UCH OG‘AYNI
BOTIRLAR
TOSHKENT
2015
SEVIMLI BOLAJONIM UCHUN
ERTAKLAR
Kitobxon.Com
UO‘K: 373.31-053.5
KBK: 82.3 (2)
S–38
Sevimli bolajonim uchun ertaklar: Uch og‘ayni botirlar
– Toshkent: Yangi asr avlodi, 2015. – 80 b.
ISBN 978-9943-27-479-2
«Sevimli bolajonim uchun ertaklar» ruknidagi seriyali
kitoblarimizga o‘zbek xalq ijodiyotidan saralab olingan er-
taklar kiritilgan. Millatimizning boy madaniy merosi, in-
soniy fazilatlari va kelajakka ishonchi aks ettirilgan ushbu
ertaklar to‘g‘ri likning fazilati, egrilikning oqibati, yaxshi-
likning qudrati-yu yomonlikning kasridan to‘g‘ri xulosa
chiqarishga undaydi.
Ushba to‘plam aziz bolajonlarimizni ertaklarning sehrli
olamiga yetaklab, samimiy tuyg‘ularga oshno qildi, degan
umiddamiz.
UO‘K: 373.31-053.5
KBK: 82.3 (2)
ISBN 978-9943-27-479-2
© Sevimli bolajonim uchun ertaklar: «Uch og‘ayni botirlar»
«Yangi asr avlodi», 2015.
UCH OG‘AYNI BOTIRLAR
ir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamon-
da bir kishi bo‘lgan ekan. U boy ham,
kambag‘al ham emas ekan. Uning uchta o‘g‘li
bor ekan, uchovi ham o‘qigan, oq-u qorani
tani gan, yuzlari oyday, o‘zlari tog‘day, yomon
bilan yurmagan, yomon joyda turmagan ekan-
lar. To‘ng‘ichi yigirma bir yoshda, o‘rtanchasi
o‘n sakkiz yoshda, kenjasi o‘n olti yoshda ekan.
Otasi bir kuni ularni oldiga chaqirib, har
birining peshonasini silab:
– O‘g‘illarim, men boy emasman, mendan
qol gan davlat sizlarning maishatingiz uchun
kifoya qilmaydi, mendan ortiq narsa umid qilib
o‘tirmang
lar, o‘zimdan keyin baxtsiz bo‘lib
qolmanglar, deb sizlarni o‘qitdim. Yaxshi ism
Kitobxon.Com
«Sevimli bolajonim uchun ertaklar»
4
«Uch og‘ayni botirlar»
5
qo‘ydim. To‘y qildim, voyaga yetkazdim. Bu-
ning ustiga sizlarni yana uch narsa bilan tar-
biya qildim: birinchidan, sog‘ lom vujudli qilib
o‘stirdim – quvvatli bo‘ldingiz. Ikkinchidan,
yarog‘ bilan tanishtirdim – yarog‘ ishlatish-
ga usta bo‘ldingiz. Uchinchidan, qo‘rqitmay
o‘stirdim – botir bo‘ldingiz, yana uchta narsani
aytaman, quloqlaringizga olib, eslaringizdan
chiqarmanglar. To‘g‘ri bo‘ling – bexavo tir bo‘la-
siz. Maqtanchoq bo‘lmang – xijolat tort maysiz.
Dangasalik qilmang – baxtsiz bo‘lmaysiz. Bun-
dan boshqasini o‘zin giz o‘rganing. Qora toyni,
saman toyni, ko‘k toyni asbob-anjomlari bilan
tayyorlab qo‘ydim. Xurjunlaringizni bir haftalik
ovqat bilan to‘lg‘izdim. Baxtingiz yo‘lda, topib
olmoq uchun dunyoni ko‘rgani yo‘lga chiqing,
dunyoni tanimay dunyo kishisi bo‘lmaysiz.
Baxt qushini ushlamoq uchun baxt oviga
chiqing. Oq yo‘l sizlarga, o‘g‘illarim, – debdi.
O‘g‘illari suyunib, safar tayyorgarligini ko‘-
rishib, erta saharda otlanib yo‘lga tushibdi-
lar. Uch og‘ayni kun bo‘yi yurib, ancha olisga
ketibdilar.
Namozshom vaqtida bir joyga yetibdilar. Ke-
chasi yo‘l yurmoqni munosib ko‘rmay, shu joy-
da tunamoqni ma’qul topib, otlaridan tushib,
istirohat qilib, ov qat yeb, yotish oldidan o‘zaro
shu maslahatga kelibdilar: «Bu joy to‘qayzor
ekan, biz uzoq yo‘l bosib kelganmiz, char chab
uxlab qolsak yaxshi bo‘lmas, kechani uch
qismga bo‘lib, har bir qismida birimiz nav bat
bilan poyloqchi bo‘lib uyg‘oq turaylik».
To‘ng‘ich akasi birinchi bo‘lib navbatni olibdi.
Ikkala ukasi uyquga ketibdilar. Chiroq li pillab
yonib turardi. Katta aka qo‘lidagi yarog‘ini
o‘ynab, atrofdagi dov-daraxtlarni tomosha qilib
bir qancha vaqt o‘tiribdi. Atrof jimjit. Borliq uy-
quda. Kecha oydin edi. Bir vaqt to‘qay ichidan
bir sharpa eshitilibdi. Yigit qo‘rqmay, yarog‘ini
chiqarib hujumga shay bo‘lib turibdi.
Og‘a-inilar tushgan to‘qayning narigi to-
monida bir sherning makoni bor ekan. Odam-
lar bu joyga kelgani qo‘rqar edilar. Sher
aka-ukalarning hidini bilib, yemoq uchun
asta-sekin uyasidan qo‘zg‘alib chiqib kelibdi.
To‘ng‘ich botir, sherni o‘ldirishga ishonsa ham,
«Ukalarim bezovta bo‘lmasinlar» deb, to‘qay-
ning boshqa tomoniga qarab qochibdi. Sher
quvibdi. To‘ng‘ich botir panaga yashirinib tu-
rib, sherning orqa tomoniga qilich bilan urib,
uni yaralabdi. Yarador sher bo‘sh kelmabdi.
Bor kuchini to‘plab, o‘zini to‘ng‘ich botir to-
monga otibdi. Yigit chap beribdi va sherning
naq boshini mo‘ljalga olib, qilich solibdi. Sher
yiqilibdi. U, sherning ustiga minib terisidan
bir tasma qirqib olibdi. Beliga mahkam bog‘lab
olib, hech narsa ko‘rmaganday, yana ukalari
yoniga qaytibdi.
Poyloqchilik navbati o‘rtancha botirga ke-
libdi. Bu gal hech qanday voqea yuz bermab-
di. Kenja botirning poyloqchilik navbati ham
tinch o‘tibdi. Birinchi kecha shu bilan tugabdi.
Tong otishi bilan nonushta qilib, yana yo‘lga
tushibdilar. Kechgacha yo‘l yuribdilar, yo‘l
Kitobxon.Com
«Sevimli bolajonim uchun ertaklar»
6
«Uch og‘ayni botirlar»
7
yursalar ham mo‘l yuribdilar, bir tog‘ning bag‘ri-
ga tushib kelibdilar. Tog‘ning chap tomoni keng
qo‘riq ekan. O‘rtada bittagina baqaterak bo‘lib,
baqaterakning tagida bir buloq, uning oldida
supa, tog‘ning tagidagi g‘orda esa ilonlar podsho-
si – ajdar sulton yolg‘iz yasharkan.
Bundan bexabar botirlar shu yerga tushibdi-
lar. Otlarini boylab, xashak solib, haligi supa-
ga o‘tirib, hordiq chiqaribdilar. Ovqatlarini yeb
bo‘lgach, uxlash vaqtida yana navbatma-nav-
bat poyloqchilik qilishga kelishishibdi.
Birinchi bo‘lib to‘ng‘ich botir navbatchilik
qilibdi. Uning galida tun sokin o‘tibdi. Un-
dan keyin o‘rtancha botir poyloqchilik qilibdi.
Uning navbatida ham kecha oydin, jimjit ekan.
Bir vaqt haligi g‘ordan vahimali ovoz eshitilib-
di. O‘rtancha botir qo‘rqmabdi, jim kutibdi.
Faqat akasi bilan ukasining bezovta bo‘lishla-
rini xohlamabdi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmasdan
g‘ordan boshi xumday, uzunligi chinorday bir
ilon o‘rmalab kela boshlabdi.
O‘rtancha botir supadan tushib, qo‘riqning
narigi tomoniga qarab qochibdi. Odam bor-
ligini bilib chiqqan ajdar, o‘rtancha botirga
tomon hamla qilibdi. Botir chap berib, ajdar
sultonning dumiga qilich uribdi va uni yara-
labdi. Yarador ajdarning beliga qilich solib,
uni jonidan judo qilish o‘rtancha botirga qiyin
kechmabdi. O‘rtancha botir ham ajdarning
terisidan bir tasma olib, beliga bog‘lab olibdi.
Keyin hech narsa ko‘rmaganday bo‘lib, su-
paga qaytibdi.
Uchinchi navbat kenja botirga kelibdi. Ken ja
botir akasi uy quga ketgach, tonggacha poyloq-
chilik qilibdi. Tong otibdi, uyg‘o nib dilar. No-
nushtadan keyin yana otlanib, yo‘lga tushib-
dilar. Bu kun ham yo‘l yuribdilar. Tog‘larni,
cho‘llarni, dasht-dalalarni o‘tib, kun botganda
bir tepalikka yetibdilar. To‘xtab, bu kechani
shu yerda o‘tkazmoqqa kelishibdilar. Tepalik-
da o‘zlari uchun joy hozirlashibdi. Ovqatlan-
gach, yotarda yana poyloqchilik boshlanibdi.
Birinchi navbatni har doimgidek to‘ng‘ich
botir o‘tkazibdi. Tun sokinligida ukalari maza
qilib uxlashibdi.
Tunning ikkinchi yarmida navbat o‘rtancha
botirga o‘tibdi. Uning poyloqchiligida ham atrof
jimjit, butun borliq uyquda ekan.
Keyin kenja botirga gal kelibdi. Kenja bot-
ir tepalikda akalarini uxlatib, poylab o‘tirgan
ekan, birdan shamol turib, chiroqni o‘chirib
qo‘yibdi. Akalarining qorong‘ida uxlashini
xohlamabdi va chiroq axtarish uchun tepali-
kning eng ba land qismiga chiqibdi. Bu yerdan
atrof kaftdek ko‘rinar ekan. Shunda uzoqdan
bir yorug‘likka ko‘zi tushibdi. Chiroqni yoqib
kelish uchun otini minibdi-yu, o‘sha tomon-
ga qarab ketibdi. Ancha yo‘l yurib, cho‘ln-
ing o‘rtasidagi bir qo‘rg‘onga yetib kelibdi.
Qo‘rg‘on yetti paxsa devor bilan o‘ralgan bo‘lib,
bir tomonida eshik bor ekan. Otini tashqari-
da qoldirib, sekin ichkari kiribdi. Qo‘rg‘on-
ning hovlisida bir chekkada o‘n bir yog‘ochli
qora uy bo‘lib, uning darchalari berk, eshiklari
«Sevimli bolajonim uchun ertaklar»
8
«Uch og‘ayni botirlar»
9
ochiq ekan. Kenja botir sekin borib, darchaning
yorug‘idan mo‘ralabdi. Uy ichida katta o‘choq,
qozonda sho‘rva qaynab turarkan. Devorlar-
da yarog‘-aslahalar terib qo‘yilgan, bir tomonda
yigirma chog‘li odam davra qurib o‘tirar, ularn-
ing peshonalari qaqqaygan, ko‘zlari chaqchay-
gan, ko‘ngillari qora, yuzlari ola, o‘ylaganlari
yomonlik ekan. Xullas, bular talonchilar to‘dasi
ekanligi, bu joy ularning to‘planadigan makoni
ekani ma’lum bo‘libdi. Kenja botir o‘ziga o‘zi: «Bu
yerga chiroqni yoqish uchun keldim, qaytib ket-
sam qo‘rqoqlik bo‘ladi. Lekin bular yaxshilik bi-
lan menga olov berishmaydi. Qan day bo‘lsa ham
bir yo‘l bilan hiyla ishla tib, ularga qo‘shilib olay,
paytini topib, ishimni bajaray», – debdi. Orqasiga
qa rab, bir necha qadam yurib, so‘ngra yugurib
kelibdi. Oyoq tovushini eshitib, o‘g‘rilar yarog‘la-
rini qo‘llariga olib, tayyorlana boshlabdilar. Bu
orada kenja botir ichkariga kirib kelibdi. Salom
berib, hamma bilan so‘rashib, tizza bukib o‘tirib-
di. O‘g‘riboshiga qarab:
– Taqsir men kamina qulingiz, falon sha-
hardan bo‘laman, yoshligimdan beri hech us-
tod ko‘rmay, o‘zimcha mayla o‘g‘rilik qilib yu-
rar edim, ko‘p tajriba ko‘rganman. Yakka o‘zim
durustroq bir ish qilmoqqa kuchim bo‘lmaga-
nidan, bir to‘daga qo‘shilmoqni orzu qilib yu-
rar edim. Janoblaringizni bunda deb eshitdim,
kecha-kunduz yo‘l yurib, huzuringizga yetib
keldim. Umidim shuki, meni yosh deb qaytar-
may, oralaringizga olib, bilmagan narsalarim-
ni o‘rgatib, to‘dalaringizga qo‘shib olsangiz
edi. Ko‘p narsalardan xabarim bor, ayniqsa
lahim kavlamoqqa, oldin tushib, vaziyatni bilib
chiqmoqqa ustaman. Umidim borki, ishlarin-
gizga yarab qolarman, – deb, ikki qo‘lini ko‘ksi-
ga qo‘yib yolvoribdi.
O‘g‘rilarning boshlig‘i:
– Juda yaxshi, bizga ham bir shunday yosh
o‘g‘ri bola zarur edi. Yaxshi kelibsan, bizga qo‘-
shilding. Murodingga yetding, o‘g‘richa, – debdi.
Kenja botir o‘rnidan turib, qulluq qilib:
«Murodimga yetsam baxtliman», – debdi. Ichi-
da esa: «Semiz qo‘ylar, qassobingiz men o‘zim
bo‘laman», deb pichirlab qo‘yibdi.
Sho‘rvani keltiribdilar, maza qilib ovqatla-
nishibdi. O‘g‘rilar podshohning xazinasini o‘mar-
moqchi bo‘lib shu yerga to‘planishgan ekanlar.
Maslahatlashib, otlanibdilar. Kenja botir ham
birga ketibdi. Ko‘p o‘tmay, o‘g‘rilar shaharga kirib
kelibdilar, o‘rdaning orqa tomonidagi bog‘chaga
kiribdilar. Otdan tushib, o‘rdaga qanday qilib
kirish to‘g‘risida maslahat qilib, oldin «o‘g‘richa»ni
devordan oshirib tushirishga, hamma uxlagan
bo‘lsa baravar kirmoq uchun devor dan birin-ke-
tin oshib tushib, ichkarida to‘planishga kelishib-
dilar. Kenja botirga qarab: «Sen kirib, vaziyatni
bilib chiq, so‘ngra devor tepasida xabardor bo‘lib
tur!» debdilar.
O‘g‘rilar kenja botirni ko‘tarishib, devorga chi-
qa ribdilar. U bir iloj qilib, pastga ham tushib
olibdi. Biroz u yoq-bu yoqqa yurib, xabar olgan
bo‘libdi. So‘ng bir aravani sekin devor tagiga
keltirib qo‘yibdi-da, aravaning tepasiga chiqib,
«Sevimli bolajonim uchun ertaklar»
10
«Uch og‘ayni botirlar»
11
boshini devordan chiqarib, o‘g‘rilarga qarab:
«O‘rdada hamma uxlagan ekan, qulay fursat»,
– debdi. O‘g‘riboshi o‘g‘rilarga: «Birin-ketin
devordan oshilsin, ovoz chiqarilmasin!» – deb
buyuribdi. Birinchi o‘g‘ri devordan aravaga qa-
rab tushmoq uchun qornini paxsaga qo‘yib,
boshini eggan ekan, kenja botir qilich bilan uni
boshini tanasidan judo qilibdi. Undan keyin
navbatdagi o‘g‘ri tushibdi, u ham oldingi o‘g‘ri
holiga tushibdi. Xullas, barcha o‘g‘rilar bi-
rin-ketin devordan oshib tushishibdi va tush-
ganining bari boshidan ayrilaveribdi. Shunday
qilib kenja botir hamma o‘g‘rining kallasini uzib
bitiribdi. Qilichini artib, qiniga solib, arkning
darvozasiga kelibdi, qarasa, darvozabon uxlab
yotgan ekan. Sekingina oldidan o‘tib darvozani
ochib, ichkari kiribdi. Bir katta saroy, uning
uch tomonida uchta eshik, to‘g‘ridagi eshik ol-
dida pos bon uxlagan, u sekingina – juda eh-
tiyotkorlik bilan posbonning qo‘lidagi kalitni
olibdi. Qulfga solib, ovoz chiqarmay ochibdi.
Undan o‘rta saroyga kiribdi. Unda yana uch-
ta eshik bo‘lib, bu bo‘lmada o‘nta chiroyli qiz
poyloqchi ekan-u, hammasi ham uxlab qol-
gan ekan. Kenja botir ustalik bilan oldilaridan
o‘tibdiki, hech biri aqalli sezmadi ham. Birin-
chi eshikdan bir bo‘lmaga kiribdi, uning devor-
lari bezalgan, qip-qizil gullar qo‘yilgan, ipakdan
tikilgan turli uy jihozlariga to‘la ekan. Gul yuzli
cho‘ri qizlarning o‘rtasida, kumush so‘rida bir
qiz oyday yuzini pirpirab yonib turgan shamga
qaratib uxlab yotgan ekan.
Sekin kelib tomosha qilib: «Sen to‘ng‘ich
akam
ning baxt qushi», – deb o‘ng qo‘lidagi
uzugini chiqarib olib cho‘ntagiga solibdi. Orqa-
siga qaytib, yana o‘sha o‘rta saroyga chiqibdi.
«Endi ikkinchi uyni ko‘raylik-chi, nima sir-
lar bor ekan?» deb, ikkinchi bo‘lmaga kiribdi.
Bunda ham xonalar o‘ziga munosib ipaklar bi-
lan yasatilgan, turli qushlarning surati bilan
bezatilgan ekan. O‘n nafar cho‘ri qizning o‘rta-
sida kumush so‘rida o‘n sakkiz yoshlardagi
bir qiz bo‘lib, oy «mendan» deb talashsa, kun
«mendan» deb talashadigan oq harirga o‘ralgan
holda pirpirab yonib turgan shamni tomosha
qilgan kabi uxlab yotgan ekan. Kenja botir o‘zi-
cha: «Sen o‘rtancha akamning baxt qushisan,
oyog‘ingdan bog‘lab ketayin», – deb qo‘lidan
bilaguzugini sekingina olib cho‘ntagiga solib-
di. Orqasiga qaytib yana oldingi o‘rta saroyga
kelib chiqibdi. «Endi uchinchi bo‘lmaga kirmoq
lozim» deb so‘l tomondagi bo‘lmaning eshigini
ochib ichkariga kirgan ekan, bunisida ham-
masidan ham ziyoda chiroyli narsalar ko‘ribdi.
Devor qip-qizil ipaklar bilan yasatilgan, ipak
gilamlar ustiga shoyi ko‘rpachalar solingan,
o‘n olti yoshli chiroyli cho‘ri qizlardan oltitasi
atrofini o‘ragan holda kumush so‘rida bir qiz
tilla shamdonda yonib turgan shamga qarab
uxlayotgan ekan. O‘n olti yashar qizga cho‘lpon
yulduzi cho‘rilikka tayyor, buning uchun kun
gul teradi, oy olma tashlaydi. Odam bolasi
ekanligiga hech kim ishonmaydi. Kenja botir
ichida: «Mening baxt qushim sensan», – deb
«Sevimli bolajonim uchun ertaklar»
12
«Uch og‘ayni botirlar»
13
uning o‘ng qulog‘idan sekingina tilla sirg‘asi-
ni chiqarib olib, cho‘ntagiga solibdi. Orqasiga
qaytib, yana o‘sha o‘rta saroyga kelib chiqibdi.
Bular podshohning qizlari edi. Kenja botir il-
gari qaysi yo‘l bilan kelgan bo‘lsa, yana o‘sha
yo‘l bilan darvozaning oldiga chiqibdi. Darvoza-
bon hali ham uyqusidan uyg‘onmagan ekan.
Darvozani qulflab, kalitini yana darvozabon
-
ning qo‘liga tutqazib, o‘tib ketibdi. Haligi paxsa
devordan oshib, bog‘chaga tushib, chirog‘ini
yondirib, otiga minib akalarining yoniga qay-
tibdi. Akalari uyqudan uyg‘onmagan ekanlar.
Chiroqni o‘z joyiga qo‘yib, qamchisini o‘ynab
o‘tiraveribdi. Tong otibdi. Hammalari uyqu-
dan turib, bir-birlaridan hol-ahvol so‘rashib-
di. Kenja botir: «Tinchlik, hech narsa bo‘lgani
yo‘q», – deb javob beribdi. Ov
qatlarini yeb,
otlarni tayyorlab, yo‘lga tushibdilar. Bir ozdan
keyin shaharga kirib kelibdilar. Bir mehmon-
xonaga tushib, otlarini bog‘lab, o‘zlari atrofni
tomosha qilib yurgan ekanlar, bir jarchi tunda
sodir bo‘lgan o‘rda voqeasini aytib, atrofga jar
sola boshlabdi:
– Bugun kechasi noma’lum odam tarafi
-
dan o‘rdaning bog‘chasida yigirma kishining
boshi kesilgan, ma’lum bo‘lishicha, o‘ldirilgan-
lar shaharga xavf soluvchi o‘g‘rilar ekan. Ichki
haramning eng nozik xonalaridan bir donadan
tilla buyumlar yo‘qolgan. Bu sirli ishlarni ba-
jargan botir kim ekanligini bilish uchun pod-
shohimiz elning hamma katta-kichigidan yor-
dam istaydi. Shahar xalqi orasida bunday ish
bajaruvchi botirlar bo‘lmasligini bilib, kimning
hovlisida yoki mehmonxonasida chetdan kel-
gan musofirlar bo‘lsa, darhol o‘rdaga olib bori
lishini buyuradi!
Bu xabardan keyin mehmonxona egasi uch
og‘ayni botirlarni o‘rdaga borishga taklif qilibdi.
Botirlar asta-sekin o‘rdaga borishibdi. Pod-
shoh bularning musofir ekanligini bilib, alohi
-
da bir ziynatlangan uyga taklif qilibdi. Bosh qa
musofir bo‘lmaganidan, ularga e’tibor bilan qa
-
rab, sir olmoqni bir vazirga topshiribdi.
Vazir: «Bulardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘rasak,
ehtimol aytmaslar, o‘z ahvollariga qo‘yib, tash-
qaridan quloq solib turamiz, nima desa
lar
so‘zlaridan sirini topamiz», – deb maslahat qili-
shibdi. Bu xonada bulardan boshqa hech kim
yo‘q ekan. Bir vaqt dasturxon yozilib, xilma-xil
noz-ne’matlar keltirib qo‘yilibdi. Ikkinchi bir
xonaning teshigidan podshoh bilan vazir quloq
solib jim o‘tiribdilar. Bir ozdan keyin uch og‘ayni
botirlar o‘zaro suhbat qura boshlashib di.
To‘ng‘ich botir dasturxondagi ovqatni ko‘r-
satib:
– Shu go‘sht qo‘zi go‘shti ekan, biroq shu
qo‘zi it emib katta bo‘lgan ekan, – debdi.
O‘rtancha botir:
– To‘g‘ri aytasiz, podshoh degani it go‘shtidan
ham qaytmaydi. Saralab yemoq faqirning ishi,
qo‘yni boqib qo‘yibdimi? Men ham bir narsaga
hayron bo‘lib turibman, mana shu shinnidan
odam isi keladi.
«Sevimli bolajonim uchun ertaklar»
14
«Uch og‘ayni botirlar»
15
Kenja botir esa:
– To‘g‘ri podshohlik – qonxo‘rlik demakdir.
Qon qo‘shilgan bo‘lsa ehtimoldan uzoqmas-
dir. Lekin yomonning qoni bo‘lsa-ku, mayli,
begunohning qoni qo‘shilgan bo‘lmasin. Men
ham bir narsaga hayron bo‘ldim, shu nonni
taxlagan kishining otasi nov voy ekan, taxlov-
chi novvoyning o‘g‘li ekan, – debdi.
– To‘g‘ri bo‘lsa kerak, – debdi to‘ng‘ich botir.
– Pod shoh bizni bu yerga o‘rda voqeasi bilan
chaqirgan. Bizdan so‘rasa nima deymiz?
– Albatta yolg‘on so‘zlamaymiz, – deb-
di o‘rtancha botir, – bu voqeaga aralashgan
bo‘lsak, aytmoq lozim dur.
Shunda kenja botir:
– Uch kunlik yo‘lda qanday voqealarni
ko‘rgan bo‘lsak, o‘rtaga tashlaydigan vaqt kel-
di, – debdi.
To‘ng‘ich botir birinchi kechada sher bilan
olishganini aytib, belidan tasmasini o‘rtaga
olib qo‘yibdi. O‘rtancha botir ikkinchi kecha-
dagi voqeani aytib, isbot uchun tasmani o‘rta-
ga tashlabdi. Kenja botir esa uchinchi kecha-
dagi voqeani aytib, olgan narsalarini o‘rtaga
tashlabdi.
Podshoh bilan vazir sirdan xabardor bo‘lib-
dilar. Faqat go‘sht, shinni, non to‘g‘risidagi
gaplarni tek shirib ko‘rmoqchi bo‘libdilar. Avval
qo‘ychivonni chaqirtirishibdi. Podshoh qo‘ychi-
vondan so‘rabdi:
– To‘g‘risini ayt, kecha so‘yilgan qo‘zining
onasi itmidi?
– Podshohim, bir qoshiq qonimdan kechsan-
giz aytaman.
– O‘tdim, to‘g‘risini ayt!
– Qishning o‘rtasida bir qo‘y tug‘ib, o‘zi o‘lib
qoldi, o‘sha vaqtda bir katta itim ham tuqqan
edi. Qo‘zichoqqa rahmim keldi. Yetim qo‘zini
och qoldirgim kelmadi. Nochor o‘sha itga emiz-
dirib, katta qilgan edim. Boshqa qo‘zi qolma-
gani uchun o‘shani yuborgandim, – debdi.
Podshoh to‘ng‘ich botirning gapi rostligidan
hayratlanibdi va bog‘bonni chaqirib, o‘rtancha
botirning gapini tekshirmoqchi bo‘libdi:
– To‘g‘risini ayt, shinniga odam qoni qo‘shil-
ganmi? – deb so‘rabdi.
– Podshohim, bir qoshiq qonimdan o‘tsan-
giz, bir voqea bo‘lgan edi, aytardim, – debdi
bog‘bon.
– Ayt, o‘tdim, – debdi podshoh.
– O‘tgan yozda, bog‘dagi uzumzorga bir
odam har kecha o‘g‘rilikka tushib, sizga olib
qo‘yilgan eng yaxshi uzumdan o‘g‘irlab keta
boshladi. Agar qo‘limga tushsa, o‘ldirib, shu
tokning tagiga ko‘maman, deb qasd qildim.
Bir kecha poylab yotdim. Yana keldi. Shash-
vor to‘qmoq bilan boshiga urdim. Boshi
pachoq-pachoq bo‘lib ketdi. Hech kim bilgani
yo‘q. Shu tok tagiga chuqur kavlab ko‘mib
qo‘ydim, kelasi yili tok kuchlanib, chunon
hosil qildiki, bargidan ham uzumi ko‘p edi.
Lekin mazasida ozgina o‘zgarish paydo bo‘ldi.
Men uzumdan sizga yubormay, butunicha
shinni qilgan edim, – debdi.
«Sevimli bolajonim uchun ertaklar»
16
«Uch og‘ayni botirlar»
17
Shoh o‘rtancha botirning so‘zlari ham rostli-
giga amin bo‘libdi. Kenja botirning gapi borasi-
da shohning shubhasi yo‘q edi. Chunki non-
ni podshohning o‘zi taxlagan bo‘lib, shohning
otasi haqiqatda nov voy o‘tgan edi.
Podshoh haqiqatlar ayon bo‘lgach, ular ning
zakovatiga «ofarin» deb, botirlarning oldiga
kiribdi. Hech bir narsa so‘ramay, ularga qarata
shunday debdi:
– Sizlarning hamma aytganlaringiz to‘g‘ri
bo‘lib chiqdi, mening sizlarga muhabbatim ort-
di. Botir mehmonlar, ijozat bersangiz, bir tak-
lifim bor edi, agar qabul qilsangiz aytar edim,
– debdi.
To‘ng‘ich botir:
– Aytganlaringiz to‘g‘ri kelsa qabul qilamiz,
aytingiz! – dedi.
Podshoh:
– Mening uchta qizim bor, o‘g‘lim yo‘q. Men
ertaga butun shaharni to‘yga chaqirib, qirq
kun osh berib, qizlarimni sizlarga nikoh qil-
sam, mening o‘g‘illarim bo‘lib, bunda qolsan-
giz, – debdi.
To‘ng‘ich botir:
– Xo‘p, yaxshi aytasiz, lekin bizning ham bir
shartimiz bor. Bizlar podshoh bolasi emasmiz.
Otamiz boy ham emas. Sizning davlatingiz
podshohlik bilan topilgan, biz qo‘l kuchi bilan
tarbiya topganmiz. Elimiz bir bo‘lsa ham, tar-
biyamiz boshqa. Qanday bo‘lar ekan? – debdi.
Podshoh:
– Men bir iqlimning podshohiman, sizni
otangiz qo‘l kuchi bilan tarbiya qilib, sizday
botirlarning otasi bo‘lgan ekan, mendan nima
kamligi bor? Haqiqatda, mendan ortiqdir. Tar-
biyangiz orqasida jahon podshohlari oshiq
bo‘lib yig‘lab yurgan qizlarning otasi sizga o‘z
qizlarini yig‘lab tutadi, – dedi.
Botirlar shohning taklifini qabul qilibdilar.
Shaharda qirq kun to‘y-tomosha bo‘lib, botir-
lar podshoh qizlariga uylanibdilar. Yaxshi tar-
biya orqasidan yigitlar baxt qushini qo‘lga kir-
gizibdilar.
Podshoh hamma kuyovlaridan kenja botir-
ni yaxshi ko‘rardi. Kunlardan bir kun pod-
shoh bir salqin joyda uxlab yotgan ekan,
yonidagi ariqdan bir ilon chiqib, podshohga
zahar sochmoqchi bo‘lib turganida, to‘sat-
dan kelib qolgan kenja botir uni ko‘rib, be-
lidan qilichini sug‘urib, chopib, ikkiga bo‘lib
tashlabdi. Yana qilichini qiniga solib turgan-
da podshoh uyg‘onib qolibdi. Dilida: «Qizim-
ni berganimga qanoat qilmay, meni o‘ldirib,
podshoh bo‘lmoq xayoli bor ekan», deb shub-
ha qilibdi. Vazirini chaqirib voqeani aytibdi.
Vazirning botirlarga hasad-adovati bo‘lib,
qulay payt poylab yurgan ekan, bu voqea
yaxshi bahona bo‘libdi.
Vazir podshohga:
– Shunday bebaho qizlaringizni mendan
bir maslahat so‘ramay, yaxshi tarbiya ko‘rgan
deb, musofirlarga berib qo‘ydingiz, mana endi
uchini sizga ko‘rsatishdi. Yaxshi deb sevgan
kuyovingiz sizni o‘ldirmoqchi bo‘lgan ekan,
boshqa kuni albatta maqsadiga yetadi, – debdi.
Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi
https://kitobxon.com/oz/asar/1463
saytida.
Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси
https://kitobxon.com/uz/asar/1463
сайтида.
Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можно найти на сайте
https://kitobxon.com/ru/asar/1463
Dostları ilə paylaş: |