Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar kirish


Sharq va g’arb mutafakkirlarining qarashlarida aqliy tarbiyaning ifodalanishi



Yüklə 73,41 Kb.
səhifə7/9
tarix21.10.2023
ölçüsü73,41 Kb.
#130068
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar kirish

Sharq va g’arb mutafakkirlarining qarashlarida aqliy tarbiyaning ifodalanishi.

Ta’lim –maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning bilish qobiliyatlarini muntazam va rejali ravishda rivojlantirib borish, bolalar bog’chasi tarbiya dasturida belgilangan eng oddiy bilimlar sistemasi bilan qurollantirish, malaka va ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berishda ta’lim yetakchi rol o’ynaydi, chunki ta’lim jarayonida aqliy tarbiyaga doir hamma masalalar hal etiladi. Ta’lim bolalarga izchillik bilan bilim berishni, bu bilimlarni aniqlash va sistemalashtirishni, bilish jarayonlarini, tafakkur faolligini rivojlantirishni nazarda tutadi.


Ta’lim kuzatuvchanlik, qiziquvchanlik va aqlning sinchkovlik, ziyraklik, tanqidiylik kabi sifatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Ta’lim jismoniy, estetik va mehnat tarbiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ham zarurdir. Bog’chada bolalarga madniy –gigiyenik ko’nikmalar, asosiy harakatlar o’rgatiladi, ular madaniy axloq qoidalarini o’zlashtirib oladilar, ularda axloqiy sifatlar, mehnat, tasviriy, konstruktiv, musiqa faoliyatiga oid malaka va ko’nikmalar tarkib toptiriladi.
Ta’lim jarayonida bolalarda o’quv faoliyati asoslari hosil qilinadi, ularni maktabda muvaffaqiyatli o’qish uchun muhim shart –sharoitlar yaratiladi. Hayot ta’limning ikki xil yo’l bilan amalga oshirilishini taqozo etmoqda. Birinchi yo’l –bolalarning bilim, malakA, ko’nikmalarni kattalar bilan o’zaro munosabatda bo’lishi orqali egallab borishidir. Bu muomala, mehnat faolyaiti va shu kabilar bilan belgilanadi. Ammo bu yo’l bilan egallangan bilim va malakalar bolalarning hayotining har xil sohalarida mustaqil qatnashga olishi uchun imkoniyat yaratmaydi. Ta’limning ikkinchi yo’li –maxsus tayyorgarligi bor kishilarning maxsus o’quv muassasalarida bolalarni kerakli bilim, malaka, ko’nikmalardan rejali ravishda xabardor qilib borishidir. Bunday yo’l bilan ta’lim berishdan maqsad yosh avlodni zamonaviy ishlab chiqarishda, jamiyatning ijtimoiy –siyosiy, madaniy hayotida faol qatnashtirish uchun zarur bo’lgan fan yutuqlari bilan tanishtirishdir.
Olloh taolo oyati karimasida: “Bilgil, Olloh yakkayu yagonadir”, -degan so’znni “bil” degan so’z bilan boshlagan.
Muhammad payg’ambar o’z hadislarida “Ilmga ilm olmoq yo’li bilan jrishilgaydir. Ilmu hunarni Xitoydan bo’lsa, ham o’rganinglar.. Ilm egalllang! –Ilm sahroda do’st, hayot yo’llarida –tayanch, yolg’iz damlarda –yo’ldosh, baxtiyor daqiqalarda –rahbar, qayg’uli oilalarda –madadkor, odamlar orasida –zebu ziynat, dushmanlarga qarshi kurashda –quroldir”, deganlar.
Qur’on karim oyatlaridan birida: “Yo rabbiy, ilmimni ziyoda qilgaysan, deb ayt!” –deyiladi.
Insoniyat paydo bo’lgandan beri odamlar ichidan yetishib chiqqan barcha ulamoyu –fuzalolar, olimu fozillar, shoiru yozuvchilarning barchasi o’z davrining nufuzli, hurmatli, e’tiborli kishilari darajasiga mkammal ilm egallash orqali erishganlar. Abu Nasr Farobiy, Mahmud Qoshg’ariy, Abu Rayhon Beruniy, Abdurahmon Jomiy, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Ibn Sino, Abu Abdullo Rudakiy, Abu Shukur Balxiy, Is’hoqxon Ibrat, Siddiqiy ajziy, Saidrasul Aziziy, Muhammad Sharif So’fizoda, Abdulrashidov, Toshmuhammad Qori Niyoziy va boshqalar mukammal ilm egallash orqali fanning barcha sohalarida buyuk kashfiyotlar va yangiliklar yaratganlar, shu bilan bir qatorda boshqalarni ham ilm egallashga chaqirganlar. O’zbek yozuvchisi, shoir, dramaturg Hamza Hakimzoda Niyoziy barchani ilm egallashga chaqiradi:
Har murodu maqsadingg yetmoq istarsan murod,
Ko’z ochib bedor bo’l, darkor ilm, darkor ilm.
Sharq mutafakkirlaridan Aba Abdullo Rudakiy, Abu Shukur balxiylar ham xalqni ilm olishga chaqirganlar, jumladan Rudakiy ilmning buyuk kuchini shunday ta’riflagan.
Odamlar aqlining charog’i ilm, Balodan saqlanish yarog’i bilim
Abu Shukur balxiy esa bilim egallashning zarurligini quyidagi she’riy misra bilan shunday ta’riflaydi:
Hayotdan o’rganib saboq,

Yüklə 73,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə