Tashkil qilish


Ambulator - poliklinika muassasalarida profilaktika ishlarini



Yüklə 21,78 Kb.
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü21,78 Kb.
#137349
1   2   3   4
BOLALARGA TIBBIY YORDAM KO\'RSATISHNI

Ambulator - poliklinika muassasalarida profilaktika ishlarini
tashkillashtirish
Pediatr va umumamaliyot vrachining profilaktika ishlari faoliyatidagi
asosiy maqsadi bolalarni jismoniy va ruhiy rivojlanishini me'yorida ta'minlash
hamda oilaning kunlik xayot tarzida gigienik talablarni keng qo'llashdan iborat.
Profilaktika faoliyatining asosiy usuli dispanser uslubi bo'lib - bu faqat
bemorlarni emas, balki sog'lom aholi salomatligini ham dinamikada nazorat
qilishidadir. Bolaning salomatligiga qaratilgan profilaktika tadbirlar bolaning tug'ilgan kunidan boshlab tavsiya etiladi. Xomilador ayollar salomatligini nazorat qilish ayollar maslaxatxonasi bilan birgalikda amalga oshiriladi. Xomilador ayollarni dispenser nazoratga olgandan so’ng xomiladorlar patronaji tashkil etiladi,
ayollar maslaxatxonasi bilan birgalikda "Yosh onalar maktabi" xonasida
mashg’ulotlar olib boriladi, "Sog'lom bola" xonasiga xomilador ayollarning
tashriflari tashkil qilinadi.
Umumiy amaliyot vrachi va poliklinika hamshirasi bilan birgalikda
xomilador ayollarning tug’ruqqa qadar patronaji kamida 2 marotaba olib
borilishi lozim. Bunda ginekologik, biologik va ijtimoiy analiz yig’iladi va
natijalar baxolanadi, hamda xomilador ayollarga ularning kun tartibi va
ovqatlanishi, xayotining ijtimoiy-gigienik sharoiti, kasallanish holatlari, yangi
tug'ilgan chaqaloqni parvarish qilish va ovqatlantirish bo'yicha ma'lumotlar
beriladi.
Birinchi tug’ruqqa qadar patronaj ayollar maslaxatxonasidan xomilador
ayol xaqida ma'lumot berilishi bilan tashkil qilinadi, ikkinchi patronaj esa odatda
xomilalikning 31-32 xaftasida olib boriladi.
Xomilalik og’ir kechayotgan ayollar uchun uchastka pediatri tomonidan
tug’ruqdan oldin uchinchi patronaj olib boriladi.
Xomilador ayollar "Sog'lom bola" xonasiga qatnashlari lozim, bu yerda
uchastka vrachi shaxsiy va guruhli suxbatlar o’tkazadi, bo'lajak onalarni yangi
tug'ilgan chaqaloqni parvarish qilish uchun kerakli anjomlar bilan tanishtiradi.
Umumamaliyot vrachi va hamshira yangi tug'ilgan chaqaloqni

Yüklə 21,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə