O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON DAVLAT KONSERVATORIYASI
“Tasdiqlayman”
O‘ZDK rektori
__________________
«___» _______2017 yil
|
“Kelishildi”
O’zbekiston Respublikasi
Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi
____________________
«___» ________2017 yil
|
“IXTISOSLIK” FANI
IJODIY (KASBIY) IMTIHONLAR DASTURI
VA BAHOLASH MEZONI
Kirish sinovida “Ixtisoslik” fani bo‘lgan barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun
(Ko‘zi ojizlar uchun)
(Bakalavriat)
Toshkent – 2017 yil
Dastur O‘zbekiston davlat konservatoriyasi o‘quv-uslubiy kengashida ko‘rib chiqilgan va ma’qullangan. 2017 yil “27” iyundagi “7” sonli majlis bayoni.
Tuzuvchilar:
|
O‘zDK “Halq cholg‘ulari” kafedrasi professor v.b. B.A.Mirpayazov
|
|
|
|
O‘zDK “An’anaviy ijrochilik” kafedrasi dotsenti N.D.Qodirov
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Taqrizchilar:
|
A.Navoiy nomidagi DAKT bosh dirijyori, professor F.Yakubjonov
|
|
|
|
O‘zbekiston bastakorlar uyushmasi raisi, professor R.Abdullaev
|
|
|
Kirish
Bakalavriat ta’lim bosqichiga kiruvchi abiturientlar uchun tuzilgan mazkur dastur – bakalavriat ta’lim yo‘nalishining barcha ixtisosliklari bo‘yicha ijodiy (kasbiy) imtihonlarni olish uchun mo‘ljallangan.
Fanning maqsadi va vazifalari
Barcha yo‘nalishdagi ixtisoslik fanlari uchun tuzilgan mazkur umumiy dasturda qo‘yilgan asosiy maqsad - barcha ixtisoslik sinflarida ijodiy (kasbiy) imtihonlarni qay yo‘sinda olib borish va qanday uslublar bilan abiturient bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash haqida tavsiflar beriladi. Abiturientlarning umumiy tayyorgarlik darajasi, qobiliyati, aql zakovati hisobga olingan tarzda me’yoriy dasturni o‘zlashtirish ustida ish olib boriladi.
Ixtisoslik fanini o‘zlashtirishdan kelib chiqadigan vazifalar - abiturientlar turli yo‘nalishlarda bilimlarga ega bo‘lganliklarini namoyish etishlaridan iboratdir. Alohida e’tibor professional darajani mukammallashtirishga, ijrochilikning texnik rivojiga, artistik mahoratini rivojlantirish va yuqori badiiy saviyada tarbiyalashga qaratilishi kerak. Ixtisoslik fani yuzasidan talaba davr talabiga binoan dunyoqarashi keng bo‘lgan, ya’ni insoniyat madaniyati tarixi, rivojlanish pog‘onalari xususan, adabiyot va san’at sohasida teran fikr yuritish bilan birga, yangi paydo bo‘lgan kompyuterlar tizimidagi jahon musiqiy dasturlari yuzasidan ham tushuncha, tasavvur, bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi shart.
5150100 - BASTAKORLIK SAN’ATI
«Bastakorlik» mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga kirayotganlar uchun saralash maqsadida sinfda ijodiy ish bajarish ko‘zda tutilgan.
O‘qishga kiruvchi 5 soatgacha bo‘lgan vaqt mobaynida berilgan mavzu asosida kamer cholg‘u asari (kuy, prelyudiya, variatsiyalar va b.) yozishi shart.
«Bastakorlik» soxasi bo‘yicha o‘qishga kiruvchi quyidagi bo‘limlardan iborat tanlovli imtihon topshiradi:
-
Sinf ishi,
-
O‘z asarlarini ko‘rsatish,
-
Kollokvium;
Sinf ishi
«Bastakorlik» mutaxassisligiga ariza topshirgan barcha abiturientlar bir paytda belgilangan sinfda to‘planishadi, ixtisoslik komissiyasi tomonidan takdim etilgan mavzularni chalib ko‘rishadi va o‘zlariga ma’qul bo‘lgan bittadan mavzuni tanlashadi. So‘ng, sinfda yoziladigan ijodiy ishni bajarish uchun maxsus ajratilgan sinflarga bo‘linishadi. O‘qishga kiruvchi 5 soat mobaynida mantiqan tugallangan asar yozgan bo‘lishi lozim. Mazkur sinf ishi ixtisos komissiyasiga taqdim etiladi.
O‘z asalarni ko‘rsatish
O‘qishga kiruvchi: professional ijodiy xunarga va obrazli mavzu mazmunini shakllantira olishidan dalolat beruvchi imkoniyatlarga egaligini ko‘rsatuvchi asarlarini chalib berishi shart. Imtihonga xalq qo‘shiqlari asosidagi kuylardan tortib, kamer – cholg‘u, vokal, xor va yakka (solo) asarlar taqdim etilishi mumkin.
Kollokvium
Kollokvium savol-javoblari:
a) eshitish qobiliyatini tekshirish;
b) o‘rta-maxsus ta’limning umumiy kursi darajasida elementar musiqa nazariyasi, cholg‘ushunoslik, musiqa adabiyotidan bilimlarni;
v) shakl va garmoniya nuqtai nazaridan kichik hajmdagi-sonatina, romans, kuy va b. asarlarni tahlil qilish qobiliyati kabilarni o‘z ichiga oladi.
Shuningdek, kollokviumda abiturientning musiqa san’ati va boshqa san’at turlaridan, o‘zbek va chet el musiqasida ma’lum va mashxur asarlar, zamonaviy an’analar xaqidagi bilim darajasi qanday ekanligi bilib olinadi.
5150500 – DIRIJYORLIK (XOR DIRIJYORLIGI)
Xor dirijyorligi bo‘limiga kiruvchilar uchun ijodiy imtihon komissiya tarafidan taklif etilgan a-kapella asarini 15 daqiqa ichida xor bilan ishlashni o‘z ichiga oladi.
-
Xor bilan ishlash uchun asarlarning namunaviy kiyinligi:
-
I.S.Bax – “Serdtse molchi”.
-
M. Burxonov - “Sari kuxi baland”
-
S.Taneev – “Serenada”
-
B. Umidjonov – «Diliman», «Illila yor», «Lapar».
-
P.Chaykovskiy – «Nochevala tuchka zolotaya»
-
Mutaxassislik buyicha kirish imtixonlari kuyidagi bulimlardan tashkil topadi:
-
Dasturni ijro etish
-
Kollokvium
-
Solfedjio va garmoniya (ogzaki)
-
Fortepiano
Dasturni ijro etish:
Kiruvchi bajarishi shart:
- ikkita temp va xarakteri bir biriga kontrast bo‘lgan xor asarini dirijyorlik qilib berish (bittasi a-kapella xori uchun, ikkinchisi jurnavoz bilan). Shulardan biri O‘zbekiston kompozitorlarining asarlari bulishi kerak;
- fortepianoda yoddan maxsus tayyorlab kelgan a-kapella xor partiturasini ijro etish;
- maxsus tayyorlangan partiturani taktlashtirgan xolda ovozlardan birini gorizontal buyicha va akkordlarning ketma-ketligini vertikal buyicha yoddan kuylab berish.
Dirijyorlik kilish uchun asarlarning namunaviy ro‘yxati:
I.Arkadelt - Ave Mariya
F.Anerio- Motet
I.Brams – V nochnoy tishi
Burxanov M. - Yorlarim, Bibiul, Zarra-gul, Sari kuxi baland, Sayra, Guzal kizga, Ayrilik.
Yegorov A. - Qo‘shiq
Kalinnikov V. - Javoronok, Zima, Kondor
Kyui S. - Zasvetilos vdali, Usnulo vse
Lasso O. - Tik - tak, Exo
Mendelson F. - Les, Predchuvstvie vesnы
Prosnak K. - More
Pulenk F. - Grust
Sviridov G. - Vecherom sinim, Povstrechalsya sыn s ottsom
Sokolov A. – Povyan, povyan bur-pogodushka
Sveshnikov A. - Kak poydu ya na bыstruyu rechku
Taneev S. - Venetsiya nochyu, Sosna
Chesnokov P. – Ne tsvetochek v pole vyanet, Elfы
Chaykovskiy P. – Nochevala tuchka zolotaya, Solovushka
Umidjanov B. - Diliman, Illila yor, Kora soch, Lapar, Komuzchi, Guzal
Shuman R. – Nochnaya tishina
Shubert F. – Lyubov, Vechernyaya zvezda
Shedrin R. – A. Tvardovskogo so‘ziga to‘rtta xor
b) Jo‘rnavozlik xor uchun
Akbarov I. – Muborak
Ashrafi M. – «Bo‘ron», «Dilorom» operadlaridan xorlar.
Bize J. – «Karmen» opersidan xorlar
Borodin A. – Introduktsiya, «Slava» xori «Knyaz Igor» operasidan
Brams I. – Sigancha qo‘shiq.
Burxanov M. – Alisher Navoiga qasida
Vagner R. – «Loengrin» operasidan to‘y xori
Verdi Dj. – «Aida», «Rigoletto», «Trubadur» operalarining aloxida xorlari.
Gendel G. – «Samson» oratoriyasidan xorlar.
Glinka M. – «Ivan Susanin», «Ruslan i Lyudmila» operalarining alohida xorlari.
Dargomыjskiy A. – «Rusalka» operasidan xorlar
Motsart V. – «Svadba Figaro», «Idomeney» operalaridan xorlar
Nasimov M. – «Dilbarim» syuitasidan xorlar
Sviridov G. – «Poema pamyati S.Yesenina» kantatasidan xorlar
Sadikov T., Glier R. - «Leyli i Medjnun» operasidan xorlar.
Raxmaninov S. - Kak volnost vesel nash nochleg, Ogni pogashenы
(«Aleko» operasidan)
Rimskiy-Korsakov N. – «Snegurochka», «Sadko», «Sarskaya nevesta» operalaridan xorlar.
Radjabiy Yu., Mushel G. – «Farxod va Shirin» operasidan xorlar.
Chaykovskiy P. – «Yevgeniy Onegin», «Pikovaya dama» operalarining aloxida xorlari
Yudakov S. – Xorы iz kantat «Mirzachul», «Muborakbod», «Mening vatanim» kantatalaridan, ix operы «Maysaraning ishi» operasidan xorlar.
Shuman R. – Sыgane
Kollokvium
Abiturientning kasbiy tayyorgarlik darajasini aniqlab beruvchi savollar kiritilishi kerak:
- o‘z mutaxassisligi bo‘yicha adabiyotlarni, jumladan xorshunoslikni bilishi;
- maktabda dars berish uslubiyotining asosiy xolatlarini va xavaskorlik xori bilan ishlash bilimlarini;
- musiqa bilim yurti hajmida musiqa adabiyoti dasturini;
- 4 qatorli murakkab bo‘lmagan xor partiturasidan biron bir ovozni kuylab berishni;
Bulardan tashqari, kiruvchilar imtihonda ijro etilgan biron bir asarni mazmuni, uslubi va ijrochilik vositalarini taxlil qilib berishlari kerak.
Mutaxassislikdan kollokvium topshirish uchun kerak bo‘lgan xorshunoslik va xor adabiyoti bo‘yicha olinadigan bilimlarning adabiyotlari ro‘yxatini bilishlari kerak.
5150600 – VOKAL SAN’ATI (AKADEMIK XONANDALIK)
Kiruvchi komissiyaga quyidagi asarlarni taqdim qilish kerak:
- 2 ta klassik ariya;
- romans;
- xalq qo‘shig‘i.
«Akademik xonandalik» mutaxassisligi bo‘yicha kiruvchilar
Taxminiy repertuar ro‘yxati
SOPRANO
Ariyalar
Bax I.S. - «Magnifikat»dan ariya
Gendel G. - «Kserks» operasidan rechitativ va ariya
Gendel G. - Ariya «Va godendo»
Dargomыjskiy A. - «Rusalka» operasidan Natasha solosi (1 p.)
Motsart V. - «Svadba Figaro» operasidan Syuzanna ariyasi
- «Svadba Figaro» operasidan Grafinya kavatinasi
- «Svadba Figaro» operasidan Kerubino ariyasi «Voi che sapete»
Rimskiy-Korsakov N. - «Sadko» operasidan Volxova allasi
Yudakov S. - «Maysaraning ishi» operasidan Oyxon ariyasi
Yusupov M. - «Xorazm qo‘shig‘i» operasidan Dildor ariozosi
ROMANSLAR
Ippolitov-Ivanov - Vesnoy
Motsart V. - Vы Ptichki, kajdыy god
Glinka M. - Yesli vdrug sred radostey
Raximov X. - Sevimli yorim
Sodikov T. - Bahor
Gienko B. - Ruboi
- Tы menya ostavil, Djemi
MESSO – SOPRANO
Ariyalar
Bax I.S. - 106- kantatadan ariya
Glinka M. - «Jizn za tsarya» operasidan Vanya qo‘shig‘i
Rimskiy - Korsakov N. - «Snegurochka» operasidan Lelning 3-qo‘shig‘i
Dargomыjskiy A. - «Kamennыy gost» operasidan Lauraning 2 ta qo‘shig‘i
Djalilov T., Brovtsыn B. – «Tohir va Zuhra» operasidan Mohim qo‘shig‘i
ROMANSLAR
Motsart - Pesnya staruxi
Kyui S. - Sarskoselskaya statuya
Dargomыjskiy A. - «Ya vsyo yeshyo yego, bezumnaya, lyublyu»
Burxonov M. - Bahor qo‘shig‘i
Akbarov I. - Alla
TENOR
Ariyalar
Verdi Dj . - «Bal – maskarad» operasidan Rikardo romansi
Motsart V. - «Basten i Bastena» operasidan Basten ariyasi
Chaykovskiy P. - «Yevgeniy Onegin» operasidan Trike kupletlari
Ashrafiy M. - «Dilorom» operasidan Ulug Xuja qo‘shig‘i
Zokirov D, Zeydman B. - «Zaynab va Omon» operasidan Omon ariyasi
ROMANSLAR
Raxmaninov S. - Son
Ramazonov Sh. - Yor kelur
Raximov X - Sevaman seni
BARITON
Ariyalar
Gaydn I. - «Vremena goda » oratoriyasidan Simon ariyasi
Motsart V. - «Svadba Figoro» operasidan Figaro ariyasi
Rubinshteyn A. - «Demon» operasidan Demon romansi
Kaldara A. - Arietta «Sebben crudele»
Yudakov S. - «Maysaraning ishi» operasidan Xoji-Darga ariyasi
Ashrafiy M. - «Bo‘ron» operasidan Bo‘ron ariozosi
ROMANSLAR
Shuman R. - Na chujbine.
Dargomыjskiy A. - Ya vas lyubil.
Jalil S. - Pari ruyim.
Mansurov A. - Armonlar qoldi.
BAS
Ariyalar
Verdi Dj. - «Simon Bokkanegra» operasidan Fiesko romansi
Motsart V. - «Don Juan» operasidan Leporello solosi
Motsart V. - «Volshebnaya Fleyta» operasidan Zarastro ariyasi
Yudakov S. - «Maysaraning ishi» operasidan Qozi ariyasi
ROMANSLAR
Glinka M. - Zabudu l ya
Shubert F. - Morskaya tish.
Boboev S. - Ko‘zlarimga nega ko‘rinding?
Nasimov M. - Yuragimni sezarsan.
5150600 – VOKAL SAN’ATI «AN’ANAVIY XONANDALIK»
1. O‘zbek xalq ashulalari yoki bastakorlar ijodiga mansub asarlardan biri. Masalan: “Ko‘rsatmagay”, “Naylayin”, “Munojot”, “Tanovor”, “Yor istab”, Mustaxzod”, “Topmadim”, “Koshki”, “Otmagay tong”, “Aylagach”, “Ey sabo” va boshkalar.
2. Voxalarga mansub ashulalardan biri. Masalan: “Ko‘cha bog‘i 1 - 2”, “Girya 1-2”, Fig‘on 1-2”, “Adoiy va Asiriy”, “Miskin”, “Suvora”, “Savti suvora” va boshqalar.
3. Shashmaqom yoki Toshkent - Farg‘ona yoki Xorazm maqom ashulalaridan biri. Masalan: Sarahbor yoki Talqin yoki Nasr taronalari bilan, Savt yoki Mug‘ulcha shaxobchalari bilan, Dugoh Xusayni I-V, Bayotlar, Chorgohlar va h.k.
4. Kollokvium mutaxassislikka oid turli savollar (nazariy va amaliy) yuzasidan suxbat.
5150600 – VOKAL SAN’ATI «ESTRADA XONANDALIGI»
Mutaxassislik bo‘yicha tanlov imtixoni quyidagi bo‘limlardan iborat:
a) dastur ijrosi – 20 daqiqagacha:
b) kollokvium (suxbat)
Dastur ijrosi 5 ta asardan iborat:
-
Vokaliz (F.Abt, G.Zeydler)
-
O‘zbek kompozitorlari yaratgan klassik estrada asari (M.Burxonov, I.Akbarov, M.Leviev, D.Zokirov, S.Yudakov, Sh.Ramazonov, H.Izamov, E.Salixov).
-
Zamonaviy o‘zbek kompozitorlarining estrada asari (D.Omonullaeva, A.Mansurov, A.Ikramov, N.Norxo‘jaev, A.Rasulov, D.Ilyosov, F Zokirov, Yu.Usmonova).
-
Mashhur chet el estrada yulduzlari dasturidagi 2-ta estrada asari (rus, ingliz, frantsuz, italyan, turk, arab, fors tillarida).
Talab qilingan dasturda 1 ta asar yakka jo‘rsiz «a capella» ijrosida bo‘lishi shart: bitta asar oranjirovka «minus» jo‘rligida: 2 ta asar fortepiano jo‘rligida bo‘lishi shart.
Kollokvium talablari.
Kollokviumda abiturient o‘zining umumiy madaniy darajasini, musiqiy dunyoqarashini kengligini namoyish eta olishi, O‘zbekistonning mustaqil davrida estrada san’atining rivoji masalalari bo‘yicha qabul qilingan qaror va farmonlarini bilishi shart.
Talab etiladigan savollar doirasi:
-
o‘zbek estrada san’atining eng yorqin namoyondalari ijodi (xonandalar, bastakorlar),
-
chet el estrada xonandalik san’ati yulduzlari,
-
O‘zbekistonning zamonaviy musiqiy madaniy xayoti,
-
elementar musiqa nazariyasi bo‘yicha savollar.
Kollokvium:
Kollokviumda quyidagilar aniqlanadi:
Abiturentning estrada va jaz soxasidagi bilimlari darajasi; adabiyot va san’at bo‘yicha umumiy eruditsiyasi; davlat mustaqilligidan keyingi davrdagi O‘zbekistonda estrada san’atining rivojlanishiga doir asosiy xujjatlardan xabardorligi.
5150700 – ChOLG‘U IJROChILIGI (FORTEPIANO (organ))
Konservatoriyaga kiruvchi abiturientlarning kirish imtihonlari 2 qismdan tashkil topadi. 1- dastur ijrosi, 2- kollokvium.
-
Ijro etiladigan dastur o‘zining murakkabligi bo‘yicha o‘rta maxsus bilim yurtlari hamda o‘rta maxsus musiqa maktablarining bitiruv darajasiga mos kelishi kerak.
a) O‘z tarkibiga fuga janrini kiritgan bir polifonik asar. Iloji boricha, I.S. Baxning “Yaxshi temperatsiyalangan klavir” turkumidan prelyudiya va fuga bo‘lishi kerak;
b) Mumtoz sonata yoki kontsertning 1 yoki 2-3 qismlari;
g) Erkin shaklda bir asar. (Romantik kompozitorlardan tortib zamonaviy kompozitorlarning asarlarigacha. Masalan, F. Shopenning ballada, skertso va boshqa pesalari, F.List, I.Brams, F.Shubert, K.Debyussi, M.Ravel, Detyuyi, Barber, P.Xindemit, N.Zokirov, S.Karim-Xoji kabi kompozitorlarning rapsodiya va boshqa asarlari;
d) Ikki xarakatli etyud: Shopen, List, Raxmaninov, Skryabin, Debyussi, Prokofev, Stravinskiy va boshqalar.
e) Izoh: Etyudlardan biri Prokofev, Chernining “Tokkata”lari, B.Bartokning «Allegro Barbara», S. Raxmaninovning Musiqiy lahzalari va prelyudiyalari singari xarakatchan asarlari bilan almashtirilishi mumkin.
-
Kollokvium.
a) Abiturientning kasbiy tayyorgarligi darajasini, ijro etayotgan asar haqida – janr, shakl, davri, ijodi, uslubiy xususiyatlari bo‘yicha bilimlarni aniqlovchi savollar.
b) Abiturientning umumiy bilim saviyasini, adabiyot va san’at sohasidagi ilmini aniqlovchi savollar.
5150700 – ChOLG‘U IJROChILIGI (TORLI ChOLG‘ULAR)
Qabulda qatnashayotgan abiturient musiqa bilim yurti va maxsus musiqa maktablarining bitiruv dasturlari saviyasidagi asarlardan quyidagilarni puxta ijro etishi lozim.
SKRIPKA
-komissiya talabiga muvofiq gamma
-turli texnik vositasida ijro etiladigan ikkita etyud
-turli kayfiyatdagi kichik shakldagi ikki asar (sokin va serxarakat).
-I.S.Baxning sonata va partitalaridan turli kayfiyatdagi ikki qism.
-Kontsert asarining birinchi yoki ikkinchi va uchinchi kismlari.
ALT
-ikkita gamma (major va minor)
-turli texnik vositasida ijro etiladigan ikki etyud
-turli kayfiyatdagi kichik shakldagi ikki asar (sokin va serxarakat)
-I.S. Baxning violonchel uchun syuitalaridan yoki skripka uchun sonata va partitalaridan alt uchun ko‘chirilgan turli tomdagi (cokin va serxarakat) ikki qism.
-Alt uchun yaratilgan sonatadan turli temadagi ikki qism yoki kontsert asaridan I – yoki II –va III qismlar.
VIOLONChYeL
-ikki gamma (major va minor)
-turli texnik vositada ijro etiladigan ikki etyud
-turli kayfiyatdagi kichik shakldagi ikki asar
-kontsert shaklidagi asarning I – yoki II va III qismlari
-I.S.Baxning syuitalaridan turli kayfiyatdagi ikki qism.
KONTRABAS
-gamma (sokin tempda)
-turli texnik vositada ijro etiladigan ikki etyud
-kichik shakldagi bir asar
-sonata yoki kontsert shakldagi asarning I yoki II - III qismlari.
Kollokvium
Abiturientning mutaxassislik adabiyot, san’at va umumiy bilim saviyasini bildiruvchi savollar.
5150700 – ChOLG‘U IJROChILIGI (PUFLAMA VA ZARBLI ChOLG‘ULAR) “Yog‘och-damli cholg‘ular”
5150700 – ChOLG‘U IJROChILIGI (PUFLAMA VA ZARBLI ChOLG‘ULAR) “Mis-damli va zarbli cholg‘ular”
-
Kiruvchilar barcha xildagi: major, minor, xromatik gammalarni, D7, Kich. VII7 chaqqon tempda ijro etishlari lozim. Gammalarni turli shtrixlarda ijro etishlari shart.
-
5 ta tayyorlangan etyudlardan 2 tasi nota bilan ijro etiladi. Etyudlar komissiya tomonidan tanlab beriladi.
-
Yirik asar va pesalar: Syuita, sonata, variatsiya, fantaziya, rapsodiya, kontsert va pesalar
-
Kollokvium (mutaxassislik fanlariga oid savollar)
FLEYTA:
a) 5 ta tayyorlangan etyudlardan 2 tasi nota bilan ijro etiladi, masalan: N.Platonov – 30 etyud, 24 – etyud, Yu. Yagudin – 24 etyud, 20 etyud, ekelleo – etyudlar, I - II daftarlar.
b) Pesalar, masalan: D. Omonullaeva – Pamir eskizi, A. Kozlovskiy - Zarg‘aldok (Ivolga), G. Mushel – Syuita № 1, № 2, Ariya va Arabeska, F. Yanov – Yanovskiy – Vals, A. Malaxov – Kontsert Allegrosi, V. Saparov – Tokkato, Pastoral, T. Qurbanov - Pesa, Fore – Sitsiliana, Glier – Melodiya, Rakov – 3 pesa.
v) Yirik asarlar, masalan : G. Mushel – Sonatina, X. Glyuk–kontsert, Teleman - Sonata Fa major, F. Bax – Sonata lya minor, Vivaldi – kontsert Sol major, I. Gaydn – kontsert – Re major, M. Gaydn kontsert Re major, K. Stamits – kontsert sol major, Rozetti – kontsert Re major.
GOBOY:
-
5ta tayyorlangan etyudlardan 2 tasi nota bilan ijro etiladi, masalan:
L. Videman - 37 etyud, Ferling – 18 etyud, Lyuft – 24 etyud;
-
Pesalar, masalan: T. Qurbanov – Rondo, G. Mushel – Gulnora raqsi, o‘zbek xalq kuyi «Qashqarcha». T.Sodiqov – Baxor, S. Vasilenko – Tongdagi qo‘shiq, R. Glier – Andante, Skryabin – Orzular, Chaykovskiy- G‘amgin qo‘shiq Motsart – Menuet .
-
Yirik asarlar masalan: I. Gaydn – kontsert II-III qism, Vivaldi – kontsert Do major , lya minor, Chimorozo – kontsert I-II qism , Marchello – kontsert I-qism, Gendel – kontsert Si bemol major III-IV qism .
KLARNET
-
5ta tayyorlangan etyudlardan 2tasi nota bilan ijro etiladi, masalan: K. Berman- etyudlar IV-qism, R. Shtark- 24 etyud , Kloze – xarakter etyudlar, A. Shtark –24 etyud, A.Regi - 24 etyud , F. Krepsh - etyudlar, B. Dikov- etyudlar, V. Petrov - tanlagan etyudlar, Pere- etyudlar .
2. Psalar masalan: M. Bafoev - Lirik xikoya, P. Xalikov - Skertso, F. Yanov – Yanovskiy - Monolog, F. Nazarov- Syuita, A. Ergashev - Sharq kaprichiosi, S. Boboev – Rapsodiya, S. Taneev - Kantsona, Rabo - Konkursnoe solo, A. Messaje -konkursnoe solo, L. Perminov - Ballada.
3. Yirik asarlar, masalan: Veber - kontser №1, №2, kontsertino, katta kontsert dueti, Kramarj – kontsert, E. Gabler - kontsert №1, №2, P. Xalikov-kontsertino, K. Stamits – kontsert, Medыn - kontsert, Vasilenko - kontsert, Verdi- Bassi- kontsert fantaziya, N. Rakov- kontsert fantaziya, F. Pulenk- sonata.
SAKSOFON
-
5ta tayyorlangan etyudlardan 2tasi nota bilan ijro etiladi.
2. 2ta turli xarakterdagi pesa.
3. 1ta yirik asar. (1-yoki 2-3- qism).
FAGOT
-
5ta tayyorlangan etyudlardan 2 tasi nota bilan ijro etiladi, masalan:
Milde - etyudlar, Vaysenborn- etyudlar, Djampieri- etyudlar.
-
Pesalar, masalan: S. Jalil- Yumoreska, T. Kurbonov - Rechitativ, Chernov- Sertso, Debyussi- 5 pesa, klassik pesalar to‘plami, M. Ashrafiy - so‘zsiz qo‘shiq.
3. Yirik asarlar masalan: Teleman - sonata, Vivaldi - sonata,
Sen–Sans - Sonata, Tansman – Sonata, E. Bozza – Rechitativ –Sitsiliana va Rondo, Fantaziya; Dvarionos – Variatsiya, Veber – variatsiya, Veber – kontsert, Venger fantaziyasi, Vivaldi – kontsert, Buamorte – kontsert, Bax – Kontsert, Motsart – Kontsert.
VALTORNA
-
5 ta tayyorlangan etyudlardan 2 tasi nota bilan ijro etiladi, masalan: Kaprash – etyudlar I – daftar 10 nomerdan, Kling - 40 etyud.
-
Pesalar, masalan: S. Raxmaninov – Elegiya A.Glazunov – Orzu, I. S. Bax – Ariya. A.Paxmutova – Noktyurn, Kofron Sonatina. Loreni – Elegiya, B.Gienko – Romans, T. Kurbonov – Balllada.
-
Yirik asarlar, masalan: Sen-Sans - kontsert pesasi, I. Gaydn - kontsertino, V. Shebalin kontsertino, Motsart- kontsertlar, R.Shtraus- kontsert № 1, B. Asafev - Variatsiya.
TRUBA
1. 5 ta tayyorlangan etyudlardan 2 tasi nota bilan ijro etiladi, masalan: Brand - etyudlar, Balasanyan - etyudlar, Vurm - etyudlar, Arban - etyudlar, Usov - etyudlar, Ginetsinskiy - etyudlar.
-
Pesalar masalan: Pesalar to‘plami - Tabakov va Orbid redaktsiyasida. Karim-Xoji – Elegik poema, Qurbonov - Oda, B. Gienko- Syuita, Enesku - Afsona, Botstsa - Qishloq tasviri.
-
Yirik asarlar, masalan – A.Aratunyan –Kontsert, Y.Gaydn – Kontsert, S. Karim-Xodji – Kontsert, Y.Gummel – Kontsert, J.Arban – Venetsiya karnavali,
TROMBON
1. 5 ta tayyorlangan etyudlardan 2 tasi nota bilan ijro etiladi,
masalan: Reyxe - etyudlar, Blajevich - Trombon uchun maktab, B. Grigorev - tanlangan etyudlar, Trombon uchun xrestomatiya.
2. Pesalar, masalan: Blajevich – Eskiz № 5 Gendel-Adajio,
Arioza, Sen-Sans - Kavatina, Kalinkovich - Elegiya, Gilman -Simfonik pesa, Qurbonov - Rondo, S. Varelas - Rekviem, Ballada, Passakalya.
3. Yirik asarlar, masalan: Blajevich-kontsert №2 Novakovskiy-kontsertino, David - kontsertino, Reyxe - kontser № 1, № 2, Knop-variatsiya va polonez, N. Rileskiy – Korsakov - kontsert.
TUBA
1. 5 ta tayyorlangan etyudlardan 2 tasi nota bilan ijro etiladi, masalan: Blajevich - 70 etyud, Grigorev - etyud, «Tuba uchun maktab».
2. Pesalar, masalan: K. Veber - Romans, A. Berlin - Vals, N. Rakov- Vokaliz, Kuprevich - Skertsino, K. Sen-Sans - Kavatina.
3. Yirik asarlar, masalan: Blajevich - kontsert №2 II - qism, David - Kontsertino II – III - qism, Novakovskiy - Kontsertino, Marchello - sonata I – II - qism.
ZARBLI ChOLG‘ULAR
1. Ksilofon-Marimba: Gammalar, etyudlar (2ta) texnik asarlar (Motsart - «Figaro to‘yi», Rzaev – kontsert va boshqa asar;
2. Vibrafon: Pesalar - Bax – Ave Mariya va boshqa asarlar.
3. Kichik baraban: 10 tayyorlangan etyudlardan 1 ta masalan: Osadchuk-60 etyud, Kupinskiy-«Zarbli cholgular uchun maktab» Pesa 1 ta, masalan: Paliev - kontsert etyudi, Chardjer - «SOLO».
4. Litavra: Pesalar – 1 ta masalan: Minetin - «Timpo-lero» yoki boshqa asarlar.
5150700 - ChOLG‘U IJROChILIGI (XALQ ChOLG‘ULARI) «Mizrobli xalq cholg‘ulari» 5150700 - ChOLG‘U IJROChILIGI (XALQ ChOLG‘ULARI) «Kamonli o‘zbek xalq cholg‘ulari» 5150700 - ChOLG‘U IJROChILIGI (XALQ ChOLG‘ULARI) «Damli va urma xalq cholg‘ulari»
Mutaxassislik (cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha) har bir abiturientning ijro dasturi uchta musiqiy asardan iborat bo‘lishi lozim:
1. O‘zbek xalq musiqasi,
2. O‘zbekiston va xamdo‘stlik davlatlari kompozitorlarining asari.
3. Yirik shakldagi asar (sonata uslubiga oid kontsert, sonata, fantaziya, uvertyura, rapsodiya) qabul xay’atining xohishiga ko‘ra asarning to‘liq yoki birinchi yoki ikkinchi-uchinchi qismlari ijro etiladi.
Abiturientning dirijyorlik qobiliyatini, texnikasini va musiqiy sezgirlik tomonlarini aniqlashga xos bitta musiqiy asar fortepiano jo‘rligida dirijyorlik etib berilishi talab etiladi. Kollokvium (savol-javoblar)
Abiturientlarning dunyoqarashini, mutaxassislik va dirijyorlik doirasidagi musiqiy-nazariy bilimlarini aniqlash, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tarixiy voqe’liklar, taraqqiyot yo‘lida amalga oshirilayotgan muhim tadbirlar, ma’naviyat va ma’rifat bo‘yicha erishilgan yutuqlar, milliy kadrlar tayyorlashdagi islohatlar, qabul etilgan qarorlarning mohiyati va boshqa mavzudagi savollarga javob berish talab etiladi.
5150700 - ChOLG‘U IJROChILIGI (AN’ANAVIY ChOLG‘ULAR)
1. Xalq kuylari yoki bastakorlar ijodlariga mansub musiqiy asarlardan biri.
2. Shashmaqom cholg‘u bo‘limidan Tasnif, Tarje’, Gardunlardan yoki Muxammaslardan biri.
3. Voxalarga mansub cholg‘u yo‘llaridan biri. Masalan: “Mushkiloti Dugox”, “Mushkiloti Segox”, “Surnay navosi”, “Surnay Irog‘i”,”Nasrulloi”, “Navruzi Ajam”, “Ajam” va uning taronalari va boshqalar.
4. Kollokvium mutaxassislikka oid turli savollar (nazariy va amaliy) yuzasidan suxbat.
5150700 - ChOLG‘U IJROChILIGI (ESTRADA ChOLG‘ULARI)
«Estrada cholg‘ulari» bo‘limiga kiruvchilar uchun dastlabki ijodiy tanlovga yakka dasturning 15 minutgacha bo‘lgan bir qismi (abiturient xohishiga qarab) kiradi.
Mutaxassislik bo‘yicha tanlov imtixoni kuyidagi bo‘limlaridan iborat:
1.Dastur ijrosi.
2.Kollokvium
Dastur ijrosi:
DAMLI ChOLGULAR
(truba, tormbon, saksafon, fleyta, klarnet)
1.Tayyorlangan 5 –ta etyuddan biri
2.Fortepiano jurligida sonata yoki kontsertning 1 –2 kismi
3. 2 – ta estrada yoki jaz kuylari
4.Komissiya xohishiga qarab gammalarning barcha turi D 7, Um VII 7.
Izox: Truba cholg‘usi uchun ,,do“, ,,mi bemol“, ,,lya“ kronalarida transport qilishni bilish. Fleyta, klarnet cholg‘ulariga kirayotgan abiturientlar saksafon cholg‘usida kuy chalish ko‘nikmasiga ega bo‘lishlari kerak.
ZARBLI ChOLG‘ULAR
a) vibrafon va kislofon:
- major va minor gammalari, arpedjio, etyud
- fortepiano jo‘rligida syuita, kontsertning 1 – 2 qismi, yoki 2 ta virtuoz kuy.
- 1- 2 estrada yoki jaz kuyi.
b) Urma cholg‘ular jamlamasi (udarnaya ustanovka)
- fortepiano jo‘rligida 1 – ta estrada yoki jaz kuyi.
- asosiy texnik elementlar (rudimentlar)
- fortepiano jurligida jaz va rok – musikaning turli yunalishlarida yozilgan ritmik kombinatsiyalarni ijro etish (,,sving“, ,, bit “ va boshqa)
FORTEPIANO
1.Polifon asar.
2.Virtuoz etyud.
3.Yirik shakldagi asar.
4.2-ta eatrada yoki jaz kuyi.
5. – sm. 5p. ,, damli chogular “
GITARA
1.Akustik gitarada 2 –ta etyud
2.Sonata, kontsertning 1 – 2 kismi yoki 2 – ta virtuoz kuyi.
3.1 – 2 estrada yoki jaz kuyi
4. sm. 5p «damli cholgular»
BAS GITARA YOKI KONTRABAS
1.Virtuoz etyud
2.Sonata, kontsertning 1–2 kismi yoki 2-ta virtuoz kuyi
3.1-2 estrada yoki jaz kuyi.
4. Major va minor gamma va arpedjio (2-3 oktava diapazonida)
5. sm. 5p «damli cholg‘ular»
Kollokvium
Kollokviumda quyidagilar aniqlanadi:
Abiturentning estrada va jaz soxasidagi bilimlari darajasi; adabiyot va san’at bo‘yicha umumiy eruditsiyasi; davlat mustaqilligidan keyingi davrdagi O‘zbekistonda estrada san’atining rivojlanishiga doir asosiy hujjatlardan xabardorligi.
5151400 - TEXNOGEN SAN’AT (MUSIQIY OVOZ REJISSYORLIGI)
«Musiqiy ovoz rejissyorligi» ixtisosligi bo‘yicha qabul qilinadigan abiturientlar o‘rta musiqiy ma’lumot asosida musiqa san’atining hamma turlari bo‘yicha yetuk bilimga ega bo‘lishlari, musiqa san’atining sir asrorlarini har jihatdan o‘zlashtirgan bo‘lishlari, musiqa janrlarini yaxshi bilishlari, klassik va hozirgi zamon musiqa yo‘nalishlarini tahlil qila olishlari, eshitilgan (fonogramma) kuylarni – orkestr, ansambllarning turlarini, undagi sozlarni bilishlari lozim. Musiqiy mavzuni, muvozanatni, cholg‘ulashtirilganligini, ijro sofligini ajrata bilishlari lozim. Musiqa va teatr san’atini rivojlantirish tug‘risida qabul qilingan Davlat karorlari va buyruqlari bilan tanish bo‘lishlari kerak.
Shu bilan bir qatorda ovoz rejissyorligi kasbi haqida tushunchasi, ovoz rejissyorligining ish jarayoni va yo‘nalishlari, fizika va akustika fanidan tovush haqidagi bilimlari, axborot kommunikatsiya texnologiyalari (kompyuter musiqasi texnologiyalari) bo‘yicha malakasi, texnika sohasiga qiziqish va intilishi - bilimlari orqali aniqlanadi.
I tur
Abiturientni imtihon qilish quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
1. Ko‘rgan narsani esda saqlab qolish qobiliyatini sinab ko‘rish mashqlari (miksher pultida);
2. Turli chastotalarni eshitish va ajratish qobiliyatini aniqlash;
3. Eshittirilgan ovoz yozuvini (fonogramma) tahlili (ijro sofligi, nuqsonlarni aniqlash, orkestr, ansambl turlari, undagi sozlar;
4. Bir yo‘la turli ovozlarni eshita bilish qobiliyati.
II tur
Ovoz rejissyorligining ish jarayoni va yo‘nalishlari, fizika va akustika fanidan tovush haqidagi bilimlari, texnika sohasi bo‘yicha qiziqish va intilishlari quyidagi mavzular orqali aniqlanadi:
1. Ovoz rejissyorligi mutaxassisligi haqidagi tushunchasi.
2. Ovoz yozish tarixidan (Iz istorii zvukozapisi).
3. Tovushning fizik tafsiloti (Priroda zvuka).
4. Inson eshitishining chastotaviy chegaralari.
(Chastotnыy diapazon chelovecheskogo sluxa).
5. Tovush kuchi va bosimi (Sila i davleniya zvuka).
6. Ijroning dinamik diapazoni.
7. Inson eshitishining o‘ziga xos xususiyatlari.
(Naturalnыe osobennosti chelovecheskogo sluxa i yedinitsы izmereniya).
8. Ovoz yutuvchi va qaytaruvchi materiallar haqida tushuncha.
9. Musiqiy tovushlar va shovqinlar. (Muzыkalnыe zvuki i shumы).
10. Musiqiy muvozanat (Muzыkalnыy balans).
11. Mono va stereo (yozuv) haqida tushuncha.
12. Kompyuter musiqasi texnologiyalari.
13. Soha bo‘yicha erkin mavzu.
BAHOLASh MEZONLARI
Fanlar bo‘yicha kirish imtihonlari og‘zaki shaklda o‘tkaziladi. Abiturientning ijodiy asar, ijro dasturini bajarish darajasi 5 ballik baholash tizimi bo‘yicha baholanadi.
5150100 – BASTAKORLIK SAN’ATI
5150500 – DIRIJYORLIK (XOR DIRIJYORLIGI)
5150600 – VOKAL SAN’ATI (AKADEMIK XONANDALIK)
5150600 – VOKAL SAN’ATI (AN’ANAVIY XONANDALIK)
5150600 – VOKAL SAN’ATI (ESTRADA XONANDALIGI)
5150700 – ChOLG‘U IJROChILIGI (FORTEPIANO (organ))
5150700 – ChOLG‘U IJROChILIGI (TORLI ChOLG‘ULAR)
5150700 – ChOLG‘U IJROChILIGI (PUFLAMA VA ZARBLI ChOLG‘ULAR) «Yog‘och-damli cholg‘ular»
5150700 – ChOLG‘U IJROChILIGI (PUFLAMA VA ZARBLI ChOLG‘ULAR) «Mis-damli va zarbli cholg‘ular»
5150700 – ChOLG‘U IJROChILIGI (XALQ ChOLG‘ULARI) «Mizrobli xalq cholg‘ulari» 5150700 – ChOLG‘U IJROChILIGI (XALQ ChOLG‘ULARI) «Kamonli o‘zbek xalq cholg‘ulari» 5150700 – ChOLG‘U IJROChILIGI (XALQ ChOLG‘ULARI) «Damli va urma xalq cholg‘ulari» 5150700 – ChOLG‘U IJROChILIGI (AN’ANAVIY ChOLG‘ULAR) 5150700 – ChOLG‘U IJROChILIGI (ESTRADA ChOLG‘ULARI) 5151400 – TYeXNOGYeN SAN’AT (MUSIQIY OVOZ REJISSYORLIGI)
«Fan bo‘yicha: Maksimal baho – 5 baho
Minimal baho – 2 baho
«5» baho
Abiturient ixtisosslik fanidan o‘quv dasturi doirasida to‘laqonli bilimga ega bo‘lgan holda, ijro etilgan ijodiy asarlar qabul talablariga to‘la mos kelganda, asar texnik va badiiy jihatdan yuqori saviyada ijro etilganda, og‘zaki topshiriqlarni xatosiz bajarganda, musiqiy-nazariy qonuniyatlarni tahlil qilish, musiqiy-nazariy va amaliy ko‘nikmalarini namoyish qilganda, shuningdek, fan bo‘yicha bilimlari yuqori badiiy darajada bo‘lganida qo‘yiladi. Talabaning musiqa nazariyasini bilish qobiliyati yorqin namoyon bo‘lishi kerak.
«4» baho
Abiturient ixtisosslik fanidan o‘quv dasturi doirasida tayanch bilimga ega bo‘lgan holda, ijro etilgan ijodiy asarlar qabul talablariga mos kelganda, asar texnik va badiiy jihatdan past darajada ijro etilganda, og‘zaki topshiriqlarni bajarishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilganda, musiqiy-nazariy qonuniyatlarni tahlil qilish, musiqiy-nazariy va amaliy ko‘nikmalarini namoyish qila olmaganda, shuningdek, fan bo‘yicha bilimlari yaxshi badiiy darajada bo‘lganida qo‘yiladi.
«3» baho
Abiturient ixtisosslik fanidan o‘quv dasturi doirasida tayanch bilimga ega bo‘lgan holda, ijro etilgan ijodiy asarlar qabul talablariga mos kelganda, asar texnik va badiiy jihatdan past darajada ijro etilganda, og‘zaki topshiriqlarni bajarishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilganda, musiqiy-nazariy qonuniyatlarni tahlil qilish, musiqiy-nazariy va amaliy ko‘nikmalarini namoyish qila olmaganda, shuningdek, fan bo‘yicha bilimlari o‘rta badiiy darajada bo‘lganida qo‘yiladi.
«2» baho
Abiturient ixtisosslik fanidan o‘quv dasturi doirasida tayanch bilimga ega Abiturient ixtisosslik fanidan o‘quv dasturi doirasida tayanch bilimga ega bo‘lmagan holda, ijro etilgan ijodiy asarlar qabul talablariga mos kelmaganda, asar texnik va badiiy jihatdan past darajada ijro etilganda, og‘zaki topshiriqlarni bajarishda qo‘pol xatoliklarga yo‘l qo‘yilganda, musiqiy-nazariy qonuniyatlarni tahlil qilish, musiqiy-nazariy va amaliy ko‘nikmalarini namoyish qila olmaganda, shuningdek, fan bo‘yicha bilimlari past badiiy darajada bo‘lganida qo‘yiladi
Dostları ilə paylaş: |