Sana: “__” _______ 202 -yil.
Sinflar: _______.
To‘garak rahbari:________________
Mavzu: Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari
Maqsad:
1) ta’limiy: o`quvchilarni kompyuter xonasida rioya qilinishi lozim bo`lgan xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari bilan tanishtirish;
2) tarbiyaviy: o`quvchilarda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish ko`nikmalarni tarbiyalash;
3) rivojlantiruvchi: o`quvchilarning ilmiy-texnik dunyoqarashini rivojlantirish.
DTS: Xavfsizlik texnikasi va sanitariya-gigyena talablarini bilish
I. Tashkiliy davr
II. Yangi mavzuni o`rganish
Aziz o'quvchilar! Informatika fani elektr toki yordamida ish-laydigan kompyuter bilan bog'liq. Siz yaxshi bilasizki, elektr toki inson hayoti uchun xavflidir. Kelgusida sizning hayotingizga va j sog'lig'ingizga zarar yetmasligi, shu bilan birga qimmatbaho texnik vositasi bo'lgan kompyuterning buzilib qolmasligi uchun ba'zi qoida va talablarni yodda saqlang. Ular Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari deb ataladi
Xavfsizlik texnikasi qoidalari
Kompyuter xonasida quyidagilar mumkin emas:
k ompyuter xonasiga ustki (palto, kurtka) kiyimda kirish;
kompyuter va uning qurilmalarini elektr manbaiga ruxsatsiz ulash yoki
o'chirish;
qurilmalardagi murvatlarni burash;
monitorga qo'l va boshqa narsalarni tek-kazish, himoya qopqoqlarini
ochish;
qurilmalarning ulanish joylariga tegish;
kompyuter yaqinida isitish asboblaridan foydalanish;
qurilmalar yonida tez yonuvchi moddalar ishlatish;
xonaga qurilmaning ichki elementlariga salbiy ta'sir etuvchi
(kislotali, tarkibida xlor bo'lgan) moddalarni olib kirish, xonani changitish;
kompyuter va qurilmalar ustiga turli buyumlarni qo'yish;
kompyuterlar elektr manbaga ulangan holda tozalash ishlarini olib borish;
qurilmalardan foydalanishda kuch ishlatish;
ishlab turgan qurilmani qarovsiz qoldirish.
Dostları ilə paylaş: |