Xayol xayol haqida tushuncha



Yüklə 72,94 Kb.
səhifə13/13
tarix23.09.2023
ölçüsü72,94 Kb.
#122880
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
психология 3

Xarakter tarkibi
Shaxsning xarakteri tuzilishi turli xususiyatlarning tasodifiy yig’indisidan iborat emas, balki o’zaro bir-biriga bog’liq, hatto tobe yaxlit tizimdan tarkib topadi. Xarakter xislatlarining muayyan qismidan xabardor bo’lishlik notanishlarni tashxis qilish imkoniyatini yaratadi. Misol uchun, shaxsning shuhratparastligi ma'lum bo’lsa, uning dili (ko’ngli) qoraligi yuzasidan taxmin qilish mumkin, yoki inson kamtar, mo’min, yuvosh xususiyatli bo’lsa, albatta u ko’ngilchan ekanligi ko’nglimizga keladi.
Odatda psixik xususiyatlarning o’zaro bog’liq tizimi simptomokomplekslar (omillar) deyiladi. "Simptom" yunon symptoma belgi, mos tushish, "kompleks" lotincha, aloqa, majmua degan ma'no anglatadi. Misol uchun, qarama-qarshi simptomokomplekslar haqida mulohaza yuritilsa, u holda insonlarda bu tizim o’ziga ishonish o’zidan mag’rurlanish, maqtanchoklik, o’zbilarmonlik, urushqoqlik, kek saqlash kabilar birikmasida yuzaga keladi. Boshqa toifadagi shaxslar o’zlarining kamtarinligi, ko’ngilchanligi, iltifotliligi, dilkashligi, haqqoniyligi bilan ajralib turadilar. Voqelikka shaxsning bir xil munosabati xarakter xislatlarining o’zaro bir-biriga bog’liqligini bildiradi.
Hozirgi zamon psixologiyasida shaxsning turli munosabatlari bilan belgilanadigan xarakter xususiyatlarining to’rtta tizimi farqlanadi.

  • Jamoa va ayrim odamlarga bo’lgan munosabatlarini ifodalovchi xususiyatlar (yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik va shu kabilar).

  • Mehnatga bo’lgan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar: (mehnatsevarlik, yalqovlik, vijdonlilik, mehnatga ma'suliyat yoki ma'suliyatsizlik bilan munosabatda bo’lishi kabilar).

  • Narsalarga bo’lgan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar: (ozodalik va ifloslik, narsalar bilan ayab yoki ayamasdan munosabatda bo’lish kabilar).

  • Odamning o’z-o’ziga bo’lgan munosabatini ifodalovchi xususiyatlar (izzat-nafslilik, shuhratparastlik, mag’rurlik, o’zini katta olish, kamtarlik kabilar).

Bundan tashqari, kamroq ahamiyatga ega bo’lgan boshqa juda ko’p xususiyatlar ham mavjud: o’ziga ishonish, o’zbilarmonlik, o’ziga bino qo’yish, maqtanchoqlik.
Xarakterning tarkibi faqat ayrim xususiyatlarining o’zaro bog’liqligi bilan emas, balki bir butun xarakterga xos bo’lgan xususiyatlar bilan belgilanadi. Xarakterning xususiyatlari jumlasiga birinchidan, ularning chuqurlik darajasi kiradi. Shaxsning markaziy, asosiy munosabatlari bilan belgilanadigan xususiyatlarini biz xarakterni bir muncha chuqurroq xususiyatlari deb ataymiz. Masalan, barkamol shaxsda odamlarga, jamoa va mehnatga nisbatan vijdonan munosabatda bo’lish bilan belgilanadigan xususiyatlar chuqurroq xususiyatlar hisoblanadi. Ikkinchidan, xarakter kuchi yoki faolligi. Xarakter faolligi xarakter xususiyatlarining kishini biror narsaga qarshilik ko’rsatish darajasi bilan belgilanadi. Uchinchidan, xarakterning tarkibiy xususiyatlariga uning barqarorlik
Yüklə 72,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə