Xalqaro tashkilotlarning asosiy funksiyalari



Yüklə 104,56 Kb.
səhifə2/5
tarix30.12.2023
ölçüsü104,56 Kb.
#165046
1   2   3   4   5
Xalqaro tashkilotlarning asosiy funksiyalari

Vazifasi.
- Xalqaro tashkilotlar va xalqaro tashkilotlarning asosiy funksiyalari ahamiyatini ko’rsatish;
- «Xalqaro tashkilotlar huquqi» tushunchasi,xalqaro tashkilotlarning paydo bo’lishi va yuridik xususiyatlari tizimining mohiyatini ochib berish;
- Xalqaro tashkilotlarning funksiyalari va xalqaro tashkilotlarni tasniflash (klassifikatsiyalash)ning roli va ahamiyatini ko’rsatish;
- Xalqaro tashkilotlarga a’zolik hamda xalqaro tashkilotlarning organlari va hujjatlarining tutgan o’rni;
- Universal xalqaro tashkilotlar hisoblangan- Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining ahamiyatini ko’rsatish;
- Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi va Xalqaro konferensiyalarni har tomonlama o’rganish;

1. «Xalqaro tashkilotlar huquqi» tushunchasi, xalqaro tashkilotlarning paydo bo’lishi va yuridik xususiyatlari.
XIX asrning yarmidan boshlab dunyo xaritasida birinchi nosiyosiy xalqaro tashkilotlar tuzilgan. Masalan, 1865 yili Xalqaro telegraf ittifoqi, 1874 yili Xalqaro pochta ittifoqi, 1865 yili Yer o’lchash xalqaro ittifoqi, 1890 yili Bojxona tariflarini nashr qilish xalqaro ittifoqi tuzilgan. Birinchi universal siyosiy xalqaro tashkilot - Millatlar Ligasi - 1919 yilda tuzilgan. Uning Statuti Parij tinchlik konferensiyasida qabul qilingan bo’lib, Versal shartnomasining tarkibiy qismi bo’lgan. Millatlar Ligasi o’z faoliyatini amalda 1940 yilda, rasman 1946 yilda tugatgan. 1939 yilda dunyoda 48 ta hukumatlararo xalqaro tashkilot bo’lgan.
Xalqaro tashkilotlar tarraqiyotining tarixida burilish nuqtasi 1945 yili Birlashgan Millatlar Tashkilotining tuzilishi hisoblanadi. XX asrning ikkinchi yarmida xalqaro tashkilotlarning soni juda tez o’sgan va yangidan-yangi xalqaro tashkilotlar paydo bo’lgan.
Xalqaro tashkilotlarning o’ziga xos yuridik xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1) xalqaro tashkilotni davlatlar ko’p tomonlama shartnoma negizida tuzadi va shu shartnomalar (ustavlar) asosida faoliyat ko’rsatadi;
2) xalqaro tashkilot ma’lum maqsadlarda tuziladi;
3) xalqaro tashkilot muayyan tashkiliy tuzilishga ega bo’ladi;
4) xalqaro tashkilotlar o’z ustaviga ko’ra, ma’lum xalqaro huquq layoqatiga, ya’ni mustaqil huquq va majburiyatlarga ega bo’ladi;
5) xalqaro tashkilotlar xalqaro huquq normalariga asosan tuziladi va xalqaro huquqning ikkilamchi sub’yekti hisoblanadi. Ular suverenitetga ega emas;
6) davlatlar xalqaro huquqning sub’yekti sifatida xalqaro tashkilotlar faoliyatida davlatlarning suveren tengligi prinsipi asosida qatnashadilar va xalqaro tashkilotga a’zolikdan ixtiyoriy ravishda chiqish huquqiga ega;
7) xalqaro tashkilotlarning qarorlari tavsiyaviy xususiyatga ega;
8) xalqaro tashkilotlar hudud va aholiga ega emas;
9) xalqaro tashkilotlar BMT Xalqaro sudida tomonlar bo’la olmaydi va ularning vakilligi doimo bir tomonlama bo’ladi;
10) xalqaro tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari diplomatik imtiyoz va immunitetga egadirlar;
11) xalqaro tashkilotlarda ularning a’zolarini doimiy vakillari bo’ladi (BMT, YUNESKO huzurida);
12) xalqaro tashkilotlar xalqaro shartnomalar tuzish huquqiga ega;
13) xalqaro tashkilotlar xalqaro-huquqiy javobgarlikning sub’yekti bo’la oladi.
Shunday qilib, xalqaro tashkilot maxsus xalqaro shartnoma (ustav) asosida tuzilgan, xalqaro-huquqiy layoqatga va muayyan tashkiliy tuzilishga ega bo’lgan hamda xalqaro huquq normalari asosida faoliyat ko’rsatadigan xalqaro huquq sub’yektidir.
Xalqaro tashkilot a’zo davlatlar shartnomasi asosida ta’sis etilgan va xalqaro tashkilot maqomini olgan tashkilotdir.Davlatlararo tashkilotlar bilan nohukumat xalqaro tashkilotlarni o’rtasida katta farq mavjud bo’lib, nohukumat xalqaro tashkilotlarni turli mamlakatlarning jismoniy va yuridik shaxslari tuzadi va davlat ichki huquqiga muvofiq ravishda bitta yoki bir nechta davlatlarda yuridik shaxs sifatida ro’yxatga olinadi. Bunday tashkilotlar xalqaro huquq sub’yekti hisoblanmaydi.Xalqaro tashkilotlar tashkilot, ittifoq, jamg’arma, bank, agentlik, markaz va shu kabi boshqa nomlar bilan ataladi. Ma’lumki, BMT ayrim tillarda «Birlashgan Millatlar» deb yuritiladi. Bularning barchasi tashkilot maqomiga ta’sir qilmaydi.Xalqaro tashkilot xalqaro huquqning ikkilamchi sub’yekti hisoblanadi, ya’ni u mustaqil ravishda yuzaga kelmaydi va shu bois uning xalqaro munosabatlardagi maqomi va ichki huquqiy tartiboti to’lig’icha tashkil etuvchi davlatlar ixtiyorida bo’ladi. Ta’kidlash joizki, xalqaro tashkilotlar davlatlardan butunlay farq qiladi. Xalqaro tashkilotlarning huquqiy asosi «tashkilotlar to’g’risidagi qoidalar»dan iboratdir. 1986 yil 21 martdagi Davlatlar va xalqaro tashkilotlar yoki xalqaro tashkilotlar o’rtasidagi shartnomalar to’g’risidagi Vena konvensiyasining 2-moddasiga muvofiq, ular, xususan, tashkilotning ta’sis hujjatlari (ustavi), shu asosda qabul qilingan qarorlar va rezolyutsiyalar, shuningdek tashkilotning tegishli amaliyotidan tashkil topadi.
Xalqaro tashkilotlarning ta’sis hujjatlari ham aslida shartnomalar hisoblanadi, ammo ular o’ziga xosligi bilan farqlanib turadi. Bu, avvalo, shartnomada ishtirok etish va ishtirok etishni to’xtatish bo’yicha belgilangan alohida tartibga taalluqlidir. Masalan, xalqaro tashkilotga faqat qabul qilish protsedurasi asosidagina a’zo bo’lish mumkin. Xalqaro tashkilot qarori bo’yicha a’zolik to’xtatilishi ham mumkin.
Ularning ustavlari boshqa shartnomalarga nisbatan mazmunan anchagina o’zgaruvchan bo’ladi. Xalqaro tashkilot ustavi uning o’z vazifasini bajarish borasidagi talablardan kelib chiqib kengayib boradi. O’zgarishlar a’zo davlatlar e’tirof etadigan amaliyot asosida kiritib boriladi. Shunday yo’l bilan yuzaga keladigan odatiy normalar har bir tashkilot huquqining uzviy qismini tashkil etadi. Misol uchun BMT Xavfsizlik Kengashi 1994 yili BMT Ustavining «Tinchlikka tahdid, tinchlik-osoyishtalikning buzilishi va agressiya aktlariga nisbatan harakatlar» nomli VII bobini asos qilib, o’zining 955-rezolyutsiyasi bilan Ruanda uchun xalqaro jinoiy tribunalni ta’sis etdi. Ammo aslida ushbu bobda bunday xalqaro tashkilot ta’sis etish mumkinligi haqida ishorat ham qilinmagan. Shunga qaramay, BMT Xavfsizlik Kengashi qarori davlatlarning qo’llab-quvatlashi yoki sukut saqlab tan olishi natijasida huquqiy normativ mazmun kasb etdi.
Xalqaro tashkilotlarning vazifalari va vakolatlari ularning ustavlarida mustahkamlab qo’yiladi. Shu bilan birga, ustav bu holatlarni tegishli ko’lamlarda va xalqaro hayotning barcha rang-barangliklarini to’lig’icha qamrab ololmasligi mumkin. Shu bois, «anglashiladigan vakolatlar» nazariyasini e’tirof etishga to’g’ri keldi. 1996 yili Xalqaro Sud joriy xalqaro amaliyotga tayangan holda belgilab qo’yganki: «Xalqaro hayot talablari tashkilotlar o’z maqsadlariga erishishi borasida ularning faoliyatini tartibga solib turadigan asosiy hujjatlarda bevosita nazarda tutilmagan qo’shimcha vakolatlarga ham ega bo’lishi zarurligini taqozo etishi mumkin».



Yüklə 104,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə