Xorijiy tillarning psixologik xususiyatlari



Yüklə 44,88 Kb.
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü44,88 Kb.
#134497
1   2   3   4
Maqola 18.10.2023 Jurnalga

Natijalar va muhokama
Nemis tili ona tili bo‘lgan insonlarda aqliy faoliyatda odatda o‘ng yarimsharlar kamroq, chap yarimsharlar esa ko‘proq jalb qilingan bo‘ladi. Aynan chap yarimsharlar insonlarda mantiqiy fikrlash, matematik hisob-kitob va pragmatizm uchun javob beradi. Nemislar va boshqa yevropaliklar kabi shu hislatlari bilan mashhur. Nemis olimlarining tadqiqotlari natijalariga ko‘ra, arab tili sohiblarida esa ko‘proq o‘ng miya ishlaydi va ikkala yarimsharlar orasida muntazam bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan. O‘ng yarimsharning faolligi arab tilining murakkab fonetik jaranglashi va yozish jarayonida so‘zlarda unli tovushlarning yo‘qligi bilan izohlanadi. Maks Plank instituti psixonevrologlari tadqiqotlari natijasiga ko‘ra, ilgaridan arab til sohiblarida miya yaxshiroq rivojlangan deb tahmin qilishadi. Ikkila yarimsharlar tuzilishi doimiy faol holatiga ega va yevropa tillariga qaraganda ular o‘rtasidagi munosabat mustahkamroq. Til semantikasi tufayli o‘ng yarimshar ustunlikka ega va go‘zallik va ideallik uchun javobgar hisoblanadi. Shu bilan birga, arablarda chap yarimshar ham faol ishtirok etadi, chunki arab yozuvi o‘ng tarafdan chap tarafga yoziladi, matematik hisob-kitoblar ham xuddi barcha savodli insonlar kabi shu tarzda amalga oshiriladi.
Shuningdek, xorijiy tillar miyaning eng murakkab bo‘lgan ijro etuvchi funksiyalarni rivojlantirishi tadqiqotlar jarayonida o‘z isbotini topgan. Misol uchun turli vazifalar o‘rtasida almashinuv, rejalashtirish, fikrlash, muammolarni hal qilish, ma’lumotlarni filtrlash va b. aytib o‘tish mumkin. Shu sababli ikki tilda so‘zlashuvchi inson tildan foydalanish jarayonida boshqa sohalarda afzalliklarga ega bo‘ladi, ya'ni ko‘proq ma’lumot olish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Xulosa
Demak, xorijiy tillarni o‘rganuvlar muntazam ravishda turli millat va elat vakillarining tajribasini o‘zlashtib borishi lozim. Ikkitillilikning afzallliklari nafaqat tilshunoslik sohasida, balki psixologiya, psixiatriya va boshqa fanlarda o‘zining ijobiy ta’siri mavjudligini isbotlab kelmoqda. Shuningdek, ikkitillilik ona va o‘zga til sohiblari o‘rtasida madaniyatlararo muloqot shakllanishida asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. O‘zga tillni egallash ta’lim oluvchilarni tayyorlashning muhim va ajralmas tarkibiy qismi boʻlib, boʻlajak xorijiy til mutaxassislarning ruhiy holatiga ijobiy ta’sir koʻrsatadi. Shunungdek, ikkitillilik muhim kognitiv va iqtisodiy samara berishi mumkin, lekin koʻpchilik hollarda xorijiy tilda soʻzlashuvchilar asosan shaxsiy, ijtimoiy va madaniy manfaatlarga alohida eʻtibor berishadi. Umuman inson psixologiyasini har tomonlama rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.
Inson xorijiy til o‘zlashtirar ekan, o‘zida yangi bir shaxsni shakllantiradi va o‘zini o‘sha millat vakili kabi tartiblili, ishbilarmon, tadbirkor, xushmuomalali, ixtirochi qiyofasida koʻra boshlaydi. Bu esa, insonning ruhiyatiga ijobiy ta’sir koʻrsata boshlaydi. Bu yer yuzidagi har bir til inson bo‘lishning o‘ziga xos yo‘li, yashashning o‘ziga xos usuli. Albatta bularning barchasi ta’lim oluvchilarning kasbiy faoliyatida, ta’lim olishlarida samarali boʻlishiga turtki beradi desak, xato boʻlmaydi.



Yüklə 44,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə