1. word dasturining qo’shimcha imkoniyatlari



Yüklə 92,84 Kb.
səhifə1/7
tarix23.12.2023
ölçüsü92,84 Kb.
#157215
  1   2   3   4   5   6   7

1 .WORD DASTURINING QO’SHIMCHA IMKONIYATLARI

Insonlar kundalik hayotida beihtiyor turli xil amaliy dasturlardan foydalanishadi. Bu jarayonlarda kishilar kundalik hayotida bir turdagi masalalarni bir necha bor takrorlashga to'g'ri keldi. Bunday jarayonlarni hal qilishda amaliy dasturiy ta'minotlarning qo'shimcha imkoniyatlari, ya'ni dasturlash imkoniyatlari makroslardan foydalanishga to'g'ri keladi. Makros - bu kompyuterda kundalik ishlarni soddalashtirish maqsadida yaratilgan buyruqlar to'plamidir. Ma'lum tartibdagi yagona ketma-ket harakatlar majmuidan iborat jarayonlarni doimiy ravishda bajarish lozim bo'lgan paytda, bu ish xarakatlarni avtomatlashtirish maqsadida yaratilgan makros, vaqtni tejash bilan bir qatorda, shaxsiy kompyuterda ishlash qulayligini ham orttiradi.


Makroslar ko'pincha quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:
-doimiy ravishda bajariladigan tahrirlash yoki formatlash jarayonlarini tezlashtirish uchun;
-bir nechta buyruqlarni birlashtirish uchun: masalan, ma'lum kattalikdagi va chegaralardan hamda aniq sondagi satrlar va ustunlardan iborat jadval tuzishda;
-muloqot oynalari parametrlarida kirishni soddalashtirish uchun;
-masalalardagi ketma-ket kelgan murakkab xarakatlarni avtomatlashtirish uchun.
Ushbu maqolada Microsoft Word dasturiy ta'minotida makroslar yaratish va qo'llash masalalalarini ko'rib o'taylik.
Microsoft Word da makros yaratish uchun ikkita usulni qo'llash mumkin[1]:
-Makros yozish vositalari yordamida;
-Visual Basic muxarriri yordamida.
Ko'pchilik makroslar bir necha qadamdan tashkil topgan jarayonlarni bajarish uchun mo'ljallangan. Bunda takrorlanishi lozim bo'lgan qadamlar to'plami yaratiladi. Jarayonni qayta bajarish lozim bo'lgan paytda makroslarni ishga tushirish kerak, xolos. Makros yozishni boshlashdan oldin undan har bir elementini qarab chiqish kerak, chunki yozish davomida barcha harakat, shu jumladan yo'l qo'yilgan noto'g'ri, hato hatti-harakat ham yozib olinadi.
Makros yaratish vositalari makroslarni osonlik bilan yaratishga imkon beradi. Bunda makros Visual Basic dasturlash tili ko'rsatmalari ketma-ketligi ko'rinishda yoziladi. Buyruqlar va parametrlarni tanlash uchun sichqonchani qo'llash mumkin. Ammo sichqoncha yordamida hujjat oynasida amalga oshirilgan harakatlar yozib olinmaydi.
Masalan, sichqoncha yordamida yurgichning vaziyatini o'zgartirish, obyektlardan nusxa olish va ularni bir joydan ikkinchi joyga ko'chirish mumkin emas. Bunday xarakatlarni yozish uchun klaviaturadan foydalaniladi. Makros yozishni vaqtinchalik to'xtatib turish va keyinchalik aynan shu joydan qaytib makrosni yozishni davom ettirish mumkin.
Makrosni tezda ishga tushirish uchun uskunalar panelida alohida tugma, menyu buyrug'i yoki klaviaturadan tugmalar mosligidan foydalaniladi. Shundan so'nggina makrosni bajarish uchun menyuda buyruqni tanlash, uskunalar panelida tugmachani bosish yoki klaviaturada tugmalar mosligini bosish kifoya bo'ladi. Makrosni ishga tushirish makros nomini tanlash orqali ham amalga oshiriladi. Buning uchun dasturning "Вид" bo'limidan "Макросы" => "Макросы" buyruqlari tanlanib, muloqot oynasidan bajarilishi lozim bo'lgan makros nomi tanlanadi.


2 .EXEL ELEKTRON JADVAL BILAN ISHLASH



Excel - bu kuchli elektron jadval dasturi va Microsoft Office-ning bir qismi. Siz ishchi va ish daftarlarini (ishchi varaqlar to'plamini) yaratishingiz va tartibga solishingiz, ma'lumotlarni tahlil qilish uchun modellar tuzishingiz, formulalar yozishingiz, turli xil hisob-kitoblarni amalga oshirishingiz va professional jadvallarni yaratishingiz mumkin. Naqd pullar to'g'risidagi hisobotlar, daromadlar to'g'risidagi deklaratsiyalar, byudjetlar, taqvimlar yoki foyda va zararlar to'g'risidagi hisobotlarning barchasi osongina tuzilishi mumkin, agar Excel dasturidan qanday foydalanishni bilsangiz.


  1. Yüklə 92,84 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə