Xayol xayol haqida tushuncha


Inson va hayvonlardagi emotsiyalar



Yüklə 72,94 Kb.
səhifə7/13
tarix23.09.2023
ölçüsü72,94 Kb.
#122880
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
психология 3

Inson va hayvonlardagi emotsiyalar
Odam his-tuyg’ulari bilan hayvon hissiyotlari o’rtasida juda katta farq bo’ladi. Odamda juda ko’p miqdorda his-tuyg’ular borki, bunday hissiyotlar hayvonlarda uchramaydi. Shuning uchun ham odam ham xayvon uchun umumiy bo’lgan g’azablanish, qo’rqish, jinsiy hissiyot, qiziquvchanlik, xursandchilik, g’amginlik emotsiyalari hayvonlarda sifat jihatidan farq qiladi. Shu o’rinda S.Shexterning emosional faktorlarning paydo bo’lishi kognitiv-fiziologik konsepsiyasini keltirib o’tish joiz.

Insoniy emotsiyalar "insoniylashtirilgan" ijtimoiy sharoit bilan bog’liq holda namoyon bo’ladi. Emotsiyalarning "insoniylashuvi" shunday namoyon bo’ladiki, ichdan kechadigan hissiyotlar mazmuni, juda boy va murakkabdir. Odamlar bilan mehnat, siyosat, madaniyati, oilaviy hayot o’rtasida paydo bo’lgan munosabatlarning ko’pligi, sof insoniy hissiyotlarning paydo bo’lishiga olib keladi.


Ular bolalarga odob bilan javob berishni, suhbatdoshiga ochiq ko’ngillik bilan jilmayish, keksalar va nogironlarga hurmat bilan joy berishni o’rgatdi. Odam o’z hissiyotlarini o’zi boshqaradi. Ba'zi kishilar emotsiyalarini yashirish niyatida qarama-qarshi emotsiyalarni ifodalaydilar. Masalan, qayg’urish yoki qattiq og’riq paytida kulimsirash, kulgilari kelgan paytda yuzlarini jiddiy, o’ychan holga keltira oladilar. Lekin o’zining imo- ishoralari va mimikalarini boshqara olishga qaraganda nafas olish, qon aylanish va ovqat hazm qilish tizimidagi o’zgarishlarni ushlab qolish juda qiyin bo’ladi. Odam xayajonlangan paytda bir maromda nafas ola biladi, ko’z yoshlarini ushlab qola oladi, lekin rangini o’zgartirish yoki qizartirishga qodir emas. Ammo emotsiyalarni paydo qiluvchi narsalardan o’zini chalg’itishi mumkin.
Hissiy holatlarning ifodalanishi
Hissiy holatlarning ifodalanishi birinchidan, ifodali harakatlar (yuz ifodasi, qo’l, oyoq harakatlari), ikkinchidan organizmdagi turli hodisalarni, ya'ni ichki a'zolar faoliyatining va holatining o’zgarishida, uchinchidan tabiatda, ya'ni organizm qon tarkibidagi va boshqa suyuqliklardagi kimyoviy o’zgarishlarni, shuning bilan birga modda almashinuvida bo’ladigan o’zgarishlarni o’z tarkibiga oladi.
His-tuyg’ularning tashqi ifodasiga yuz ifodasi, imo-ishora, vajohat va qaddu-qomatning o’zgarishi, ayiruv, tashqi chiqaruv bezlarining faoliyati (so’lak, ter ajralishi) va ayrim harakatlar xususiyatlaridagi o’zgarishlarni kiritish mumkin. Bunga nutqning faol o’zgarishlari, "ovoz mimikasi" va gaplar tarkibining sintaksis o’zgarishi, "tutilmasdan gapirish", yoki alo?ida "silliqlik" hamda "ifodalilik"ning yuzaga kelishi nihoyat hissiyot o’zining to’la qisman ifodasini topadigan xatti-harakatlarga taalluqlidir. Kishining emosional kechinmalari vaqtida nutqining tezligi o’zgaradi. Ko’pincha nutqning sintaksis tuzilishi buziladi, tezligi va ahamiyati o’zgaradi. O’tkazilgan tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, g’amginlik va ma'yuslik hislarini ifodalovchi kishining ovozi beixtiyor pasayib ketadi, so’zlashgan kishining tovushi ham bo’linib-bo’linib chiqadi.

Yüklə 72,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə