|
Mehnat resurslarining shakllanishi va ulardan foydalanish muammolari
|
səhifə | 1/6 | tarix | 24.12.2023 | ölçüsü | 18,01 Kb. | | #159701 |
| Mehnat resurslarining shakllanishi va ulardan foydalanish muammolari Reja - 1. Mehnat resurslari ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya sifatida
- 2. Mehnat resurslarining shakllanishi va ulardan foydalanish yo‘llari
- 3. Mehnat resurslari balansini tuzish va uni tahlil etish
- 4. Mehnat resurslari balanslarini ishlab chiqish
Iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan islohiy o‘zgarishlar davrida hamma narsalarni inson ehtiyojlari va taqdiri bilan muvofiqlashtirish muhimdir. - Iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan islohiy o‘zgarishlar davrida hamma narsalarni inson ehtiyojlari va taqdiri bilan muvofiqlashtirish muhimdir.
- Mehnat resurslari mamalakat aholisining o‘z psixofiziologik va aqliy sifatlari bilan moddiy ne’matlar ishlab chiqarishga yoki xizmatlar ko‘rsatishga qodir bo‘lgan qismidan iboratdir.
- Mehnat resurslari deb, o‘zining aqliy va jismoniy mehnati bilan ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etadigan mehnatga qobiliyatli kishilar to‘plamiga aytiladi.
Ma’naviy rivojlanish darajasi deganda umumta’lim va kasbiy bilimlar hamda ko‘nikmalar, shaxsiy hususiyatlar tushuniladi. Bu xususiyatlar insonning tanlagan faoliyat sohasida muvaffaqiyatli ishlashi uchun zarur shart hisoblanadi. - Ma’naviy rivojlanish darajasi deganda umumta’lim va kasbiy bilimlar hamda ko‘nikmalar, shaxsiy hususiyatlar tushuniladi. Bu xususiyatlar insonning tanlagan faoliyat sohasida muvaffaqiyatli ishlashi uchun zarur shart hisoblanadi.
- Insonning har ikkala sifati bo‘lgan jismoniy va ma’naviy rivoji tasvirlarining ahamiyati iqtisodiyotning rivojlanib borishiga qarab doimiy holda o‘zgarib boradi. Bu hol, o‘z navbatda mehnat sohasidagi mavjud jahon tamoyilini to‘liq aks ettiradi, iqtisodiyotda va umuman, jamiyatda tez va chuqur o‘zgarishlar bo‘lib turgan davrlarda kishilarning jismoniy va ma’naviy fazilatlari roli ayniqsa ortadi.
"Mehnat resurslarining shakllanishi" tushunchasi ancha vaqtlardan buyon iqtisodiy adabiyotlarda va statistik amaliyotda qaror topgan bo‘lib, o‘ziga xos tor kasbiy atama sifatida ishlatilib kelinadi. - "Mehnat resurslarining shakllanishi" tushunchasi ancha vaqtlardan buyon iqtisodiy adabiyotlarda va statistik amaliyotda qaror topgan bo‘lib, o‘ziga xos tor kasbiy atama sifatida ishlatilib kelinadi.
- Mehnat resurslari qanday shakllanishini aniqlash uchun biz birinchidan, mehnat resurslarini uchta yirik yosh guruhlari bo‘yicha -mehnatga layoqatli kishilar, mehnatga layoqatli kishilardan yoshroq va mehnatga layoqatli yoshdan kattaroq kishilarni, ikkinchidan, har bir guruh aholi soniga, uning o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni, uchinchidan, mehnat resurslari va aholining tabiiy va mexanik o‘zgarishdagi umumiy va o‘ziga xos tomonlarni ko‘rib chiqishimiz lozim
Dostları ilə paylaş: |
|
|