Xloroz kasalligi va kelib chiqish sabablari Reja: Kirish Asosiy qism


Tokning xloroz kasalligi va kurash choralari



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə5/9
tarix12.05.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#86797
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Xloroz kasalligi va kelib chiqish sabablari

Tokning xloroz kasalligi va kurash choralari

Bu kasallik tufayli barglar asta-sekin o‘zining yashil rangini o‘zgartiradi, avvaliga sarg‘ish-yashil, keyin esa oqarib, sarg‘ayib ketadi. Natijada novdalar o‘sishdan to‘xtay-

di, ingichka, kalta bo‘lib qoladi. Xloroz kuchli rivojlansa, barglar sekin-asta qo‘ng‘irlashib, qurib qoladi.

Ayrim paytlarda tok tuplari xloroz natijasida nobud bo‘lib, tokzorlar siyraklashish darajasiga boradi. Xloroz toklarning gullash davriga to‘g‘ri kelganda juda xavflidir. Chunki uzumlar umuman tugmay qolishi yoki mayda bo‘lib qolishi mumkin. Xlorozning paydo bo‘lishining juda ko‘p sabablari bor.

Yer osti suvlarining ko‘tarilishi natijasida tuproq namligining ko‘payib ketishi natijasida ohakning ko‘p miqdorda erishi kuzatiladi hamda ildizlar chiriydi, bu esa xlorozga olib keladi.

Tuproqda ohakning ko‘payib ketishi, tuproqda sulfat kislotaning hosil bo‘lishi, temir moddasining yetishmasligi, bir so‘z bilan aytganda, o‘simlikda modda almashinuvining buzilishi xloroz kasalligini paydo bo‘lishiga olib keladi.

Xloroz kasalligini oldini olish uchun eng avvalo tuproq-suv balansiga e’tibor berish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini ta’minlash, kasallangan toklar tuplarini tarkibida temir moddasi bor mikrooziqalar bilan oziqlantirish zarur.

Tokning kul rang chirish kasalligi.Kasallik qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ kosmopolit, (o‘simliklarda parazit va o‘simlik qoldiqlarida saprotrof sifatida) butun dunyoda, jumladan, O‘zbekistonda ham keng tarqalgan.

Kasallik bilan tokning barcha yashil qismlari, ko‘pincha mevalari zararlanadi. Erta bahorda kurtaklar va yosh novdalar qo‘ng‘ir tus olib, to‘kilib ketadi.

Bahor so‘nggida, gullashdan oldin ba’zi barglarda ko‘pincha ularning chetida, katta, noto‘g‘ri shaklli, qizg‘ish-qo‘ng‘ir nekrotik dog‘lar paydo bo‘ladi. Gullash endi boshlanganda zamburug‘ to‘pgullarni zararlashi va ular chirishi yoki qurib, tushib ketishi mumkin.


Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə