Xodimning jami daromadi


Mulkiy daromadlar Mulkiy daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə4/5
tarix03.01.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#98159
1   2   3   4   5
Ходимнинг жами даромади

Mulkiy daromadlar

Mulkiy daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • 1) foizlar;
  • 2) dividendlar;
  • 3) mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
  • 4) xodimga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar. Mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mazkur mol-mulkni realizatsiya qilish summasining hujjatlar bilan tasdiqlangan uni olish qiymatidan oshgan qismi sifatida aniqlanadi. Mazkur qiymatni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, mol-mulkni realizatsiya qilish qiymati, ko‘chmas mulk bo‘yicha esa – kadastr qiymati hamda realizatsiya qilish narxi o‘rtasidagi ijobiy farq daromad deb e’tirof etiladi;
  • 5) sanoat mulki obyektlariga, seleksiya yutug‘iga oid patent (litsenziya) egasi bo‘lgan xodimning patentdan boshqa shaxs foydasiga voz kechganda yoki litsenziya shartnomasi tuzganda olgan daromadi;
  • 6) royalti;
  • 7) ishonchli boshqaruvga berilgan mol-mulk bo‘yicha ishonchli boshqaruvchidan olingan daromad;
  • 8) REPO operatsiyalari bo‘yicha daromad;
  • 9) qimmatli qog‘ozlar va (yoki) muddatli bitimlarning hosila moliyaviy vositalari bilan operatsiyalar bo‘yicha daromad;
  • 10) chet el kompaniyasining foyda tarzidagi daromadi;
  • 11) oddiy shirkat shartnomasiga (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnomaga) muvofiq ishtirok etishdan olingan daromadlar;
  • 12) boshqa mulkiy xususiyatga ega boshqa daromadlar.

Moddiy naf tarzidagi daromadlar

Xodim tomonidan moddiy naf tarzida olingan daromadlar quyidagilardan iborat:

  • 1) soliq agenti tomonidan xodim manfaatlarini ko‘zlab, tovarlar (xizmatlar), mulkiy huquqlar haqini to‘lash, shu jumladan:
  • xodimning bolalarini maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘qitish, tarbiyalash haqini to‘lash;
  • xodimlarga berilgan uy-joyning kommunal xizmatlar haqini, uy-joydan foydalanish xarajatlarini, yotoqxonadagi joylar haqini yoki ularning o‘rnini qoplash qiymatini to‘lash;
  • sanatoriy-kurortlarda davolanish yo‘llanmalari qiymatini, dam olish, statsionar va ambulator davolanish haqini yoki ularning o‘rnini qoplash qiymatini to‘lash;
  • soliq agentining xodim daromadi bo‘lgan boshqa xarajatlarini to‘lash;
  • 2) xodimning manfaatlarini ko‘zlab tekin, shu jumladan hadya shartnomasi bo‘yicha berilgan mol-mulkning va ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymati;
  • 3) tovarlarni (xizmatlarni) xodimlarga realizatsiya qilish narxi hamda shu tovarlarning (xizmatlarning) hisoblab chiqarilgan qiymati o‘rtasidagi salbiy farq;
  • 4) qonunchilikka muvofiq xodimlarga temir yo‘l, aviatsiya, daryo, avtomobil transporti va shahar elektr transportida yurish bo‘yicha beriladigan imtiyozlar summasi;
  • 5) jismoniy shaxsning soliq agenti oldidagi qarzining yuridik shaxs qarori bilan hisobdan chiqarilgan summalari;
  • 6) soliq agenti tomonidan to‘lovlar hisobiga to‘lanib, xodimdan ushlab qolinishi lozim bo‘lgan, lekin ushlab qolinmagan summalar.
  • xodim tomonidan soliq agentidan tovarlar (xizmatlar) olingan taqdirda, ushbu tovarlarning (xizmatlarning) qiymati ularni sotib olish narxidan yoki tannarxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
  • xodim tomonidan soliq agentidan aksiz to‘lanadigan tovarlar yoki qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadigan tovarlar (xizmatlar) olingan taqdirda, bunday tovarlarning (xizmatlarning) qiymatida aksiz solig‘ining va qo‘shilgan qiymat solig‘ining tegishli summasi hisobga olinadi.

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə