Yangi tahrirdagi Konstitutsiya O‘zbekiston jamiyatining evolyutsion rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat bo‘lib


Parlamentning sud va nazorat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va maxsus xizmatlar faoliyati ustidan nazorat funksiyalari kuchaytirilmoqda



Yüklə 123,74 Kb.
səhifə11/12
tarix30.12.2023
ölçüsü123,74 Kb.
#164207
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya

Parlamentning sud va nazorat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va maxsus xizmatlar faoliyati ustidan nazorat funksiyalari kuchaytirilmoqda
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi rahbarligiga nomzodlar avval Senatda ko‘rib chiqilib, keyin Prezident tomonidan tayinlanishi, shuningdek, respublika korrupsiyaga qarshi kurashish organi va respublika monopoliyaga qarshi organi rahbarlari Senat tomonidan saylanishi amaliyotini joriy etish taklif etildi.
Maxsus xizmatlar faoliyati ustidan parlament nazoratini kuchaytirish maqsadida Davlat xavfsizlik xizmati rahbarligiga nomzod Senat bilan maslahatlashuvlardan so‘ng Prezident tomonidan lavozimga tayinlanishi belgilanmoqda.
Oliy Majlis palatalarining birgalikdagi vakolatlari ham kuchaytirilib, parlament nazoratining muhim shakli bo‘lgan parlament tekshiruvi instituti Konstitutsiyada alohida mustahkamlab qo‘yilmoqda.
Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash maqsadida Sudyalar oliy kengashining barcha a’zolarini Senat tomonidan saylash tizimi kiritilmoqda.
Ayrim oliy mansabdor shaxslarning lavozimga saylanish yoki tayinlanish muddatlari bo‘yicha cheklovlar belgilanadi.
Senat Raisi va Qonunchilik palatasi Spikeri, Oliy sud va Sudyalar oliy kengashi raislari, ularning o‘rinbosarlari, Bosh prokuror, Markaziy saylov komissiyasi raisihokimlarni lavozimga ikki muddatdan ortiq saylash yoki tayinlashga cheklov kiritilmoqda.
Konstitutsiyaviy sud sudyalarini qayta saylanish huquqisiz 10 yilga saylash tartibi belgilanmoqda (hozirda birinchi marta 5 yilga, keyin yana 10 yilga saylanadi).
Konstitutsiyaga advokatura institutiga bag‘ishlangan va advokatlar faoliyatining kafolatlarini mustahkamlovchi alohida bob kiritilmoqda. Advokat, uning sha’ni, qadr-qimmati va kasbiy faoliyati davlat himoyasi bo‘lishi va qonun bilan muhofaza qilinishi mustahkamlanmoqda.

Yüklə 123,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə