katta
va
kichik charvilar
farqlanadi.
Tutqich
(
mezo
) deganda ichakni tutib turuvchi qorin parda duplikaturasi
tushuniladi. U seroz pardaning 2 ta varag‘idan iborat bo‘lib, o‘zida ko‘pdan-
ko‘p qon va limfatik tomirlarni, limfatik tugun va nervlarni tutadi.
Tutqichlarning quyidagi turlari farq qilinadi: ingichka ichak tutqichi;
chuvalchangsimon usimta, ko‘ndalang-chambar ichak, S-simon ichak, to‘g‘ri
ichakning ampula usti qismi tutqichlari.
Qorin parda bo‘shlig‘ining pastki qavati ko‘ndalang chambar ichakning
tutqichi bilan tos chanog‘i bo‘shlig‘i orasidagi bo‘shliqni egallaydi.
Ko‘tariluvchi va tushuvchi chambar ichaklar hamda ingichka ichakning tutqichi
ushbu bo‘shliqni to‘rtta bo‘lak: o‘ng va chap yon kanallar hamda o‘ng va chap
tutqich qo‘ltiqlari (sinuslari)ga bo‘ladi.
O‘ng yon kanal
(
canalis
lateralis
dexter)
qorinning o‘ng yon devori bilan
ko‘tariluvchi chambar ichak orasida joylashgan bo‘lib, bu kanal pastda o‘ng
yonbosh chuqurchasi (
fossa
iliaca
dextra
) ga, so‘ngra tos bo‘shlig‘iga, yuqorida
esa o‘ng diafragma osti bo‘shlig‘iga davom etadi.
Chap yon kanal
(
canalis
lateralis
sinister)
tushuvchi chambar ichak bilan
qorinning chap yon devori orasida joylashadi. Kanal pastda chap yonbosh
chuqurchasi orqali tos bo‘shlig‘i bilan tutashadi, yuqorida esa chap diafragma-
chambar boylami (
lig. phrenicocolicum
sinistra)
vositasida taloq ko‘r xaltasidan
chegaralangan.
Gavdaning gorizontal holatida yon kanallarning eng chuqur qismlari
ularning yuqorisida bo‘lib, tananing tik holatida yallig‘lanish suyuqliklari
(yiring) yon kanallar bo‘ylab yonbosh chuqurchalariga, ulardan tos chanog‘i
bo‘shlig‘iga tushadi.
Dostları ilə paylaş: |