10
O‘qish savodxonligi asosiy bilim sohasi sifatida
PISA 2018 tadqiqotida o‘qish savodxonligiga uchinchi bor asosiy bilim sohasi
sifatida e’tibor qaratildi. O‘qish savodxonligi qamrov doirasi esa ikkinchi bor qayta
ko‘rib chiqildi. Qayta ko‘rib chiqish jarayonida o‘qish savodxonligi real hayotda
qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan o‘zgaruvchan vaziyatlarni va o‘qish savodxonligining
tobora o‘zgarib borayotgan ta’rifini ask ettirishi lozim etib belgilandi.
Shunday ekan,
mazkur qamrov doirasini qayta ko‘rib chiqish asnosida o‘qish savodxonligining
zamonaviy va tushunarli nazariy jihatlari va o‘quvchilarning turli vaziyatlarda qay
darajada ma’lumotlarni qo‘lga kiritishlari va undan foydalanishlari muhokama
etildi.
Biz qator turli yozma materiallardan tobora ko‘p foydalanilayotgan va insonlar
ushbu materiallardan yangicha va o‘ziga xos tarzda foydalanishlari taqozo etiladigan,
shiddat bilan o‘zgarib borayotgan dunyoda yashayapmiz. Barchaga birdek ma’lumki,
endilikda jamiyat va madaniyat mudom o‘zgarishga yuz tutganidek,
bizning
o‘qish savodxonligi borasidagi tushunchalarimiz ham shakllanib, takomillashib
boraveradi. Ta’kidlash joizki 20 yil avvalgi insonning kamol topishi, ta’lim sohasida
muvaffaqiyatga erishish,
iqtisodiy hamkorlik
va fuqorolik pozitsiyasini saqlab qolish uchun
talab etilgan o‘qish savodxonligi ko‘nikmasi
bugungidan tubdan farq qiladi va bu talablar
20 yil o‘tib, yanada o‘zgarashi ehtimoli yo‘q
emas.
Ta’limdan ko‘zlangan maqsad
shunchaki ma’lumotlarni to‘plash va esda
saqlab qolishdan ko‘ra keng qamrovli bilim
va ko‘nikmaga ega bo‘lishdan iborat: “inson
xoh oddiy mexanik xoh malakali mutaxassis
bo‘lsin, uning muvaffaqiyatga erishish
siri muloqot qila olishi, ma’lumotlardan
murakkab
muammolarni yechishda
foydalana olishi, yangidan-yangi talablar va
o‘zgaruvchan vaziyatlarga javoban moslasha
olishi va ko‘nikishi, inson salohiyati va
samaradorligini oshiradigan va yangi bilim
va ko‘nikmalar hosil qiladigan texnologiya
qudratini boshqara olishi bilan bog‘liq”
(Binkli va boshqalar, 2011[1]). Agar inson
11
aql-idrokka asoslangan jamiyatga butunlay uyg‘unlashib
keta olsagina, barcha
turdagi ma’lumotlarni topa olish, qo‘lga kiritish, tushunish va ular borasida mulohaza
yuritish katta ahamiyat kasb etadi. O‘qish savodxonligi nafaqat ta’lim tizimining
boshqa fan sohalarida
yutuqlarga erishish uchun, balki o‘spirinlik hayotining
ko‘p jabhalarida muvaffaqiyatli ishtirok etishni ham taqazo etadi (Kanningem
va Stanovich, 1997[2]; OECD, 2013[3]; Smis va boshqalar, 2000[4]). Shuning
uchun, umumiy o‘rta ta’lim yakuniga qadar o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini
baholovchi PISA dasturi sinfdan tashqari vaziyatlar bilan bog‘liq turli matnlardan
olingan ma’lumotlarni topish,
saralash, talqin qilish, umumlashtirish va baholashni
o‘z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: