O’zbekistonda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi va uning asosiy yo’nalishlari



Yüklə 400,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix08.04.2022
ölçüsü400,24 Kb.
#85187
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Raqamli iqtisod rivojlanishi-15.01.2020

O’ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING RIVOJLANISHI VA 

UNING ASOSIY YO’NALISHLARI 

 

Baltaboeva Go’zal Ravhanovna

 – «Elektron tijorat va raqamli  

iqtisodiyot» kafedrasi tayanch doktoranti, tel: 94.604 05 09 

 

Hozirgi zamonda mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo’yicha 

katta  ishlar  amalga  oshirimoqda  [1,2].  Shuning  uchun  ham  uni  qanday 

rivojlantirish  masalalari  jamiyat  va  halq  oldida  ko’ndalang  bo’lib  turibdi.  Ushbu 

maqolada  O’zbekiston  Respublikasida  raqamli  iqtisodiyotni  rivojlantirish 

strategiyasining  ba’zi  bir  yo’nalishlari  mualliflar  nuqtai-nazaridan  muhokama 

qilinadi.  Avvalo  shuni  aytish  kerakki,  raqamli  iqtisodiyot  o’zaro  bog’liq  bo’lgan 

ishlab  chiqarish  va  boshqaruv  jarayonlarining  zanjiridan  iborat  bo’lib,  uning 

ajralmas  elementi  zanjirlararo  (

insonlararo,  mashinalararo,  bulutlar  orqali,  data 

markazlararo

)  raqamli  texnologiyalar  yordamida  amalga  oshiriladigan  ma’lumot 

almashinishdir.  Raqamli  iqtisodiyotda  raqamli  ko’rinishdagi  ma’lumotlar  barcha 

ijtimoiy-iqtisodiy  sohalardagi  ishlab  chiqarishning  asosiy  elementi  hisoblanadi  va 

bunday  iqtisodiyot  tizimiga  bosqichma-bosqich  o’tish  mamlakatimizning  global 

miqyosdagi  raqobatbardoshliligi  oshirib,  fuqarolarning  hayot  sifatini  yanada 

oshiradi,  yangi  ish  joylarini  yaratadi,  jadal  iqtisodiy  o’sishga  imkon  yaratadi  va 

milliy  mustaqillikni  ham  ta’minlab  beradi.  O’zbekiston  Respublikasida  raqamli 

iqtisodiyot dasturini hayotga tadbiq qilish eng kami bilan quyidagilarga erishishga 

imkon beradi [3]: 

 

Yangi  texnologiyalar  yaratishga  halaqit  berayotgan  huquqiy  to’siqlarni 



yangi normativ-huquqiy baza yaratish yordamida to’liq bartaraf qiladi; 

 



Raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini yaratish va rivojlantirish, shu jumladan, 

tarmoqlar,  ma’lumotlarni  qayta  ishlash  markazlari,  texnik  va  dasturiy 

ta’minotning zamona talablariga mos ravishda rivojlanishiga imkon beradi

 



Ta’lim  tizimining  har  tomonlama  rivojlanishini  va  yangilanishini 

ta’minlaydi; 




 



 

Mamlakatdagi 

turli-tuman 

kompaniyalarning, 

firmalarning, 

davlat 


korxonalarining hamda biznesning rivojlanishiga puxta asos yaratadi

 



Raqamli  iqtisodiyot  sohasida  faoliyat  ko’rsatadigan  ko’plab  tashkilotlar 

hosil bo’lishiga olib keladi. 

Ushbu  raqamli  iqtisodiyotni  rivojlantirish  dasturi  quyidagi  maqsadlarini 

amalga oshirish uchun hizmat qilishi kerak [4]: 

 

O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotning ekotizimini yaratish; 



 

Mamlakat  raqamli  iqtisodiyot  tizimining  institutlari  va  infratuzilmasini 



yaratish; 

 



Respublikaning  barcha  tarmoqlarini  qamrab  oluvchi  information  jamiyat 

tashkil  qilish  uchun  kerakli  bo’lgan  barcha  chora-tadbirlarni  amalga 

oshirish; 

 



Global 

miqyosda 

va 

global 


bozorlarga 

respublikamizning 

raqobatbardoshliligini oshirish. 

 

Endi  global  information  tizimda  mavjud  bo’lgan  ochiq  ma’lumotlar  va 



adabiyotlardan  foydalangan  xolda  bir  qancha  rivojlangan  mamlakatlar  misolida 

raqamli  iqtisodiyot  infratuzilmasini  shakllantirishning  asosiy  ko’rsatgichlari  va 

uning o’ziga hos hususiyatlari bilan tanishib chiqamiz [5]:   

 



Internet  paydo  bo’lmasdan  avval  mumkin  bo’lmagan  yangi  turdagi 

hizmatlarning  yuzaga  kelishi.

  1990  yildan  hozirgi  davrgacha  qadar  internet 

tarmog’i  va  information  texnologiyalar  imkoniyatlaridan  foydalanishga 

asoslangan  bir  qancha  yangi  mahsulotlar  va  hizmatlar  bozorlari  paydo  bo’ldi. 

Masalan, messenjerlar, agregatorlar, internet qidiruv tizimlari, internet reklama, 

elektron  couching,  elektron  ta’lim  va  boshqalar.  Yangi  turdagi  hizmatlarning 

paydo  bo’lishiga  yaqqol  misol  bo’lib,  elektron  savdoni  keltirishimiz  mumkin. 

2017  yil  ma’lumotlariga  ko’ra,  elektron  savdo  Angliyada  13.6%  ini, 

Germaniyada 13,1% ni, Rossiyada chakana savdonng 4,2% ni va Xitoyda 9.6% 

ni  tashkil  qilgan.  Xitoydagi  internet  savdosining  2016  yildagi  aylanmasi  esa 

400  millard  dollar  atrofida  bo’lganligi  qayd  etilgan.  Hozirgi  davrda  ijtimoiy 

tarmoqlarning  ham  ommaviyligi  borgan  sari  ortib  bormoqda.  Jamiyatning 




 

rivojlanishi  elektron  biznesning  rivojlanishi  va  boshqarilishi  uchun  yangidan-



yangi  imkoniyatlar  yaratib  bermoqda.  Masalan,  ma’lumotlarni  bulutli  usulda 

saqlash  va  ularni  boshqarish  hizmatlari  biznes  uchun  misli  ko’rilmagan 

imkoniyatalar  yaratib  bermoqda.  Endi  firma  va  tashkilotlar  ish  yuritish  uchun 

ofis  maydonlari,  data-markazlar  talab  qilmaydilar,  information  tizimlar 

yaratishga esa katta miqdordagi investitsiyalar jalb qilishning hojati qolmaydi. 

 



Elektron 

biznes 

sohasidagi 

kompaniyalarning 

kapitalizatsiyasi 

foydalanuvchilar  soniga  va  ular  sonining  ko’payishiga  bog’liq  bo’lib  qoladi 

[6]

.  Bu  esa  kompaniyalarga  sotuvdan  katta  miqdordagi  daromad  olinishiga 

sabab  bo’ladi.  Masalan, 


Yüklə 400,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə