Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi lozim



Yüklə 47,49 Kb.
səhifə4/5
tarix28.11.2023
ölçüsü47,49 Kb.
#137393
1   2   3   4   5
“Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqqa xizmat (2)

Adabiyotga qoʻshgan hissasi
Ismoil Gaspiralining qalamiga mansub bir qancha badiiy asarlar dunyo yuzini koʻrdi. Uning „Fransuz maktublari“ romani, uning bir qismi „Dar ul Raxat musulmonlari“ utopik qissasi, „Afrika harflari — Amazonlar mamlakati“ hikoyasi, „Arslon qiz“ qissasi, „Sharq gʻami“ qissasi, „Rus islomi. Musulmonning fikrlari, eslatmalari va kuzatishlari“ qissasi, „Rossiya-Sharq kelishuvi. Fikrlar, eslatmalar va tilaklar“ kabi qissa va boshqa ijodiy ishlari keng ommaga juda tanish. Ismoil Gaspirali nafaqat Qrim turklari, balki boshqa turkiy xalqlar orasida ham koʻplab adabiy va publitsistik janrlarning asoschisi boʻlgan.
Mukofotlari
Ismoil Gaspirali bir qancha ordenlar bilan taqdirlangan:

  • Buxoro „Yulduz oltin ordeni“ (III daraja);

  • Turkcha „Medjidie“ (IV daraja);

  • Eronning „Arslon va Quyosh“ (IV va III darajali);

  • „Sankt-Peterburg Rossiya Texnik Jamiyatining medali“ (bronza).

Davlatimiz rahbari “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ezgu g‘oyasi
19-oktabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining VIII syezdida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Respublika Prezidenti vazifasini bajaruvchi, O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev nomzodini ko‘rsatish haqida qaror qabul qilindi. Syezdda Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturining asosiy yo‘nalishlari haqida ma’ruza qildi.
Shavkat Mirziyoyev o‘z ma’ruzasida davlat boshqaruv tizimi faoliyatiga tanqidiy baho berdi.

“Oldimizda turgan ulkan maqsad va vazifalarni to‘laqonli amalga oshirish uchun davlat boshqaruv tizimi va uning apparati samarali faoliyat yuritishi zarur, albatta.


Biroq, xolisona aytganda, bugun aksariyat davlat idoralarining ish uslubi davr talabiga to‘liq javob bermaydi. Ayrim vazirlik va idoralar aholi muammolarini hal etishda rasmiyatchilikka yo‘l qo‘ymoqda, ular ko‘pincha quruq raqam va ma’lumotlar to‘plash bilan ovora.
Vazirlik va idoralarda ular mas’ul bo‘lgan sohalardagi ahvolni chuqur tahlil qilib, kamchiliklarni tizimli ravishda aniqlash hamda bartaraf etishga qaratilgan faoliyat yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagan.
Shu bilan birga, hududlarni har tomonlama rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni amalga oshirish, qonunlar ijrosini ta’minlash, joylardagi davlat boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtirish borasida mahalliy hokimliklarning vazifa va vakolatlarini ham takomillashtirishni davrning o‘zi taqozo etmoqda.
Shu o‘rinda hokimlik idoralarining moddiy-texnik bazasini tubdan mustahkamlash, ularning xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini mutlaqo qayta ko‘rib chiqish zarurligini qayd etmoqchiman.
Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish va butun boshqaruv tizimida aniq tartib va qat’iy intizomni ta’minlash maqsadida faqat joriy yilda Bosh vazirning 2 ta o‘rinbosari, 22 ta vazir va idoralar rahbarlari, Toshkent viloyati, Jizzax, Qarshi va Termiz shaharlari hamda 21 ta tuman hokimlari lavozimlaridan ozod etildi. Ishni jamoa bo‘lib bajarsak ham, uning natijasi uchun har birimiz shaxsan javob berishimiz shart.
Muammolarning asosiy sababi – kadrlarni tanlash, tarbiyalash va joy-joyiga qo‘yish jarayonlari bilan bevosita bog‘liq. Yangicha va mustaqil fikrlaydigan, mas’uliyatli, tashabbuskor, ilg‘or boshqaruv usullarini puxta o‘zlashtirgan, vatanparvar, halol kadrlarni tanlash va tayyorlash bo‘yicha samarali tizim yaratilmas ekan, davlat boshqaruvida sifat o‘zgarishi yuz bermaydi.
Davlat idoralari faoliyatini tashkil etishda barchamiz muhim bir haqiqatni chuqur anglab olishimizni istardim.
Sodda qilib aytganda, xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qiladigan vaqt keldi.
Afsuski, hayotda buning aksini ko‘rsatadigan ba’zi bir raqamlarga sizning e’tiboringizni qaratmoqchiman. Shu yilning o‘zida Vazirlar Mahkamasiga, vazirlik va idoralarga, barcha darajadagi hokimliklarga tushgan murojaatlarning umumiy soni 338 mingtani tashkil etdi. Ulardan 200 mingdan ortig‘i yoki 60 foizi tuman va shaharlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu raqamlar joylarda odamlarning dardu tashvishlari bilan hech bir mutasaddi rahbar astoydil shug‘ullanmayotganini ko‘rsatadi.
Ishga joylashtirish, yer uchastkalari ajratish, ish haqi va pensiyalarni o‘z vaqtida to‘lash masalalari bo‘yicha murojaatlar soni ko‘paygan. Ayniqsa, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalariga doir murojaatlarning oshgani, ishimizdagi kamchiliklardan dalolat beradi. Shular qatorida aholining huquqni muhofaza qilish organlariga nisbatan bo‘lgan e’tirozlari ham talaygina.
Rahbarlarning mas’uliyatsizligi, ba’zan odamlarning ehtiyojlari va haqli talablariga befarqligi, ularning murojaatlariga panja orasidan qarashlari tufayli Qashqadaryo, Toshkent, Samarqand, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahridan kelayotgan shikoyatlarning oqimi doimiy ravishda ortib bormoqda.
Bundan tashqari, Bosh vazirning yaqinda Internet tarmog‘ida tashkil etilgan virtual, ya’ni, elektron qabulxonasiga o‘tgan 3 hafta ichida 50 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi.
Bunday mas’uliyatsiz va sovuqqon munosabatga qat’iyan chek qo‘yishimiz shart. Fuqarolarning har qanday muammolarini hal etish davlatning xalqqa nisbatan asosiy majburiyatlaridan biri ekanini unutishga hech kimning haqqi yo‘q.
Shuning uchun rahbarlar muntazam ravishda xalq orasida bo‘lib, shaxsiy qabullar tashkil etishlari, joylardagi muammolarni hal qilishlari zarur.
Bundan keyin joylardagi rahbarlar faoliyatiga birinchi navbatda ular bosh­qarayotgan hududdagi aholidan tushayotgan murojaatlar soni, ularning xalq ichida yurishi, mavjud muammolarning amaliy yechimiga qarab baho beriladi. Qisqa qilib aytganda, rahbarlarga xalqning o‘zi baho beradi.
Shu bilan birga, ko‘plab davlat xizmatchilarining zimmasiga katta mas’uliyat yuklanganiga qaramasdan, ularning ish kuni va ish haftasi aniq me’yorga solinmagani hech kimga sir emas.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, davlat xizmatchilariga yuksak talablar qo‘yishdan oldin ularning huquqlarini kafolatlash va himoya tizimi bilan mustahkamlash darkor.
Masalaning o‘ta dolzarbligini e’tiborga olib, davlat xizmati bo‘yicha qonun qabul qilish vaqti keldi, deb hisoblaymiz”.Davlatimiz rahbari “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ezgu g‘oyani ilgari surib, bunda inson manfaati har narsadan ulug‘ ekanligini alohida ta’kidladilar. Ana shu ma’noda, yurtimizda 2017-yilning “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasining tashkil etilishi hayotimizda muhim hodisa bo‘ldi.
Yilimizning nomlanishida katta ezgu-maqsadlar mujassam. Uning mazmun-mohiyatida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik jarayonlarning sifati va natijadorligini tubdan oshirish, inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini, shu jumladan, odamlar hayotining munosib darajasini ta’minlash, ularni amalga oshirilishi uchun davlat organlarining roli va mas’u­liyatini kuchaytirish, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va ularning murojaatlari bilan ishlashning yangi samarali mexa­nizmlari va usullarini joriy etish, fuqarolarni bezovta qilayotgan ha­yotiy mu­ammolarni o‘z vaqtida hal etish kabi ezgu vazifalar turibdi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, Konstitutsiyamizning 35-moddasida murojaat qilish huquqi muhim bo‘lgan siyosiy huquqlar toifasiga kiritilib, unga ko‘ra har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega bo‘lib hisoblanadi. Bu esa, har bir davlat organini fuqarolar­ning mazkur konstitutsion huquqlarini to‘liq ta’minlashga mas’ul ekanligini bildiradi.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmonining qabul qilinishi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi tizimini belgilab berdi. Farmonga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni ishlar boshqarmasining Fuqarolar qabulxonasi negizida tuzildi. Bu esa, fuqarolarning xalq qabulxonasiga qilgan har bir murojaatining nazorati davlat rahbarining nazorati daraja­sida ko‘rib chiqilishini anglatadi. Shu bilan birga, jismoniy va yuri­dik shaxslarga murojaatlarni amalga oshirishda qulayliklar yara­tish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi ham tashkil etildi. Unga ko‘ra, fuqarolar axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda mazkur virtual qabulxonaga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Mazkur farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti­ning Xalq qabulxonasining hamda Virtual qabulxonasining tashkil etilishi, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, shuningdek, har bir tuman va shaharda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalarining tashkil etilishi aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini to‘laqonli himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan mutlaqo yangi va samarali tizimini ta’minlashga qaratilgandir. Farmonga ko‘ra, mazkur jarayonlarni nazorat qilish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni tarkibiy tuzilmasida alohida Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati ham tashkil etilib, uning bir qator asosiy vazifalari belgilandi. Xususan, murojaatlarni ko‘rib chiqishda aniqlangan tizimli qonunbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etishga qaratilgan huquqni qo‘llash amaliyoti va amaldagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish; Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxona faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish, shuningdek, ularning faoliyatini me’yoriy-uslubiy va axborot-tahliliy jihatdan ta’minlash; davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlarining murojaatlar bilan ishlash borasidagi faoliyatini, shu jumladan, joylarga sayyor chiqishlarni tashkil etish hamda kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha tezkorlik bilan tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish orqali nazorat qilish va muvofiqlashtirish; Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga kelib tushgan, shuningdek, tegishliligiga ko‘ra davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlariga yuborilgan murojaatlarni qabul qilish, qayta ishlash, ko‘rib chiqish va ular bo‘yicha qarorlar qabul qilinishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni amalga oshirish va boshqalar shular jumlasidandir.
Biz deputatlar ham mazkur farmondan o‘zimizga tegishli xulosalar chiqarib olgan holda, hududlarda saylovchilar bilan bo‘ladigan muloqotlarda xalqimizni qiynayotgan muammolar yechimini topishda faol ishtirok etayapmiz. Parlament nazorati­ning yangi shakli sifatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputati va Senat a’zosi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini o‘rganib, tahlil qilish hamda uning natijalari bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish nazarda tutilgan edi, ya’ni, «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da saylovchilar bilan ishlashda ham yangicha yondashuvlar qo‘llanilmoqda. Endilikda hududlardan saylangan deputat va senatorlar tomonidan har oy, 10–12 kun davomida bir tumanda bo‘lib, davlat hokimiyati organlari faoliyati o‘rganilib, tahlil qilinib, tegishli rahbarlarning hisoboti xalq deputatlari Kengashlari sessiyasi muhokamasiga kiri­tilmoqda. Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi ishtirokida o‘rganish natijalari bo‘yicha tegishli xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarini o‘tkazish o‘z samarasini bermoqda. Bu tizim kelgusida yanada takomillashadi.
Deputat xalqning vakili, uning dardi, tashvishi va g‘ami bilan yashashi, har bir qabul qilinayotgan qonunlar xalqimiz turmush darajasini yaxshilashga, uning qaysidir muammolarini hal qi­lishga qaratilganligini sodda va ravon tilda tushuntirib berishi­miz, mazkur qonunlar ijrosi ustidan nazoratni ta’minlashimiz zarur, ayniqsa, xalq bilan muloqotda, ularning murojaatlari bilan ishlashda o‘z ish uslubimizni tubdan o‘zgartirishimiz lozim bo‘ladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan joylarda tashkil etilgan Xalq qabulxonalari aholi murojaatlari bilan ishlashda rasmiyatchilik, sansolarlik kabi illatlarni bartaraf etishga xizmat qilib, yillar mobaynida fuqarolarni qiynab kelayotgan muammo va kamchiliklarni samarali hal etish imkonini bermoqda.
“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ezgu gʻoya asosida Xalq qabulxonasiga koʻpchilik nomidan bildirilgan murojaatlar sayyor qabul koʻrinishida joyida oʻrganib chiqilayotgani aholining ortiqcha vaqt va mablagʻ sarflanishining oldini olishga xizmat qilmoqda. Shunday sayyor qabullar Qorakoʻl tumanining chekka qishloqlarida oʻtkazilib, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari jalb qilingan holda muammolar joyida yechimini topishga erishilmoqda.
Bir soʻz bilan aytganda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qorakoʻl tumanidagi Xalq qabulxonasi aholi muammolarini qonuniy hal etadigan, el-yurt dardiga malham boʻlayotgan ishonchli maskanga aylangani aynan haqiqat.
Joriy yilning 12 oyi davomida tushgan murojaatlar tahlil qilinganda fuqarolardan jami 1338 ta murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatlar 1514 ta masala koʻtarilgan boʻlib, ularning 1380 tasi (94%) qanoatlantirilgan, yaʼni 1057 ta (80.2%) masala ijobiy hal etilgan, 322 ta (19,8%) masala Huquqiy maslahat va maʼlumot berish orqali hal qilingan, 81 tasiga esa tushuntirish berilib tugatilgan, 54 tasi esa koʻrib chiqish jarayonida.
Jismoniy va yuridik shaxslardan tushayotgan murojaatlar tahlillarga koʻra, yilning oʻtgan davrida 89 ta sud masalalariga oid, 71 ta ichki ishlar faoliyatiga oid, 111 tasi prokuratura faoliyatiga faoliyatiga oid, 64 ta aliment masalalariga oid, 15 ta sud ijrosiga oid, 75 ta sogʻliqni saqlashga oid, 44 ta pensiya tayinlash va nafaqa pullarini olishga oid, 24 ta maktab taʼlimiga oid, 43 ta uy-joy bilan taʼminlash yoki yer ajratish masalasiga oid, 99 ta ish bilan taʼminlash masalasi yuzasidan, 3 ta oliy taʼlim masalalariga oid, 93 ta kredit olish, 33 ta bank-moliya masalalariga oid, 70 ta gaz, elektr va suv taʼminotiga oid, 48 ta yoʻl-qurilish bilan bogʻliq, 15 ta soliq toʻlovlari oid, 20 ta qurilish sohasiga oid, 70 ta moddiy yordam olishga oid, 495 ta boshqa masalalarga oid boʻyicha murojaatlar qayt etilgan. Ichimlik suv va elektr energiyasidagi muammolar, uy-joyni taʼmirlash, davolanishga koʻmaklashish, moddiy yordam,tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun kredit olish va yer ajratish bilan bogʻliq murojaatlar ham anchani tashkil qildi. Qayd etilgan murojaatlarning aksariyati ijobiy hal qilinishiga erishildi.
Masalan, Qorakoʻl tumani Yangi zamon MFYda yashovchi fuqaro I. Qoryogʻdiyev Xalq qabulxonasiga murojaat etib, qizining koʻzi ogʻrib kasallanib koʻp yil davolanganligi, ammo baribir koʻzi sogʻaymaganligi, topayotgan daromadi qizini davolatishiga yetmayotganligi, shu sababli qiziga nogironlik guruhi belgilatib, nafaqaga chiqarishga majbur boʻlganligi, nogironlik guruhi belgilatish uchun tegishli idoralarga hujjat topshirganligi, lekin hujjatlari koʻp muddatdan buyon tasdiqlanmasdan, Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilmay qolib kelayotganligini bildirib, ushbu masalada amaliy yordam soʻrab murojaat qildi. Dastlab murojaatni tezkorlik va xolisona oʻrganish uchun tegishli soha mutaxassislari hamkorligida ishchi guruh tuzilib murojaat fuqaroning ishtirokida oʻrganilib, hujjatlardagi kamchiliklar bartaraf qilindi, uning qiziga bolalikdan nogironlik nafaqasi tayinlanishi taʼminlanib, murojaat ijobiy hal qilindi.
Fuqarolardan tushayotgan murojaatlarni ijobiy hal qilinishini taʼminlash, takroriy murojaatlarni oldini olish maqsadida tumandagi davlat organlari va korxona tashkilotlarga tahlil, taklif va ogohlantirish xatlari yuborildi. Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida korxona va tashkilotlarga jami 22 ta taqdimnoma va takliflar kiritilib, fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqishda kamchiliklarga yoʻl qoʻygan tegishli intizomiy choralar koʻrildi. Qorakoʻl tuman Xalq deputatlari kengashiga fuqarolarning murojaatlarini ijrosini taʼminlash borasida tumandagi korxona va tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar toʻgʻrisida axborotlar kirilib, deputatlar ishtirokida fuqarolarning roziligini taʼminlash, murojaatlarda qayt etilayotgan muammolarni hal qilish choralari muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2019-yil 8-yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qorakoʻl tuman Xalq qabulxonasi hamda tumandagi sektorlar hamkorlikda uyma-uy yurish hamda sayyor qabullar orqali aholi muammolarini oʻrganib kelmoqda. Jumladan tasdiqlangan reja-jadval asosida tuman sektorlar rahbarlari raisligida fuqarolar muammolarini hal etish maqsadida tumandagi mahallalarda 195-marta sayyor qabullar oʻtkazildi. Unda fuqarolar tomonidan 839 ta murojaat kelib tushib, 754 tasi qanoatlantirildi, 38 tasiga tushuntirish berildi va 44 ta masala oʻrganish jarayonida.


Yüklə 47,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə