Tashkil qilish


Bolalarga ko'rsatiladigan ambulatoriya-profilaktika tibbiy yordamining



Yüklə 21,78 Kb.
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü21,78 Kb.
#137349
1   2   3   4
BOLALARGA TIBBIY YORDAM KO\'RSATISHNI

Bolalarga ko'rsatiladigan ambulatoriya-profilaktika tibbiy yordamining
o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, bunda shifokor "yagona pediatr" tizimi
bo'yicha ish yuritadi. Shuning uchun bolalar poliklinikasi ishini tashkil qilishda bir
qancha tamoyillarga asoslanadi:
Birinchidan, bolalar poliklitnikasiga faqat sog'lom bolalar hamda surunkali
kasalliklari bo'lgan, lekin kasalligi yuqmaydigan bolalargina tashrif qiladilar.
Bemor bolalarga tuzalgunga qadar tibbiy yordam uyda ko'rsatilishi lozim.
Ikkinchidan, bolalar poliklinikasiga tashrif qilgan bolalar tajribali o’rta
tibbiy xodim ishlaydigan fil'tr orqali kirishlari talab qilinadi. So'rovlarga tayangan
xolda bolalarni salomatligi tekshirilib, ya'ni teri va shilliq qavatlar ko’rilib,
zaruriyat bo'lganda termometriya o’tkazilib, bolani poliklinikaga kiritish masalasi
xal etiladi. Bolada yuqumli kasallikka gumon tug’ilsa, u boksga joylashtiriladi va
navbatchi shifokor tomonidan tekshiriladi.
Uchinchidan, bir yoshga to’lmagan va kasallikka tez beriluvchan davrda
bolalarni belgilangan kunda qabul qilish tavsiya etiladi. Bu kunda katta yoshdagi
bolalar qabul qilinmaydi.
Aytib o’tilgandek, bolalar poliklinikasining asosiy vazifalaridan biri sog'lom
bolalarni tarbiyalashdan iboratdir.
Bolalar kasal bo'lgan kunidanoq shifokorga murojaat qilishi asosiy diqqatni
jalb etadi, chunki bolalarda kasallikning uzoq vaqt davom etishi tez-tez kasal
bo’ladigan va kasallik uzoq davom etadigan bolalar soni ortib borishiga sabab
bo’ladi, keyinchalik esa bu kasalliklar surunkali tus olishi mumkin. Shuni esda
tutish kerakki, bolalar poliklinikasi ish faoliyatining asosiy prinsipi - bu o’tkir
kasalligi bo'lgan bolalarga tibbiy davolash yordamini bemorning uyida
ko'rsatishdir.
Shifokor bolalarni uyida tekshirish vaqtida kasallikni taxminiy tashxisini
qo’yadi, bolani salomatlik holati darajasini aniqlaydi, uyda yoki kasalxona
sharoitida davolash masalalarini xal qiladi. Bemor bolalarni poliklinikaga
qatnashlari kasallikning harakteriga va kechishiga bog’liq bo’ladi. Umumiy
poliklinikaga qilingan qatnovlarning 30%i aktiv qatnovlarni tashkil etadi.
Hozirgi kunda muhim muammolardan biri maslaxatli tibbiy yordam
ko'rsatish, uyda laboratoriya-diagnostika tekshiruvini tashkil etish, boshqacha qilib
aytganda uyda stasionar yordamini tashkillashtirishdan iboratdir.
Uyda stasionar yordami ko'rsatilganda poliklinika tomonidan bepul doridarmonlar bilan ta'minlanishi, zaruriyat bo'lganda hamshira postini tashkil qilinishi
yoki bola tuzalgunga qadar kuniga bir necha marotaba uyda tekshirib turishi shart.
Bundan tashqari bemor bolani bo'lim mudiri tomonidan tekshirilishi zarur.
Uyda ko'rsatiladigan tibbiy yordamning katta qismi tez yordam shifokori
tomonidan bajariladi, bunda u og’ir kasalliklar bilan to'qnashadi, chunki ko’pincha
chaqiruvlar to’satdan paydo bo’ladigan kasalliklardan (gipertermiya, qorinda
og’riq, qayd qilish, jarohatlanish, zaharlanish va boshqalar) iborat bo’ladi, ba'zi
xollarda kasalxonaga yotqizish.

Yüklə 21,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə