Xalqaro Nordik universiteti yozish va taqdimot qilish komptenesiyasi fanidan Bilim va uning shakllari mavzusida tayyorlagan taqdimoti


Ma‘lumotlarni bayon qilishning turli-tumanligi



Yüklə 3,52 Mb.
səhifə2/3
tarix29.11.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#143420
1   2   3
1. Pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qo\'yiladigan talablar

5. Ma‘lumotlarni bayon qilishning turli-tumanligi. Ma‘lumotlarni ekranda tasvirlashda ko’poynali holat* ham ta‘lim jarayonini samarali tashkil etish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. «Men eshitdim va unutdim. Men ko’rdim va eslab qoldim. Men bajardim va tushundim»,- degan fikr Bebbidj maktabidagilarning shiori bo’lgan ekan. Darhaqiqat, ba‘zi o’quvchilar ko’rish orqali ma‘lumotni ko’proq eslab qolsa yoki idrok qilsa, ba‘zi o’quvchilar eshitish orqali ko’proq eslab qoladi. Shuning uchun o’quv materialini tushuntirishda ham namoyish qilish, ham ovoz yordamida izohlash usullaridan unumli foydalanish lozim.II. Psixofiziologik talablar. PDVlarni yaratishda ob‘ektlarni ergonomik loyihalashning ahamiyati katta. Ob‘ekt sifatida ekrandagi tasvirlar, ularni uzatish usullari, ekrandagi shartli belgilarning tushunarli bo’lishi hamda joylashishi, o’quvchi bilan kompyuter orasidagi muloqot usullari va hokazolar tushuniladi. Bunday xatti-harakat qulayliklarini yaratish uchun ergonomika yutuqlariga tayaniladi.
Qator ishlarda didaktik vositalarga qo’yiladigan ergonomik talablar ko’rsatilgan. Ularni umumlashtirgan holda PDVga qo‘yiladigan quyidagi psixofiziologik talablar ishlab chiqildi.
1. Dasturdagi tovushlarga qo’yiladigan talablar. PDVda foydalaniladigan biror tovush yoqimsiz, mazmundan uzoq bo’lmasligi kerak. Tovush o’quvchining diqqatini jamlashga yordamlashishi hamda mazmun bilan bog’liq bo’lishi zarur. Biror qoida yoki harakat usuli musiqiy asosga ega bo’lsa, u o’quvchi tomonidan yaxshi eslab qolinadi. 2. Interfeysning qulayligi prinsipi. Interfeysning oddiyligi muhim ko’rsatkich hisoblanadi. Chunki shu tufayli o’quvchi asosiy faoliyatga tez va oson kirisha oladi. Interfeys ko’p hollarda piktogramma ko’rinishida bo’ladiki, bunda o’quvchining ko’rsatilgan variantlardan birini tanlashi qulay kechadi. Piktogrammalarni tanlash, ma‘lumotlarni kiritish va ekrandagi kadrlarni o’zgartirishda ham tugmachalar majmuidan, ham «sichqoncha»dan foydalanish imkoniyatini nazarda tutish lozim. Shuningdek, dasturning oddiy bo’lishiga, uni boshqarishda oz sonli tugmachadan foydalanilishiga, uni kompyuterda ishlash malakasi yuqori bo’lmagan o’quvchilar ham qiyinchiliksiz ishlata olishiga e‘tiborni qaratish kerak. III. Texnik talablar. PDV qandaydir rusumli kompyuterga mo’ljallab yaratilar ekan, ma‘lum darajada texnik talablarga javob berishi shart. Shunday talablar mazmunini ko’rib chiqamiz.

Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə