan birgalikda davlat xaridlari amalda doimo ijobiy natijalarga olib kelmasligi, xaridlarni amalga oshirishda yashil mezonlardan foydalanish murakkab jarayonga aylanib ketishi mumkin. Ayrim mamlakatlarda mahsulotlarga nisbatan ekomarkirovkalashni joriy etish orqali davlat xaridlarini yashillashtirishga harakat qilinmoqda.
YAshil iqtisodiyot dastaklarini aralash qo‘llash zarurligi. Nazariy jihatdan iqtisodiy dastaklarni qo‘llash yashil iqtisodiyot oldiga qo‘yilgan maqsadga erishish, ushbu maqsadga erishish yo‘lida amalga oshirilgan umumiy xarajatlarni minimallashtirish imkonini beradi. Bu holat iqtisodiy dastaklar qatnashchilar uchun qarorlar qabul qilishda me’yoriy dastaklarga nisbatan ko‘proq imkoniyatlar yaratib berishini anglatadi. Jumladan, texnologik andozalar (standartlar) qo‘llanilganda tartibga solishdagi ustunlik faqat tartibga soluvchi muassasa tomonida bo‘ladi. Bunda tartibga soluvchi kompaniyalarga atrof-muhitga zarar keltiruvchi chiqindilarni qancha chiqarish mumkinligi va ushbu ko‘rsatkichga erishishda qanday texnologiyalardan foydalanish zarurligi to‘g‘risida xabar beradi. Natijada kompaniyalarning ushbu masala bo‘yicha qarorlar qabul qilishdagi faoliyati cheklab qo‘yiladi. Amalda tartibga soluvchi muassasa kompaniyalarning atrof-muhit muhofazasi uchun mas’uliyati darajasini ushbu tadbirlar qiymatidan qat’iy nazar birxillashtirib qo‘yadi.
Aksincha, iqtisodiy dastaklar atrof-muhitning ifloslanish darajasini pasaytirish uchun rag‘batlar tizimini yaratib beradi, ammo ular ushbu maqsadga erishishning aniq texnologiyasini belgilab bermaydi. Qaysi texnologiyadan foydalanish kompaniyalar ixtiyorida qoladi. SHu bilan bir vaqtda atrof-muhitning ifloslanish darajasini pasaytirishga sarflanayotgan xarajatlar miqdori barcha uchun yagona bo‘lgan sharoitdagina tartibga soluvchi dastaklar samarali bo‘lishi mumkin.
“YAshil iqtisodiyot”ga o‘tish choralarini amalga oshirishda yashil iqtisodiy siyosat dastaklari ro‘yhatidan biron-bir dastakni oddiy tanlab olish orqali emas, balki maqsadga erishishdagi aniq maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda ularni aralash qo‘llashdek murakkab vazifani hal etishga to‘g‘ri keladi.
Ushbu jarayon rivojlanayotgan mamlakatlarda huquqiy-institutsional asoslarning takomillashmaganligi, yashil iqtisodiy siyosatni amalga oshirish uchun zarur moliyaviy va boshqa resurslar, ma’lumotlar va axborotlarning etishmasligi tufayli yanada murakkablashishi mumkin.
YAshil iqtisodiy siyosat maqsadiga erishish nuqtai nazaridan turli dastak va choralarni kelishilgan holda aralash qo‘llash zarur. Jumladan, qazib chiqariladigan yoqilg‘i uchun ajratilayotgan subsidiyalar o‘z navbatida byudjet uchun soliq yuki hisoblanib, qazib chiqariladigan yoqilg‘ining samarasiz taqsimlanishi va ortiqcha ishlatilishiga olib keladi. Qazib chiqariladigan yoqilg‘i uchun ajratilayotgan subsidiyalardan voz kechish qayta tiklanadigan energiya manbalarini qo‘llab-quvvatlash uchun investitsiyalar sarflash imkonini yaratadi. Bunday siyosat atmosferaga issiqxona gazlarini me’yorlashtirish orqali qo‘llab quvvatlanishi mumkin.
Iqtisodiyotni yashil iqtisodiyot tamoyillari asosida transformatsiyalash to‘liq biron bir mamlakat tomonidan amalga oshirilmagan. Tahlillar ko‘rsatishicha, ayrim mamlakatlar bu borada muayyan natijalarga erishgan va yuqorida qayd etib o‘tilgan dastaklarni amaliyotda qo‘llash orqali yashil iqtisodiyot sari siljishmoqda.
Aksariyat hollarda ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar hulqini o‘zgartirish uchun turli dastaklar, jumladan tartibga soluvchi va axborot bilan ta’minlovchi dasturlarni aralash qo‘llash talab etiladi. Amaliyot ko‘rsatishicha, ayrim sohalarda erishilgan muvafaqqiyatlarga qaramasdan iqtisodiy dastaklar ekologiya bilan bog‘liq barcha muammolarni hal etishga yordam bera olmaydi. Amaliyotda ko‘plab bozor va siyosiy to‘siqlar mavjud bo‘lib, ularning barchasini bartaraf etish lozim. Agar insoniyat “yashil iqtisodiyot” sari harakat qilmoqchi bo‘lsa, ma’muriy, iqtisodiy va axborot dastaklarini kompleks, aralash qo‘llashi zarur bo‘ladi.



    1. Yüklə 331,8 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə