Абу Наср Фаробий комил инсон ва фозил жамоа тўғрисида



Yüklə 32,92 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix19.12.2023
ölçüsü32,92 Kb.
#152166
abu-nasr-farobiy-komil-inson-va-fozil-jamoa-togrisida



Toshkent Irrigatsiya va Mellioratsiya
instituti 
Buxoro filiali 
 
“Gidromelioratsiya” fakulteti 
 
 
MUSTAQIL 
ISH
 
Guruhi: GTI va NSF 2/2 
 
Bajardi: Qurbonov Shaydobek 
 
Tekshirdi: dots. A.Hasanov
 
 
 
 

Buxoro-2016
 


Abu Nasr Farobiy komil inson va fozil jamoa 
to’g’risida. 
Abu Nasr Forobiyning komil inson konstepstiyasi va uning 
bugungi kundagi ahamiyat haqida fikr yuritmoqchimiz. Zaminimizda 
kamol topgan, el-yurtga tanilgan buyuk zotlar, komil insonlar o’zlarida 
ma’naviyat va ma’rifatni yuksak darajada mujassam etgan allomalarni 
ko’plab keltirish mumkin. Shunday insonlardan biri Abu Nasr 
Forobiydir. Komillikning belgisi haq yo’lidan borib, xalqqa foyda 
keltirishdir. Kishi o’z so’zi, amaliy ishlari, niyati bilan qanchalik 
odamlarga foyda keltirsa, yomonlarni to’g’ri yo’lga solsa, haq yo’lida 
fido bo’lsa, u shuncha komil bo’ladi. Komil inson iymon va e’tiqodlilik, 
halollik va poklikning oliy timsoli. Respublikamizning har bir fuqarosi 
shunga intilib yashamog’i lozim. Mustaqil O’zbekistonning bozor 
munosabatlariga o’tish sharoitida iymonli bo’lish, halollik va poklik, 
vijdonli va diyonatli bo’lish nechog’lik zarur ekanligi hammamizga 
ayon. Mana shuning uchun ham Prezidentimiz ma’naviy barkamol inson 
tarbiyasida yoshlarimizni elini, vatanini sevuvchi komil inson qilib 
tarbiyalash ishiga alohida ahamiyat berib kelayotir. Prezidentimizning 
quyidagi ta’rifida komil insonning asosiy xususiyatlari har taraflama 
chuqur va teranlik bilan bayon qilib berilganligi diqqatga sazovordir: 
«Komil inson deganda, — deb yozadi Islom Karimov, — biz avvalo, 
ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq atvori bilan o’zgalarga ibrat 
bo’ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz»1. Uning 
shakllanganligi darajasini xarakterlovchi eng muhim fazilatlar esa 
quyidagilardir: aqliy zukkolik, huquqiy komillik, axloqiy etuklik, siyosiy 


teranlik, mehnatga halol munosabat, yuksak madaniy, ma’naviy saviya, 
professional iftixor, milliy va umuminsoniy g’urur va boshqalar. Abu 
Nasr Forobiy yirik faylasuf, tilshunos, mantiqchi, riyoziyotchi, psixolog, 
musiqa san’atining nazariyotchisi edi. U yunon madaniyati, fani, 
falsafasini yaxshi egallagan. Abu Nasr Forobiy hayotligida «Muallim as- 
soniy» («Ikkinchi ustoz»), ya’ni «ikkinchi Arastu» faxriy nomga ega 
bo’lgan. Abu Nasr Forobiy nodir asarlar yaratgan. Uning «Fozil odamlar 
shahri», «Exsonul ulum» kabilardir.1 Xayrullaev M.M. O’rta Osiyoda 
ilm uyg’onish madaniyati. — T., Fan, 1994; Xayrullaev M.M. Materialы 
po istorii progressivnoy obщestvenno-filosofskoy mыsli v Uzbekistane. 
2-e izd. Pod red. I.M.Muminova i M.M. Xayrullaeva — Tashkent, 1976; 
Xayrullaev M.M. Mirovozzrenie Farabi i ego znachenie v istorii 
filosofii. — T., Fan, 1967; Xayrullaev M.M. Farabi i uchenie. — T.,
Uzbekiston, 1967; Xayrullaev M.M. Uyg’onish davri va Sharq 
mutafakkirlari. — Toshkent, «O’zbekiston», 1991 va boshqalar 1 
Karimov I. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. – T., Sharq, 1998, 6-bet. 2 
Abu Nasr Forobiy ta’limotida ahloqiy tarbiya ham aqlli, ham fazilatli 
insonni tarbiyalashning muhim shartlaridan bo’lib, aqliy tarbiya 
xususan, «Fozil odamlar shahri» asarida o’z ifodasini topadi. U qaysi 
tartibda ahloqli qilib tarbiyalash, xususan bolaning qaysi xislatlariga 
e’tibor berish kabi masalalariga to’xtalib o’tirmaydi, balki komil, axloqli 
insonning qiyofasini yaratish bilan, tarbiya sohasida shu insonni namuna 
qilib olish zarur, — degan g’oyani olg’a suradi. Abu Nasr Forobiy bu 
fazilatlar ichida ayniqsa donolikka, aqllilikka juda katta e’tibor bergan. 
Abu Nasr Forobiy ta’lim-tarbiya masalasida xususan aqliy tarbiyaga, 
ma’rifatli bo’lishga, aqlni mavjud bilimlar bilan boyitish, to’ldirishga 


katta e’tibor beradi. Har qanday tarbiyani, xususan aqliy tarbiyani, ya’ni 
bilimlarni 
o’rganishni inson yoshlikdan boshlashligi zarurligi 
to’g’risidagi fikrni Abu Nasr Forobiy alohida qayd qiladi. Lekin, Abu 
Nasr Forobiy «aqlli» bo’lishni faqat aqliy tarbiya, bilimdonlik bilangina 
chegaralab qo’ymaydi. Abu Nasr Forobiy talqinida «aqllilik» insonning 
butun faoliyati – uning bilimi, ahloqi, odobi, harakatlari, qiladigan 
ishlari majmuasi bilan o’lchanadi, ya’ni aqllilik barcha fazilatlarning bir 
butun, yaxlit xolda muvofiqligidir. Komil inson tarbiyasida jismoniy va 
aqliy xislatlar muhim o’rin tutadi. U razil, iflos xislatlarni qoralash
axloqsiz shaxslarni fosh qilish va ularga olijanob axloqiy xislatlarni 
qarama-qarshi qo’yish bilan ham jismoniy, ham axloqiy, har jixatdan 
etuk va mukammal bo’lgan inson komilini yaratadi va uni har qanday 
ta’lim-tarbiyaning maqsadi sifatida namuna qilib qo’yadi. Abu Nasr 
Forobiy e’tiqodicha, «O’zida o’n ikki tug’ma xislatlarni birlashtirgan 
inson ahloqli bo’la oladi». Bu xislatlar majmuasi fozil inson 
konstepstiyasiga asos bo’ladi. 
* Birinchidan, bunday odamning barcha organlari shu darajada taraqqiy 
etgan bo’lishi kerakki, u bu organlari bilan bajarmoqchi bo’lgan ishlarini 
osonlik bilan bajarsin;
* Ikkinchidan, barcha masalani tezda anglaydigan, so’zlovchining 
maqsadi va aytilgan fikrining chinligini tezda payqay oladigan bo’lsin;
* Uchinchidan, xotirasi juda baquvvat bo’lsin;
* To’rtinchidan, zehni o’tkir bo’lsin; 
* Beshinchidan, so’zlari aniq bo’lsin, fikrini ravon va ravshan bayon eta 
olsin;
* Oltinchilan, bilish va o’qishga muxabbati bo’lsin;


* Ettinchidan, ovqatlanishida, ichimlik iste’mol qilishda ochko’z 
bo’lmasin, qimor o’ynashdan yiroq bo’lsin;
* Sakkizinchidan, haqiqatni haqiqat tarfdorlarini sevadigan bo’lsin;
* To’qqizinchidan, ruhi g’ururli va o’z vijdonini qadrlaydigan bo’lsin;
* O’ninchidan, dirham dinar va shu kabi turmush bid’atlariga jirkanish 
bilan qarasin;3 
* O’n birinchidan, o’z tabiati bilan adolatli va adolat uchun 
kurashuvchilarni 
sevadigan, 
adolatsizlik 
va 
jabr 
zulmga 
kurashuvchilarni sevadigan bo’lsin;
* O’n ikkinchidan, adolatli bo’lsin, lekin qaysar bo’lmasin, adolat oldida 
qaysarlik qilib, o’zbilarmonlikka berilmasin.
Farobiy ana shu fazilatlarning hammasi bir kishida bo’lmasligini 
hisobga olib, davlatni bir kishi emas, balki bir necha kishi boshqarishi 
kerak, degan fikrni olg’a surgan. Shuningdek, Farobiy adolat 
tamoyillari, fuqarolarning o’zaro tenglik va umumiy baxtiyorlikni 
amalga oshirish zaruratini hukmdorning quyidagi 6 ta xislat va sifat 
ko’rsatkichlariga bog’liqligini alohida ta’kidlaydi: — birinchisi, 
donishmandlik; — ikkinchisi, avvalgi imomlar o’rnatgan qonunlar va 
tartiblarni xotirada yaxshi saqlab qolish va ularga amal qilish uchun 
quvvati hofizga ega bo’lish; — uchinchisi, agar avvalgi imomlar 
davridan biror (yoki bir qancha) sohaga taalluqli qonun qolmagan 
bo’lsa, bunday qonunni o’ylab topish uchun ijod, ixtiro qilish quvvatiga 
ega bo’lish; — to’rtinchisi, hozirgi xaqiqiy ahvolni tez payqab olish va 
kelgusida yuz beradigan avvalgi imomlar ko’zda tutmagan voqealarni 
oldindan ko’ra bilish uchun bashoratgo’ylik xislatiga ega bo’lish. Bu 
xislat unga xalh farovonligini yaxshilash yo’lida kerak bo’ladi; — 


beshinchisi, avvalgi imomlar o’rnatgan qonunlarga, shuningdek, 
avvalgilaridan ibrat olib, o’zi to’qib chiqargan qonunlarga xalq amal 
qilishi uchun so’zlash — notiqlikka ega bo’lishi; — oltinchisi, zarur 
hollarda harbiy ishlariga mohirona rahbarlik qilishi uchun etarli jismoniy 
quvvatga ega bo’lish, ham jang qilishni, ham sarkarda sifatida janggu-
jadalga rahbarlik qilish uchun harbiy san’atni yaxshi bilish. Ko’rinadiki, 
fozillar shahri hokimi ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan mukammal, 
qobiliyatli, har tomonlama etuk bo’lishi bilan bir qatorda dono ham 
bo’lishi zarur. «Dono bo’lmasa, fozillar shahri yaxshi hokimsiz qoladi, 
bunday shahar halokatga yuz tutadi, fuqarolari esa jabr-zulmga mubtalo 
bo’ladi», deydi Forobiy. Abu Nasr Forobiy dunyoqarashida ijtimoiy–
siyosiy masalalar, xususan davlat tuzilishi, uni idora etish, etuk jamoaga 
erishish, baxt-saodatli bo’lish masalasi alohida o’rin egallaydi. Abu Nasr 
Forobiy fikricha ko’p fazilatlarni o’zida mujassam etuvchi shaxs juda 
kam bo’ladi. Abu Nasr Forobiyning komil inson xususidagi fikrlari 
hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. 

Yüklə 32,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə