Xorijiy tillarning psixologik xususiyatlari



Yüklə 44,88 Kb.
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü44,88 Kb.
#134497
1   2   3   4
Maqola 18.10.2023 Jurnalga

Materiallar va usullar
Ko‘pchilik xorijiy tillarni o‘rganish ijobiy holat deb qarasa, boshqalar bu borada salbiy munosabat bildirishadi, masalan, yoshlarga bir nechta tillarni o‘rgatish ularning tili va bilish qobilyatlarini rivojlanishiga putur etkazishi mumkin, degan qarashlar ham mavjud. Tillarni o‘rganishda ingliz psixiatri va yozuvchisi Nil Barton(Neel Burton) ko‘proq ijobiy jahatlarini aniglagan. Uning fikriga ko‘ra, “Xorijiy tilda axloqiy dilemma haqida o‘ylaydigan insonlar ancha oqilona yoki utilitar xulosalarga kelishadi. Kimki ikki tilda so‘zlasha olsa, uni yaxshi do‘st sifatida sinab ko‘rishingiz mumkin. Shuningdek, ingliz olimi xorijiy tilning nafaqat inson ruhiyatiga, balki uning sog‘lig‘iga ijobiy ta’siri ham mavjudligini ta’kidlab o‘tgan. Ya’ni, Kanadaning Toronto shahridagi kasalxona ma’lumotlarini o‘rganish shuni ko'rsatdiki, ikki tillda so‘zlashadigan insonlar o‘zlariga o‘xshash faqatgina ona tilida so‘zlasha oladigan hamkasblariga qaraganda “demensiya”(aqlizaiflik) tashxisi o‘rtacha 3-4 yil kechroq qo'yilgan. Shimoliy Italiyada Altsgeymer (sinel demensiya, yani yengil tipdagi xotira, dikkat, tafakkur, idrok, nutq faoliyatining buzilishi) kasalligiga chalingan bemorlalar bilan olib borilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ikki tilli odamlar o‘rtacha besh yoshga kattaroq va ijro etuvchi funktsiyalarda ishtirok etadigan miya hududlari o‘rtasida kuchliroq aloqaga ega. Hindistonda insultdan omon qolgan 600 kishini o‘rganish shuni ko'rsatdiki, ikki tilli bemorlar ancha yaxshi natijalarga erishgan. Xususan, ikki tilli bemorlarning 40,5 foizi bir tilli bemorlarning 19,6 foiziga nisbatan normal kognitiv qobiliyatlarga ega ekanligi aniqlangan [2]”.
Shuningdek, yurtimizda ham xorijiy tillarni bilishning ijobiy taraflaridan biri – bu qo‘shimcha daromad olish, ya’ni iqtisodiy jihati bo‘lib, til sertifikatlariga ega bo‘lgan pedagoglarga 50 foiz ustama berilishi buning yaqqol isboti desak, xató bo‘lmaydi.
Xorijiy tillarni o‘rganish jarayonida turli xalqlarga oid bo‘lgan quyidagi xususiyatlarni ham kuzatildi, nemis olimi H.Yu.Heringer madaniyatlararo muloqotni o‘rganishda turli xalqlarga xos bo‘lgan xususiyatlarni nemis satirigi Ekard Henshaydning quyidagi so‘zlariga e‘tiborni qaratgan: “Chex qo‘pol, pragalik ozg‘in, latishlar semiz, venger yetilmagan (biron bir narsani amalga oshirish yo‘lida), mo‘g‘illar xaddan tashqari ortgan (ko‘zi va yuz tuzilishini yumaloqligi sababli), negr benuqson, xitoylik badjahl, yugoslav sira azamat/botir emas, bosniyalik darg‘azab, eskimos doim xursand [3]. Albatta bular stereotiplar emas, balki satirik tarzda berilgan tasnif. Yoki bo‘lmasa turli millatlarga xos xususiyatlar quyidagilarda kuzatishimiz mumkin, jannat bu: qaerda britaniyaliklar polisiyachi, fransuzlar oshpazlar, nemislar muxandislar, italyanlar oshiqlar, va buning hammasi shveytsariyaliklar tomonidan tashkil etilgan. do‘zax bu: qaerda britaniyaliklar shef, fransuzlar muxandislar, shveysariyaliklar oshiqlar,
nemislar polisiyachi, buning hammasi italyanlar tomonidan tashkil etilgan [5]. Albatta talabalar mashg‘ulotlar jarayonida turli madaniyatga xos xususiyatlari bilan tanishganda, ularda o‘z xalqi (o‘zbek, rus, qozoq, tojik, kirg‘iz, turkman) qanday xususiyatga ega degan savol tug‘ilishi tabiiy. Hozirgi kunga kelib, fanlarning rivojlanishi natijasida xorijiy tillarni o‘rganishda yangi yondashuvlar paydo bo‘lmoqda. Umuman tillarning inson tafakkuriga ijobiy ta’siri va ularning o‘ziga xos xususiyatlari olimlar tomonidan tadqiqotlar olib borishga sabab bo‘lmoqda.
Biz ham mazkur maqolada xorijiy tillarning psixologik jihatlarini o‘rganish va inson miyasida bu jarayonda nimalar sodir bo‘lishiga batafsil to‘xtalib o‘tamiz. Tillarni o‘rganish asosan to‘rttala nutq faoliyat turi orqali amalga oshiriladi. Aslida nutq inson miyasi faoliyatini boshqaradigan psixologik jarayon hisoblanadi. Shu o‘rinda J.Jalolovdan olingan quyidagi iqtibosga e'tiborimizni qaratamiz: “Nutqning tovush va harfiy jihatlari uning tashqi (moddiy) tomoni deyiladi. Ichki tomoni esa nutqharakat, eshitish, qo‘ruv va qo‘lharakat timsollarida ifodalanadi. Har ikkalasi nutqiy dinamik stereotipni tashqil etadi” [4].
Aslida tilga ilmiy manbalarda shunday ta'rif berilgan: “Til – fikr, tuyg‘u, xohish-istak quroli, insonlarning muhim muloqot vositasi bo‘lgan fonetik, leksik va grammatik vositalar tizimi hisoblanadi” [1], ya’ni til bizning atrofimizdagi dunyoni bilish demakdir.
Inson xorijiy tilni o‘z ona tilisi bilan qiyoslab, ikkala tilning farqli va o‘xshash jihatlarini aniqlash asosida o‘rganadi, ya’ni xorijiy til orqali ta’lim oluvchi o‘z ona tilini ham o‘rganadi, takomillashtirib boradi va xorijiy tilga xos turli stereotiplarni o‘zlashtiradi. Misol uchun, inglizlarning ishbilarmonligi, nemislarning tartibi va sifati va b. Demak, inson u yoki bu tilni oʻrganishda biron-bir maqsadni koʻzlaydi, ya’ni ingliz tilini muloqot yoki boʻlmasa xorijga borish uchun ma’lim bir maqsad koʻzlasa, nemis tilini tadqiqot oʻtkazish uchun, fransuz tilini esa biron-bir taomni tayyorlash maqsadida, arab tilini esa Qurʻoni Karimni oʻqish va undan saboq olish maqsadida oʻrganish mumkin.
Agarda tilni psixologik xususiyatlariga e’tiborimizni qaratadigan boʻlsak, u orqali inson miyasini foaliyati rivojlanadi, ya’ni idrok qilishni yaxshilaydi, o‘rganish qobiliyatini va insonning kreativligini oshirishda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Umuman, o‘rganilayotgan to‘rttala nutq faoliyati turi orqali muloqot qilish natijasida inson faoliyatida ijobiylik va ertangi kunga ishonch tuyg‘usi paydo bo‘ladi. Bu esa, o‘z o‘rnida hayot sifatini oshirishga va o‘z oldida qo‘ygan maqsadga erishishda katta ahamiyatga ega.
Shu o‘rinda mashhur nemis yozuvchisi Yohann Volfgang Gyotening quyidagi iqtibosini keltirib o‘tishni lozim deb topdik: “O‘zga tilni bilmagan, o‘z ona tilini ham bilmaydi”. Insonni xorijiy tillarga bo‘lgan qiziqishlarini, zullisonayn, ya'ni ikki tilni mukammal bilishga bo‘lgan intilishini oshirish hozirgi kunda davr talabi bo‘lib qolmoqda. Ta’lim jarayonida shu narsa ma’lum boʻldiki, ma’lum bir xorijiy tilni oʻrganish, boshqa tillarni onson oʻzlashtirishga olib keladi, ya’ni xorijiy tillarni oʻrganishdagi keying urunish kam harakatni talab qiladi, masalan nemis va ingliz tillarini bir oilaga mansubligi va grammatik tuzilishini oʻxshashligini aytib oʻtish maqsadga muvofiq.
Xalqimizda “Til bilgan el biladi”, “Til bilganga ming tanga”, “Til bilgan dunyo ko‘radi” va boshqa hikmatli so‘zlar mavjud. Albatta davr talabidan kelib chiqib, qaysi til bugungi kunda dolzarb va qaysi tilni o‘rganish kerak degan savolga, ko‘pchilik ingliz tilini tanlashi tabiiy va u jahonda muloqot vositasi bo‘lib qolmoqda. Shu bilan birga xorijiy tilning o‘rganishning o‘ziga xos xususiyati bor, ya’ni har bir til insonga turlicha, ya’ni uning ruhiyatiga ijobiy yoki salbiy ta'sir qiladi.
Internet sahifalarida, “russian7.ru” saytida “Nima uchun arab tilida so‘zlashuvchilarning miyasi, nemis tilida so‘zlashuvchilarga qaraganda yaxshi rivojlangan?” [6] nomli maqolada quyidagi ma’lumotlar keltirib o‘tilgan: “Olimlarning fikriga ko‘ra, bir tilni mukammal bilishdan ko‘ra, ikki va undan ortiq tilni yomon bilish, kognitiv qobiliyatni ancha yaxshilaydi. Ma’lum bo‘lishicha, arab tilini bilish nemis tilini bilishdan ko‘ra insonning neyromiya tuzilishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Lekin bu qanday sodir bo‘lishi mumkin? Germaniyaning Laypsig shahridagi Maks Plank inson va miyaning kognitiv tadqiqotlari institutida (Max-Planck-Institut für Kognitions- und Neurowissenschaften/ Max Planck Institute for Human Cognitive and Brain Sciences) turli til egasi(sohibi) bo‘lgan 93 ko‘ngillilarning bosh miya faoliyati ustida tadqiqotlar olib borilgan. Magnit-rezonans tomografiyasi yordamida u yoki bu tilda fikrlash jarayonida miya tuzilishi bo‘limlari orasida neyron bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan. Neyromiya tuzilishining magnit-rezonans tasvirlariga ko‘ra, nemis tili sohiblariga qaraganda, arab tili sohiblarining chap va o‘ng miya yarimsharlari orasida o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan. Nemis tili sohiblarida esa nutqda o‘ng yarimsharga qaraganda, ko‘proq chap yarimsharda bog‘liqlik kuzatilgan. Aslida chap yarimshar – mantiqiy fikrlash, matematik hisob-kitob va pragmatizmga, o‘ng yarimshar – fantaziya, intuisiya, vaziyatga turli taraflardan qarash, dunyoning to‘liq manzarasini ko‘rishga javob beradi. Shu esa o‘z o‘rnida nemis tilining sintaktik murakkabligi bilan bog‘liq.

Yüklə 44,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə