“yashil” iqtisodiyot



Yüklə 21,45 Kb.
səhifə2/3
tarix19.05.2023
ölçüsü21,45 Kb.
#111588
1   2   3
“yashil” iqtisodiyot

Ikkinchidan, ishlab chiqarish va iqtisodiyotni rivojlantirish uchun energiya resurslari kerak bo‘ladi, bularni qayta tiklanadigan energiya manbalari hisobidan ko‘paytirish, jamoat transportini ham elektr quvvati bilan yuradiganlariga almashtirish, energiyani tejaydigan binolarni barpo qilish kabi yo‘nalishlarda ishlarni olib borish.
Uchinchidan, atrof muhitga zararli gazlarni chiqarmaydigan, atrof-muhitni asraydigan, ekologik toza texnologiyalarni yaratish orqali ekologik toza mahsulotlarni yetishtirish masalasiga ham alohida ahamiyat berish lozim bo‘ladi.
To‘rtinchidan, bir tomondan, tabiatdagi barcha resurslar cheklangan bir paytda inson ehtiyojlari cheksizligini inobatga olib, ularning muvofiqligini ta’minlash maqsadida ne’matlarni ishlab chiqarishni kengaytirishni tabiiy resurslarni kamaytirmasdan amalga oshirish choralarini ham ko‘rish dolzarb masalalar sirasiga kiradi.
Beshinchidan, aholining doimiy o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun qancha ishlab chiqarish, qanday ishlab chiqarish, kimga mo‘ljallab ishlab chiqarish masalasiga atrof-muhitni asragan holda katta ahamiyat beriladi.
Xullas, yashil iqtisodiyotda inson, tabiat va iqtisodiyotning bir-biri bilan uyg‘un va barqaror rivojlanishini ta’minlagan holda harakat qilish lozim bo‘ladi. Biror narsani qilaman deb, ikkinchi narsa yo‘qotilmaydi. Masalan, uy quraman, deb daraxtlar ayovsiz kesib tashlanmaydi, texnologiyalarni ko‘paytirish havo atmosferasini zaharli gazlar bilan to‘ldirish evaziga amalga oshirilmaydi va h.k. Shu yo‘l bilan barqaror taraqqiyotga erishish bugungi global masalalardan biridir.
Yashil iqtisodiyot - bu odamlar va tabiat o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni va ikkalasining ehtiyojlarini bir vaqtning o'zida qondirishga urinishlarni qo'llab-quvvatlaydigan iqtisodiyot metodologiyasi. Yashil iqtisodiy nazariyalar odamlar va atrof-muhit o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik bilan bog'liq bo'lgan ko'plab g'oyalarni qamrab oladi. Yashil iqtisodchilar barcha iqtisodiy qarorlar uchun asos ekotizimga bog'liq bo'lishi kerakligini va tabiiy kapital va ekologik xizmatlar iqtisodiy ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlaydilar. 

Yüklə 21,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə