|
Pedagogik mahorat faniga glossariy
|
səhifə | 2/16 | tarix | 28.03.2023 | ölçüsü | 211,5 Kb. | | #103447 |
| glossariyBilish qobiliyati –
|
Fanning tegishli sohalariga oid qobiliyatdir.
|
Vatanparvarlik –
|
Kishining o‘zi tug‘ilib o‘sgan, kamol topgan joy, zamin, o‘lkaga bo‘lgan mehr muhabbati, munosabatlarini ifoda etadigan ijtimoiy va ma’naviy – axloqiy xislatlari, fazilatlaridir.
|
Vosita –
|
Ma’lum o‘qitish usulini muvaffaqiyatli amalga oshirmoq uchun zarur bo‘lgan yordamchi o‘quv materiallari – asbob, qurol va boshqa shu kabilardan foydalanishdir.
|
Global -
|
To‘liq, umumiy, universal.
|
Gnostik faoliyat –
|
Pedagogik faoliyatning natijalarini tekshirish va baholash, uning kechishi va samaradorligini tahlil qilish.
|
Diskussiya –
|
O‘quv jarayonining tarkibiy qismlaridan biri; muhokama, bahs yuritish.
|
Doston –
|
Qissa, hikoya, sarguzasht, ta’rif va maqtov ma’nolarida ishlatiladigan xalq orasidagi yirik hajmli etnik asar.
|
Jazolash –
|
Bu tarbiyalanuvchining hatti – harakati va faoliyatiga salbiy baho berishdir.
|
Jamoa –
|
Insonparvarlik va javobgarlik ma’suliyatlariga bog‘liqligi bilan xarakterlanadigan munosabatlar hamda hamkorlikdagi ijtimoiy, ijobiy faoliyatga asoslangan kishilarning umumiyligidir.
|
Jismoniy tarbiya –
|
Bolaning jismoniy xususiyatlarini anatomik, fiziologik, asab va boshqa tizimlarini har tomonlama rivojlantirish, sog‘lom hayot kechirishning afzalliklari, shart-sharoitlari asoslari hamda jismoniy madaniyatining odatdagi zarur elementlarini mustahkam tarzda shakllantirish.
|
|
Dostları ilə paylaş: |
|
|