MUNDARIJA
Kirish................................................................................................................................5
O‘qish savodxonligi asosiy bilim sohasi sifatida..............................................10
O‘qish savodxonligi mohiyatidagi o‘zgarishlar.................................................10
2000-2015-yillarda qamrov doirasining davomiyligi va amalga oshirilgan
o‘zgarishlar........................................................................................................13
PISA 2018 tadqiqoti qamrov doirasining qayta ishlab chiqilishi...................15
Raqamli savodxonlik bilan ishlashning ahamiyati.........................................15
O‘qish savodxonligida rag‘bat, faoliyat va ichki imkoniyatlar........................18
O‘qish saovdxonligi qamrov doirasining tuzilishi............................................19
O‘qish savodxonligi ta’rifi.............................................................................................19
O‘qish savodxonligi...........................................................................................21
O‘qish savodxonligi - bu tushunish, foydalanish, baholash,
mulohaza yuritishdir........................................................................................22
O‘qish savodxonligi - bu muntazam shug‘ullanish demakdir.........................23
O‘qish savodxonligi – bu matnlar bilan ishlash demakdir..............................23
O‘qish savodxonligi jamiyatda ishtirok etish, o‘z bilim va ichki
imkoniyatlarni rivojlantirish, oldinga qo‘yilgan maqsadlariga erishishdir...24
O‘qish savodxonligi sohasi............................................................................................24
Jarayonlar..........................................................................................................27
Matn ustida ishlash jarayoni............................................................................29
Rovon o‘qish......................................................................................................29
Ma’lumotni topish............................................................................................29
Tushunish..........................................................................................................31
Baholash va mulohaza yuritish.......................................................................32
Topshiriq bilan ishlash ko‘nikmasi...................................................................33
Matn ustida ishlash bo‘yicha xulosa................................................................34
Matnlar..............................................................................................................35
Manbaa.............................................................................................................37
Tarkibiy va navigatsion struktura....................................................................38
Matn formati.....................................................................................................38
Yirik hajmli matnlar.........................................................................................39
Kichik hajmli matnlar.......................................................................................40
Aralash matnlar................................................................................................40
O‘qish savodxonligini baholash...................................................................................40
Vaziyatlar (Ssenariylar)....................................................................................41
Topshiriqlar........................................................................................................41
Topshiriqlarni taqsimlanishi............................................................................42
Topshiriqni murakkabligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar...................................43
4
Faoliyat turini qamrab olinishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar.............47
Kontekstlar......................................................................................................47
Matn turlari...................................................................................................49
Javob formatlari.............................................................................................52
Osonlik va samaradorlikni baholash............................................................54
O‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishlari (motivatsiyalari), o‘qish
amaliyoti va o‘qish strategiyalaridan habardorligi.......................................56
O‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan ichki motivatsiyasi va qiziqishlari...........56
O‘qish amaliyoti.............................................................................................57
O‘qish strategiyasidan habardorlik...............................................................57
O‘quvchilarning o‘qish savodxonligini oshirishga ko‘maklashuvchi sinf
muhiti va o‘qish amaliyotlari........................................................................58
Moslashtirilgan testlarning ko‘rib chiqilishi..................................................59
O‘qish savodxonligida qobiliyatning ahamiyati.....................................................59
O‘quvchilarning o‘zlashtirish shkalalarini izohlanishi.................................59
Shkalalarni talqin etilishi va uladan foydalanish........................................60
O‘qish savodxonligi qobiliyati darajasini anqilash.......................................61
Izohlar.........................................................................................................................64
Ilovalar........................................................................................................................65
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati..........................................................................70
5
KIRISH
O‘qish savodxonligi PISA xalqaro o‘quvchilarni baholash xalqaro dasturining
2018-yilda o‘tkazilgan baholash siklining asosiy bilim sohasi hisoblanadi.
Tadqiqotining o‘qish savodxonligi yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan ushbu qamrov
doirasi – o‘quvchilar savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro dasturning o‘qish
savodxonligi yo‘nalilshida olib borilgan tadqiqotlar tahlili asosida ishlab chiqilgan.
Qamrov doirasida PISA tadqiqotlari doirasida o‘quvchilarning qay darajada oson
va samarali o‘qib, tushunish ko‘nikmalari va bu ko‘nikmalarning turli metakognitiv
jihatlari qanday baholanishi tushuntirilgan bo‘lib, unda o‘quvchilarning o‘qish
qobiliyatlari qay darajada baholanishi va izohlanishi muhokama etilgan hamda
o‘qish savodxonligini baholash bo‘yicha tuzilgan topshiriq namunalari keltirilgan.
PISA tadqiqotining o‘qish savodxonligi mohiyatida tadqiqotning turli
sikllarida yuzaga kelgan o‘zgarishlar bilan birgalikda qamrov doirasida ham bir qator
o‘zgarishlar kuzatildi. Barchamizga ma’lumki, o‘qish savodxonligi ilk PISA siklida,
ya’ni PISA 2000 tadqiqotida baholangan asosiy bilim sohasi hisoblanadi. To‘rtinchi
PISA sikli uchun (PISA 2009) o‘qish savodxonligi asosiy bilim sohasi sifatida
takomillashdi va uning qamrov doirasini to‘liq ko‘rib chiqilishi va xususiyatini
belgilab beruvchi yangi qirralarini rivojlantilishi talab etildi. 2018-yil o‘tkazilgan
yettinchi PISA sikli uchun qamrov doirasi yana bir bor qayta ko‘rib chiqilib, bir qator
o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, ushbu qamrov doirasi so‘nggi o‘n yillikda
shakllanib kelgan va raqamli matnlar va qurilmalardan keng foydalanish tufayli
shakllanishda davom etayotgan o‘qish savodxonligining yangicha shakllari bilan
birgalikda an’anaviy ruhda hozirgi o‘qish savodxonligi bilan to‘liq uyg‘unlashtirildi
hamda qamrov doirasi bajariladigan faoliyat turida matnlarning ishonchliligini
baholash, ma’lumotlarni qidirib topish, ko‘p manbalardan saralab o‘qish va turli
manbalar ichidan ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish kabi o‘qish bilan
bog‘liq jarayonlarga e’tibor qaratildi.
Avvallari, o‘quvchining o‘qish savodxonligini baholashning asosiy usuli sodda
matnlarni o‘qib, tushunish, talqin qilish va ular ustida mulohaza yuritishdan iborat
edi. Mazkur ko‘nikmalarni saqlab qolgan holda, informatsion texnologiyalarni
insonlar ijtimoiy va kundalik hayotiga yanada integrallashuviga ko‘proq e’tibor
qaratilishi insonning o‘qish savodxonligi doimiy ravishda yangilanib, kengayib
borishini taqozo etadi. Endi ushbu soha XXI asrda talab etiladigan savodxonlikka
oid masalalar bilan chambarchas bog‘langan keng miqyosdagi yangidan-yangi
ko‘nikmalarni o‘zida aks ettirishi lozim. Savodxonlik tushunchasiga berilgan ta’rif
orqali tobora o‘zgarib borayotgan vaziyatlar va yangi texnologiyalarning ta’siri
6
tufayli savodxonlik mohiyati mudom o‘zgarishlarga yuz tutishini anglab yetish
bilan yuqori saviyadagi raqamli o‘qish ko‘nikmalari va asosiy o‘qish jarayonlarini
qamrab olinishi talab etiladi. Matn ko‘rinishidagi ma’lumotlar bilan ishlash oddiy
yozuv usulidan kompyuter erkanlaridan tortib smartfonlargacha bo‘lgan zamonaviy
qurilmalar bilan amalga oshirilayotgan ekan, matnlarning tuzilishi va formatlaridan
ham o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bu, o‘z navbatida, o‘quvchidan yangidan-yangi aqliy
strategiyalarini rivojlantirishni va maqsadli o‘qish jarayonida aniq maqsadlarni
qo‘yishni taqazo etmoqda. Shuning uchun, o‘qish savodxonligida muvaffaqiyatga
erishish deganda biror sodda matnni o‘qib, tushunish nazarda tutilmasligi lozim.
Katta hajmli, jumladan, badiiy matnlarni o‘qib, talqin qila olish qobiliyati o‘z
ahamiyatini yo‘qotmagan holda, o‘qish savodxonligini o‘zlashtirilishi ma’lumotlarni
qayta ishlashning murakkab strategiyalari, jumladan, ko‘p matnli (yoki ma’lumot)
manbaalaridan tegishli ma’lumotlarni olib, tahlil qilish, sintezlash, umumlashtirish
va talqin qilishni ham talab etadi. Bundan tashqari, muvaffaqiyatli va qobiliyatli
shaxslar ilm-fan va matematika kabi barcha sohalarda ma’lumotlardan foydalanadi
va qator ma’lumotlarni samarali qidirib topish, tizimlashtirish va filtrlash uchun
texnologiyalardan foydalanadi. Bular mehnat bozorida, tahsilning keyingi
bosqichlarida hamda XXI asrning ijtimoiy va fuqorolik hayotida to‘laqonli ishtirok
etish uchun kerak bo‘lgan muhim ko‘nikmalar hisoblanadi.
O‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini baholay olishda avvalgi qamrov doirasi bilan
bog‘liqlik mavjud ekani kafolatlangan holda qayta ko‘rib chiqish turli modellarning
o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettirish uchun turli o‘qish jarayonlarining e’tiborli
jihatlari qayta tartibga keltirildi. Qayta ko‘rib chiqish jarayonida butun dunyoda
hozirda matnlardan keng foydalanib kelinayotganini hisobga olib, o‘quvchilarning
o‘qish savodxonliklarini yanada xolisroq baholashda nazorat qilib boriladigan
raqamli va bosma matnli savollardan qay tartibda foydalanish va yangi texnologik
imkoniyatlarni qay tartibda jalb etish ko‘rib chiqildi.
Yuqorida ta’kidlanganidek tadqiqotning o‘qish savodxonligi yo‘nalishida ishlab
chiqilgan ushbu qamrov doirasi avvalgilaridan birmuncha farqlandi. 2000-yilda
o‘tkazilgan PISA tadqiqotida o‘qish savodxonligiga “O‘qish savodxonligi insonning
o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishi, jamiyatda ishtirok etishlari va o‘z bilim va
imkoniyatlarini rivojlantirishlari uchun yozma matnlardan foydalanish, ular ustida
mulohaza yuritish va tushunish demakdir” deb ta’rif berilgan bo‘lsa, 2009-yilda
o‘tkazilgan PISA tadqiqotlarida o‘qish savodxonligiga “O‘qish savodxonligi insonning
o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishi, jamiyatda ishtirok etishlari va o‘z bilim
va imkoniyatlarini rivojlantirishlari uchun yozma matnlardan foydalanish, ular
7
bilan shug‘illanish hamda ustida mulohaza yuritish, ular bilan ishlash va tushunish
demakdir” deb ta’rif berilgan. Ushbu ta’rifdan 2012 va 2015-yilgi tadqiqotlarda
ham o‘qish savodxonligi ta’rifi sifatida foydalanilgan. 2018-yilda o‘tkazilgan PISA
tadqiqotlarida o‘qish savodxonligiga berilgan ta’rif o‘qish savodxonligining ajralmas
qismi sifatida matn ko‘rinishidagi ma’lumotlarni baholashni o‘z ichiga oladi va
“yozma” so‘zi olib tashlanadi va quyidagicha ta’riflanadi:
“O‘qish savodxonligi insonning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishi,
jamiyatda ishtirok etishlari va o‘z bilim va imkoniyatlarini rivojlantirishlari uchun
matn ko‘rinishidagi ma’lumotlardan foydalanish, ular ustida mulohaza yuritish,
ular bilan ishlash va tushunish demakdir.”
(PISA 2018, o‘qish savodxonligi qamrov
doirasi).
Berilgan ta’rifning har bir qismi hamda PISA tadqiqotlarida keltirilgan va
boshqa empirik tadqiqotlar qo‘llanilgan dalillardan foydalanadigan mazmun
sohasiga berilgan ta’rifning ayrim muhim jihatlari ushbu qamrov doirasida alohida
muhokama qilinadi.
PISA 2018 tadqiqotida baholash jarayonlari kompyuter yordamida
o‘tkazililishi belgilandi, bu esa 15 yoshli o‘quvchilar o‘qib tushunishga oid berilgan
matnlarni o‘qishlarini oson va samarali baholash imkonini beradi. Hozirda internet
tarmoqlarida har qanday matnlarni topish imkoniyati mavjud bo‘lganligi bois,
XXI asr yoshlarining nafaqat qobiliyatli o‘quvchi bo‘lishlarini, balki samarali
o‘quvchi bo‘lishlarini taqozo etadi. Ta’kidlash joizki 20 yil avvalgi insonning kamol
topishi, ta’lim sohasida muvaffaqiyatga erishish, iqtisodiy hamkorlik va fuqorolik
pozitsiyasini saqlab qolish uchun talab etilgan o‘qish savodxonligi ko‘nikmasi
bugungidan tubdan farq qiladi va bu talablar 20 yil o‘tib, yanada o‘zgarashi ehtimoli
yo‘q emas. Endilikda jamiyat va madaniyat mudom o‘zgarishga yuz tutganidek,
bizning o‘qish savodxonligi borasidagi tushunchalarimiz ham shakllanib,
takomillashib boraveradi. Chunki biz qator turli yozma materiallardan tobora ko‘p
foydalanilayotgan va insonlar ushbu materiallardan yangicha va o‘ziga xos tarzda
foydalanishlari taqozo etiladigan, shiddat bilan o‘zgarib borayotgan dunyoda
yashayapmiz. Agar inson aql-idrokka asoslangan jamiyatga butunlay uyg‘unlashib
keta olsagina, barcha turdagi ma’lumotlarni topa olish, qo‘lga kiritish, tushunish va
ular borasida mulohaza yuritish katta ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda insonning kamol topishi, ta’lim sohasida muvaffaqiyatga
erishishi, iqtisodiy hamkorlik va fuqorolik pozitsiyasini saqlab qolishi uchun talab
etiladigan o‘qish savodxonligi ko‘nikmasi oldingilardan tubdan farq qiladi. Tobora
8
rivojlanib borayotgan texnologiyalarning hayotimizning har jabhasiga kirib kelishi
insonlarning ma’lumotlarni o‘qish va almashish tarzini tubdan o‘zgartirib yubordi.
Inson shaxsiy va kasbiy barkamolikka erishishi uchun butun hayoti davomida
kurashadi va kelajak o‘quvchilari tobora murakkablashib, ko‘payib borayotgan
ma’lumotlarni samarali boshqara olishlari uchun raqamli qurilmalardan oqilona
foydala olishlari kerak. Avvallari, o‘quvchining o‘qish savodxonligini baholashning
asosiy usuli sodda matnlarni o‘qib, tushunish, talqin qilish va ular ustida mulohaza
yuritishdan iborat edi. Mazkur ko‘nikmalarni saqlab qolgan holda, axborot
texnologiyalarining insonlar ijtimoiy va kundalik hayotiga yanada integrallashuviga
ko‘proq e’tibor qaratilishi insonning o‘qish savodxonligi doimiy ravishda yangilanib,
kengayib borishi zarurligini taqozo etadi. Inson barkamolligi XXI asrda talab
etiladigan savodxonlikka oid masalalar bilan chambarchas bog‘langan keng
miqyosdagi yangidan yangi ko‘nikmalarni o‘zida aks ettirishi lozim.
Mazkur qamrov doirasidan PISA tadqiqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida
umumta‘lim maktablari o‘qituvchilari, shu sohada ilmiy tadqiqot olib borayotgan
tadqiqotchilar, soha mutaxassislari foydalanishlari mumkin.
|