Portlatuvchi shaxsning portlatuvchi moddalarni va initsiyalovchi vositalarni olib kelish va portlash vaqtida, portlatishdan keyingi vazifalari



Yüklə 29,67 Kb.
tarix12.12.2023
ölçüsü29,67 Kb.
#148841
Portlatuvchi shaxsning portlatuvchi moddalarni va initsiyalovchi vositalarni olib kelish va portlash vaqtida, portlatishdan keyingi vazifalari


Portlatuvchi shaxsning portlatuvchi moddalarni va initsiyalovchi vositalarni olib kelish va portlash vaqtida, portlatishdan keyingi vazifalari
PORTLOVCHI MATERIALLARNI TASHIB KELTIRISH VA YETKAZIB BERISH
Portlovchi materiallarni tashib keltirishning umumiy tartibi. Portlovchi materiallar temir yo‘l vagonlarida, suv yo‘lida, havo transportida (qo‘lda ko‘tarib olib kelinadiganidan tashqari) tashish ichki ishlar bo‘limlarining ruxsatisiz amalga oshirilishi mumkin. Avtomobil, ot-arava transporti, yuk tashuvchi hayvonlarda ishlab chiqaruvchi zavoddan, korxona omborxonasidan turli vazirlik, boshqarma,
mahkama omborxonasiga, ular joylashgan joydan qat’iy nazar, shuningdek,
bir korxonaning turli viloyatlarda joylashgan bir omboridan
ikkinchisiga tashib keltirish Ichki Ishlar vazirligining ruxsatnomasi
bilan amalga oshiriladi. Portlovchi materiallarni korxona va
tashkilotlarga tashib keltirish uchun ruxsatnoma shahar, viloyat ichki
ishlar boshqarmasi tomonidan beriladi. Bir korxona yoki tashkilotga
qarashli bir omborxonadan ikkinchi omborxonaga tashib keltirish
uchun, agar ular bitta viloyat chegarasida joylashgan bo‘lsa, mazkur
tashkilot rahbari tomonidan berilgan naryad-nakladnoyning o‘zi
yetarli bo‘ladi, bunday holda ichki ishlar organlarining ruxsatnomasi
talab qilinmaydi.
Portlovchi materiallar omboridan portlatish ishlari olib boriladigan
joyga naryad-yo‘llanma, naryad-nakladnoy bilan belgilangan tartibda
rasmiylashtirilgandan so‘ng tashib keltirish mumkin. Portlovchi
materiallarni avtomobil transportida tashib keltirish avtomobil transportida
tashib keltirish qoidasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Avtomobil transportida, ot-aravada, yuk tashuvchi hayvonlarga
yuklab tashishda, albatta, kuzatuvchi javobgar shaxs (omborxona
mudiri yoki portlovchi materiallar tarqatuvchi shaxslar) va o‘t ochuvchi
qurol bilan qurollangan qo‘riqchi hamrohlik qilishlari shart.
Avtomobil haydovchisi yoki aravakash va qo‘riqchilar portlovchi
materiallarni tashib keltirish, yuklash va ularni transport vositasidan
tushirish qoidalari haqida ko‘rsatma olgan bo‘lishi shart.
Portlovchi materiallarni tashish uchun ajratiladigan avtomobil
maxsus ko‘rikdan o‘tgan, shu maqsadda uskunalangan, texnikaviy
holati sinab ko‘rilgan bo‘lishi kerak. Portlovchi materiallar tashishga
mo‘ljallangan avtomobil yo‘lga chiqishidan oldin yo‘l hujjatiga «Avtomobil
tekshirilgan, texnikaviy jihatdan ishga yaroqli va portlovchi
material tashishga yaroqli», degan yozuv yozilgan bo‘lishi va bu avtosaroy
boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari tomonidan imzolangan bo‘lishi
shart. Avtomobil ikki dona o‘t o‘chiruvchi qurilma bilan jihozlangan
bo‘lishi kerak.
Portlovchi materiallarni ishlab chiqargan zavoddan yoki bazisli
ombordan sarflovchi omborga olib kelishda yashiklarda zavodning
plombasi bo‘lishi kerak, agar bazisli omborda tekshirish yoki sinab
ko‘rish uchun yashik ochilgan bo‘lsa, bunday yashik bazisli omborning
plombasi bilan olib kelinadi. Yashikning ichida qancha portlovchi
material qolganligi haqida ko‘rsatma bo‘lishi kerak.
O‘ta yuqori xavfli bo‘lgan portlovchi materiallarni, xususan, kapsul-
detonator va elektr detonatorlarni transport vositalariga yuklash,
tushirish va tashib kelishda xavfsizlik qoidalariga to‘la rioya qilish
shart bo‘lgan talablardan biridir. Portlovchi materiallarni yuklash,
tushirish va tashib keltirish ishlarini juda yaxshi ko‘rsatma olgan ishchilar
yuqori malakali texnik rahbar kuzatuvida amalga oshiradilar.
Portlovchi materiallarni transport vositasiga yuklash va
harakatlanish.
Portlovchi materiallarni avtomobilga yuklashda
uning yuk ko‘tarish imkonidan to‘liq foydalanishga ruxsat etiladi.
Elektr detonatorlar va tarkibida suyuq nitroefirlar bo‘lgan portlovchi
materiallardan tashqari, bunday portlovchi materiallarni avtomobil
yuk ko‘tarish qobiliyatining uchdan ikki qismi miqdorida yuklashga
ruxsat etiladi, lekin avtomashina bortida yashiklar balandligi
bo‘yicha
ikki qatordan yuqori bo‘lmasligi kerak. Avtomobilning
harakatlanish
tezligi yo‘l yaxshi ko‘rinadigan hollarda 40 km/soatdan oshmasligi
kerak, ob-havo noqulay bo‘lgan sharoitda, transport tezligini ikki
barobar qisqartirish zarur. Bir necha avtomobillar portlovchi materiallar
bilan harakatlanayotgan bo‘lsa, ular oralig‘idagi masofa to‘g‘ri,
tekis yo‘lda hamda to‘xtaganida 50 m bo‘ladi. Avtomashinalar tog‘li
yerda harakatlanganda balandlikka ko‘tarilish va pastlikka tushishda
interval 300 m bo‘lishi kerak. Portlovchi materiallar yuklangan
avtomobilda: mashina haydovchisi, tashib keltirishga tayinlangan
javobgar shaxs, qurollangan qo‘riqchilar, yuklovchi yoki portlatuvchilardan
tashqari birorta ham begona shaxslar bo‘lmasligi kerak.
Portlovchi materiallar tashilayotgan avtomobillarga maxsus yashiklarga
joylashtirilgan portlatish asboblaridan boshqa yuklarni yuklash
qat’iyan taqiqlanadi.

7.5-§. PORTLOVCHI MATERIALLARNI SHAXTAGA TUSHIRISH VA YER OSTI LAHIMLARI BO‘YLAB TASHIB KELTIRISH


Portlovchi materiallarni shaxtaga kletda va badyada tushirishga
ruxsat etiladi. Qiya shaxta stvollarida esa odamlarni tushirib chiqarishga
mo‘ljallangan maxsus vagonetkalarda, odam tashishga ruxsat
etilgan osma kanat va monorelsli yo‘lda tashirish mumkin. Shaxta
ichidagi ish joyiga portlovchi materiallar kanat (sim arqon) bog‘langan
vagonetkalarda osma kanatli va monorelsli yo‘llarda usta-portlatuvchi
va uning yordamchi yuk tashuvchi ishchisi xavfsizlik qoidasi
talabiga muvofiq tashib keltiradi. Har bir shaxtada portlovchi
materiallarni shaxtaga tushirish va ish joyiga tashib keltirish tartibi
shaxta boshlig‘i yoki korxona rahbari tasdiqlagan yo‘riqnomaga
muvofiq ijro etiladi. Shaxtaga tushirish uchun keltirilgan portlovchi
materiallar belgilangan tartibda maxsus jihozlangan vagonetkalarga
yuklanadi.
Portlovchi materiallarni ishlatiladigan kavjoyga hamma turdagi
mavjud relsli transportlarda va qo‘lda tashib keltirish mumkin.
Shaxta ishchilarini tushirib chiqarish vaqtida portlovchi materiallarni
shaxta yo‘laklari bo‘ylab tashish qat’iyan taqiqlanadi. Shaxta stvolida
portlovchi materiallarni yuklash, tushirish chog‘ida stvol oldi lahimlarida
usta-portlatuvchi, uning yordamchisi, operator, tarqatuvchi,
portlovchi materiallarni yuklovchi va tushiruvchi, stvol oldi lahimida
yuklarni qabul qiluvchi va uzatuvchi shaxs va shaxtada portlovchi
materiallarning harakatini nazorat etuvchi texnazoratchidan boshqa
hech kim bo‘lmasligi kerak. Portlatish ishlariga aloqasi bo‘lmagan
barcha shaxslar xavfsiz joyga uzoqlashtiriladi. Portlovchi materiallar203
ni tushirishda kletda, bade (kajava)da yoki vagonetkada usta-portlatuvchi
va uning yordamchisidan boshqa hech kim bo‘lmasligi kerak.
Har bir kishiga klet polining 1 m2 foydali maydoni to‘g‘ri kelishi kerak.
Portlovchi materiallarning tik shaxta stvolida harakatlantirilishiga
shaxta dispetcheri, ko‘tarish qurilmasi mashinisti, yuk qabul qiluvchi
(yuqorida va shaxta stvoli oldidagi lahimda) shaxslar xabardor
qilingandan so‘nggina ruxsat etiladi.
Portlovchi materiallar joylangan yashiklar, qoplar va paketlar
klet balandligining ko‘pi bilan 2/3 qismini egallashi mumkin. Bu
balandlik klet eshigidan yuqori bo‘lmasligi kerak. Birinchi guruh
portlovchi moddalar yashikda bir qator joylashtiriladi. Elektr detonatorlar
va boshqa portlovchi vositalar kletda portlovchi moddalar
yashigidan alohida tushirilib, klet poliga yoki maxsus vagonetkaga
bir qator qo‘yiladi.
Qiya lahimlarda kishilarni tushirib chiqaradigan maxsus vagonlarda
portlovchi materiallarni tushirishda, vagonning har bir o‘rindig‘
ida faqat bittadan usta-portlatuvchi yoki uning yordamchisi
bo‘lishi kerak, bunda portlatish ishi bilan aloqasi bo‘lmagan boshqa
shaxslarning tushirilishiga ruxsat etilmaydi.
Portlovchi materiallarni kon lahimlarida tashishda transport vositasining
tezligi 5 m/s dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Bunda mashinist
ko‘tarish mashinasini, lebedkani, elektrovozni tekis, silliq yurgizishi
va to‘xtatishi kerak.
Portlovchi materiallarni yer osti sharoitida relsli transportda
tashiganda quyidagi shartlarga rioya qilish kerak: portlovchi materiallarni
vagonetkaga va boshqa sig‘imlarga yuklash portlovchi materiallar
omboriga keladigan lahimlarda va bevosita sarflovchi ombor lahimida
amalga oshiriladi; portlovchi materiallarni konning gorizontal
lahimlarida tashishda akkumulatorli va kontaktli elektrovozlarda
amalga oshirishga ruxsat etiladi, bunda portlatish vositalari kontaktli
elektrovozda tashilganda vagonetka yog‘och qopqoq bilan zich yopilgan
bo‘lishi kerak.
Portlovchi moddalar va portlatish vositalarini maxsus yoki shu
yo‘nalishda harakatlanuvchi bo‘sh vagonetkalarda tashib keltirish
mumkin, lekin bunda portlovchi modda ortilgan vagonetka bilan
portlatish vositalari ortilgan vagonetkalar ortida kamida ikkita bo‘sh
vagonetka bo‘lishi kerak, bu vagonetkalar bilan elektrovoz oralig‘i
3 m dan kam bo‘lmasligi lozim. Portlovchi materiallar yuklangan
poyezdning
boshqa vagonetkalari bo‘sh bo‘lishi shart, ya’ni boshqa
bo‘sh vagonetkalarga yuk ortilmasligi kerak.
Portlovchi materiallarning I va IV guruhlari kuzovi yog‘och, kigiz
(rezina) bilan futirovka qilingan odatdagi vagonetkalarda yoki kuzovi
yog‘ochdan yasalgan usti berkitiladigan vagonetkalarda tashilishi
mumkin. Portlovchi materiallar solingan yashiklar kigiz, rezina
yoki qop materiallari to‘shalgan vagonetkalarga yuklanganida ular
vagonetka kuzovining balandligidan yuqori bo‘lmasligi va bir qator
joylashtirilishi lozim. Boshqa guruhdagi portlovchi materiallarni
odatdagi vagonetkalarga, vagonetka bortidan pastroq joylab tashish
mumkin. Portlovchi materiallar yuklangan tarkibning orqa qismida
va elektrovozning oldi qismida yoritiladigan shaxtada ishlaydigan
hamma kishilarga tanish bo‘lgan «belgi» bo‘lishi kerak. Portlovchi
materiallar kon lahimlari bo‘ylab tashilayotgan payitda boshqa barcha
transport vositalarining haydovchilari boshqarayotgan transport
vositalarini to‘xtatishi va shu lahimda harakatlanayotgan kishilar
to‘xtab chetga chiqib, portlovchi materiallar yuklangan poyezdni
o‘tkazib yuborishlari talab etiladi.
Portlovchi materiallar tashilayotgan poyezdning oldidagi va orqasidagi
poyezdlarning oralig‘i kamida 50 m bo‘lishi kerak.
Portlovchi materiallarni tashishda uni usta-portlatuvchi va uning
yordamchisi kuzatib borishi kerak.
Yer osti sharoitida usta-portlatuvchi bir necha kavjoyda portlatish
uchun portlovchi moddalarni bir yo‘la olishi mumkin, bunda ularni
portlatiladigan kavjoyga uning yordamchisi (yuklatuvchi) mustaqil
ravishda tashib borishiga va uning saqlanishiga to‘liq javobgar
bo‘lishiga ruxsat etiladi. U kishi naryad-yo‘llanmaga o‘zi bilan olgan
portlovchi modda miqdori haqida imzo qo‘yadi.
Usta-portlatuvchi, tashuvchi yordamchisidan qabul qilib olgan
portlovchi moddalar uchun naryad-yo‘llanmaga imzo qo‘yib, qabul
qilib olganligini tasdiqlaydi.
Portlovchi materiallar zavod upakovkasida yoki tarmoq texnikaviy
talablariga javob bera oladigan sig‘im (sumka, kasetalar)da
tashiladi.
Portlovchi moddalar va elektr detonatorlar alohida-alohida sig‘imlarda
olib kelinadi, bunda elektr detonatorlar, jangovar patronlar, o‘t
oldiruvchi trubkalar faqat usta-portlatuvchi tomonidan olib kelinadi.
Elektr detonator va portlovchi moddalarni birgalikda olib kelishda us205
ta-portlatuvchi 12 kg dan ko‘p bo‘lmagan portlovchi modda va 150
dona elektr detonatori olib kelishga haqli. Portlovchi modda elektr
detonatorsiz alohida sumka yoki kasetada olib kelishsa, bu me’yorni
24 kg gacha ko‘paytirish mumkin. Usta-portlatuvchi portlovchi moddasiz
500 donagacha elektr detonatorni olib kelishi mumkin.
100 kg gacha bo‘lgan portlovchi moddani qo‘l aravachasi yordamida
tashib kelishga ruxsat etiladi.
Markazlashtirilgan tizimda portlovchi materiallarni sarflovchi
(tarqatuvchi) kameraga, saqlash punktiga va zaryad butkasiga
tashib keltirish. Sarflovchi (tarqatuvchi) omborda portlovchi materiallarni
vagonetkaga, konteynerlarga yuklash ishini portlovchi
moddalar tarqatuvchi ishchisi amalga oshiradi. Portlovchi materiallar
yuklangan vagonetka, konteynerlarni uchastkalardagi vaqtincha
saqlanadigan tarqatuvchi kamera va shkaflarga qadar kamida ikki
kishidan iborat tarqatuvchi ishchilar tashib keladi. Portlovchi materiallarni
yuklashda vagonetka yoki konteynerlar portlovchi materiallar
omboriga yaqin lahimlarda yoki bevosita sarflovchi omborning o‘zida
amalga oshiriladi. Portlovchi materiallarni uchastkalardagi portlovchi
materiallar saqlash punktiga portlatish ishlarida yagona xavfsizlik
qoidasi talablariga javob beradigan shaxta ichidagi transportda
tashib keltiriladi.
Qiya va tik lahimlarning qabul qiluvchi maydonchalarida portlovchi
materiallar bilan manevr ishlarini bajarish shu maydonchaga
xizmat qiluvchi ishchi, portlovchi materiallar omborining tarqatuvchi
ishchisi kuzatuvida amalga oshiriladi. Bu ishchilardan biri portlovchi
materiallarning yer ostida harakatlanishini nazorat qilsa, ikkinchisi
ularni qabul qilishga javobgardir. Qabul qilinadigan maydonchalarda
portlovchi materiallar yuklangan vagonetkalarning manevr ishlari
bajarilayotgan vaqtida shu ishga aloqasi bo‘lmagan shaxslarning
ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Portlovchi moddalar sarflovchi ombordan ularni tarqatuvchi
kameralarga va uchastkada saqlovchi punktlarga zavod tarasida yoki
qattiq kassetalarda, yoki sumkalarda tashib keltiriladi. Bunda portlovchi
modda polietilen qopchaga joylashtirgan bo‘lishi kerak.
Elektr detonatorlar tarqatuvchi kameraga zavod tarasida yoki qattiq
kassetada olib kelinadi. Ish joyiga (ya’ni kavjoyda) tashib keltirilgan
portlovchi materiallar usta-portlatuvchi yoki xavfsizlik qoidalarini
biladigan ishchi nazoratida bo‘lishi kerak. Tashib keltirilgan
portlovchi moddalar lahimning xavfsiz joyida sumka yoki kassetalarda
bo‘lishi kerak. Shaxta stvollarini o‘tishda portlovchi materiallarni
tashib keltirishni tartibga solish va talab etiladigan mehnat sarfini
qisqartirish maqsadida portlovchi moddalar shaxta yaqinidagi zaryad
budkaga markazlashtirilgan holda tashib keltiriladi.
Zaryad budkasi portlovchi materiallarni qisqa muddatga (1 sutkaga
qadar) saqlash, jangovar patronlarni tayyorlash, elektr detonatorlarni
markirovkalash uchun mo‘ljallangan qurilma-moslama bo‘lib,
loyihaga asosan shaxta yaqinidagi binolar, inshootlar, kommunikatsiyalardan
uzoqroq, xavfsizlik qoidasiga muvofiq shaxta stvolidan
kamida 50 m uzoqlikda quriladi.
Zaryad budkasi yonmaydigan materialdan quriladi. Uning, odatdagidek,
ishchi va avariya holatida yoritadigan yoritgichlari, telefon
aloqasi, yorug‘lik va ovoz chiqaruvchi signalizatsiyalari bo‘lishi kerak.
Bino aylanasiga balandligi 2 m dan kam bo‘lmagan tikonli sim tortilgan
devor bilan o‘ralishi va qulflanadigan darvozasi bo‘lishi kerak.
Zaryad budkasi yer yuzasida yoki yarim chuqurlashtirilib quriladi,
uning ishchi xonalari bo‘lib, u yerda qisqa muddat portlovchi materiallar
saqlanadi, elektr detonatorlar markirovka qilinadi va jangovar
patronlar tayyorlanadi. Zaryad budkani isitish uchun uning o‘t yoqiladigan
xonasi bo‘lishi kerak. U xonadagi pechka yuzasida harorat
70° dan yuqori bo‘lmasligi kerak.
Ishchi xonaga kirishda ikki qavatli eshik bo‘ladi, birinchisi – tashqi
eshik yog‘ochdan yasalib, har ikkala tomoniga metall listi qoplanadi.
Ikkinchi eshik ichkarisida joylashgan bo‘lib, u temir panjaradan
iborat.
Zaryad budkasida portlovchi materialning bir smenaga yetarli
miqdori saqlanadi, lekin u 500 kg dan ko‘p bo‘lmasligi kerak va
elektr detonatorlar ham shunga yarasha bo‘lishi kerak. Portlovchi
materiallarni qisqa vaqt saqlash uchun, portlovchi materiallar omboridagidek,
stellajlar quriladi yoki portlovchi moddalar joylangan
yashiklarni qo‘yish uchun metall shkaf (konteyner)lar o‘rnatiladi.
Kassetalar yoki elektr detonatorlar joylangan yashiklar qulflanadigan
metall seyflarda saqlanadi.
Sarflovchi omborda portlovchi materiallarni tayyorlash, avtomashinaga
yuklash va uni kuzatib borish tarqatuvchi-tashuvchi va maxsus
ajratilgan usta-portlatuvchi zimmasiga yuklanadi. Portlovchi materiallarni
markazlashtirilgan usulda tashib keltiruvchi usta-portlatuvchi
bevosita portlatish ishlarini amalga oshirishga qo‘yilmaydi. Sarflovchi
ombordagi zaryad budkaga portlovchi materiallar zavodi tarasi yoki
qattiq kassetada olib kelinadi. Barcha elektr detonatorlar sarflovchi omborda
ularni yetkazib berishdan oldin etiketkasida ko‘rsatilgan qarshilik
miqdorining to‘g‘riligi elektr de-tonatorlari simlarining izolatsiyasi
tekshiriladi. Elektr detonatorlar qutichaga etiketkasi bilan birga solinadi
va uni tekshirgan tarqatuvchi shaxsning familiyasi yozib qo‘yiladi.
Elektr detonator qutichasi kassetaga yoki yashikka solinadi.
Dam olish va bayram kunlari hamda shaxta bir kundan ortiq ishlamagan
vaqtda zaryad butkasidagi barcha portlovchi materiallar
sarflovchi
omborga qaytariladi.
Yüklə 29,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə