O’ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING RIVOJLANISHI VA
UNING ASOSIY YO’NALISHLARI
Baltaboeva Go’zal Ravhanovna
– «Elektron tijorat va raqamli
iqtisodiyot» kafedrasi tayanch doktoranti, tel: 94.604 05 09
Hozirgi zamonda mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo’yicha
katta ishlar amalga oshirimoqda [1,2]. Shuning uchun ham uni qanday
rivojlantirish masalalari jamiyat va halq oldida ko’ndalang bo’lib turibdi. Ushbu
maqolada O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish
strategiyasining ba’zi bir yo’nalishlari mualliflar nuqtai-nazaridan muhokama
qilinadi. Avvalo shuni aytish kerakki, raqamli iqtisodiyot o’zaro bog’liq bo’lgan
ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarining zanjiridan iborat bo’lib, uning
ajralmas elementi zanjirlararo (
insonlararo, mashinalararo, bulutlar orqali, data
markazlararo
) raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshiriladigan ma’lumot
almashinishdir. Raqamli iqtisodiyotda raqamli ko’rinishdagi ma’lumotlar barcha
ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi ishlab chiqarishning asosiy elementi hisoblanadi va
bunday iqtisodiyot tizimiga bosqichma-bosqich o’tish mamlakatimizning global
miqyosdagi raqobatbardoshliligi oshirib, fuqarolarning hayot sifatini yanada
oshiradi, yangi ish joylarini yaratadi, jadal iqtisodiy o’sishga imkon yaratadi va
milliy mustaqillikni ham ta’minlab beradi. O’zbekiston Respublikasida raqamli
iqtisodiyot dasturini hayotga tadbiq qilish eng kami bilan quyidagilarga erishishga
imkon beradi [3]:
Yangi texnologiyalar yaratishga halaqit berayotgan huquqiy to’siqlarni
yangi normativ-huquqiy baza yaratish yordamida to’liq bartaraf qiladi;
Raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini yaratish va rivojlantirish, shu jumladan,
tarmoqlar, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari, texnik va dasturiy
ta’minotning zamona talablariga mos ravishda rivojlanishiga imkon beradi;
Ta’lim tizimining har tomonlama rivojlanishini va yangilanishini
ta’minlaydi;
2
Mamlakatdagi
turli-tuman
kompaniyalarning,
firmalarning,
davlat
korxonalarining hamda biznesning rivojlanishiga puxta asos yaratadi;
Raqamli iqtisodiyot sohasida faoliyat ko’rsatadigan ko’plab tashkilotlar
hosil bo’lishiga olib keladi.
Ushbu raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish dasturi quyidagi maqsadlarini
amalga oshirish uchun hizmat qilishi kerak [4]:
O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotning ekotizimini yaratish;
Mamlakat raqamli iqtisodiyot tizimining institutlari va infratuzilmasini
yaratish;
Respublikaning barcha tarmoqlarini qamrab oluvchi information jamiyat
tashkil qilish uchun kerakli bo’lgan barcha chora-tadbirlarni amalga
oshirish;
Global
miqyosda
va
global
bozorlarga
respublikamizning
raqobatbardoshliligini oshirish.
Endi global information tizimda mavjud bo’lgan ochiq ma’lumotlar va
adabiyotlardan foydalangan xolda bir qancha rivojlangan mamlakatlar misolida
raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini shakllantirishning asosiy ko’rsatgichlari va
uning o’ziga hos hususiyatlari bilan tanishib chiqamiz [5]:
Internet paydo bo’lmasdan avval mumkin bo’lmagan yangi turdagi
hizmatlarning yuzaga kelishi.
1990 yildan hozirgi davrgacha qadar internet
tarmog’i va information texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanishga
asoslangan bir qancha yangi mahsulotlar va hizmatlar bozorlari paydo bo’ldi.
Masalan, messenjerlar, agregatorlar, internet qidiruv tizimlari, internet reklama,
elektron couching, elektron ta’lim va boshqalar. Yangi turdagi hizmatlarning
paydo bo’lishiga yaqqol misol bo’lib, elektron savdoni keltirishimiz mumkin.
2017 yil ma’lumotlariga ko’ra, elektron savdo Angliyada 13.6% ini,
Germaniyada 13,1% ni, Rossiyada chakana savdonng 4,2% ni va Xitoyda 9.6%
ni tashkil qilgan. Xitoydagi internet savdosining 2016 yildagi aylanmasi esa
400 millard dollar atrofida bo’lganligi qayd etilgan. Hozirgi davrda ijtimoiy
tarmoqlarning ham ommaviyligi borgan sari ortib bormoqda. Jamiyatning
3
rivojlanishi elektron biznesning rivojlanishi va boshqarilishi uchun yangidan-
yangi imkoniyatlar yaratib bermoqda. Masalan, ma’lumotlarni bulutli usulda
saqlash va ularni boshqarish hizmatlari biznes uchun misli ko’rilmagan
imkoniyatalar yaratib bermoqda. Endi firma va tashkilotlar ish yuritish uchun
ofis maydonlari, data-markazlar talab qilmaydilar, information tizimlar
yaratishga esa katta miqdordagi investitsiyalar jalb qilishning hojati qolmaydi.
Elektron
biznes
sohasidagi
kompaniyalarning
kapitalizatsiyasi
foydalanuvchilar soniga va ular sonining ko’payishiga bog’liq bo’lib qoladi
[6]
. Bu esa kompaniyalarga sotuvdan katta miqdordagi daromad olinishiga
sabab bo’ladi. Masalan,
Dostları ilə paylaş: |