Qorin pardaning pariyetal varag‘i
qorin devorlarini ichki tomondan
o‘rab, undan yog‘ qatlami (qorin parda oldi, qorin parda osti, qorin parda usti,
qorin parda orti) bilan ajralib turadi.
Qorin parda qorinning oldingi devoridan diafragmaning pastki qavariq
yuzasiga o‘tadi va uni qoplaydi. Diafragmadan qorin parda jigarning yuqori
yuzasiga o‘tadi va ikkita boylam hosil qiladi: bittasi sagittal tekislikda –
lig.
falciforme
, ikkinchisi frontal tekislikda –
lig. coronarium
hepatis
. Qorin usti
sohasida jigarning darvozasi qismidan kindikka qarab sagittal yo‘nalishda
jigarning yumaloq boylami boradi. Bu boylam bo‘ylab uning pastki qismida
bitib ketgan kindik venasi yotadi. Jigarning yuqori yuzasidan qorin parda uning
pastki yuzasiga o‘tadi va jigar darvozasi yonidan me’daning kichik egriligi
tomon yo‘nalib, kichik charvini hosil qiladi. Me’daning kichik egriligida qorin
pardaning varaqlari bir-biridan uzoqlashadi: biri – me’daning orqa devorini,
ikkinchisi – oldingi devorini qoplaydi. Me’daning katta egriligiga yetgach qorin
pardaning varaqlari yana qo‘shiladi, bunda me’daning katta egriligi bilan
qo‘ndalang-chambar ichakka o‘tish joyida boylam (
lig. gastrocolicum)
hosil
bo‘ladi. Uning davomi katta charvini hosil qiladi: u qorin pardaning to‘rtta
varag‘idan iborat. Ulardan ikkitasi
lig. gastrocolicum
ning davomi bo‘lib,
chanoqqacha tushadi, bu yerda qayrilib, yana yuqoriga ko‘tariladi va
ko‘ndalang-chambar ichakka yetib boradi. Shunday qilib, katta charvida to‘rt
varaq hosil bo‘ladi.
Katta charvining orqadagi varaqlari oldingi varaqlari bilan birikadi. Ular
ko‘ndalang chambar ichakni o‘rab, uning
tutqichini
hosil qiladi va oshqozon
osti bezi tomon yo‘naladi. Bu yerda qorin parda varaqlari yana bo‘linadi. Biri
yuqoriga ko‘tariladi va charvi xaltaning orqa devorini qoplaydi. Boshqa varag‘i
pastga yo‘naladi va qorin bo‘shlig‘i pastki qavatining orqa devorini qoplaydi.
Bu yerda qorin parda o‘n ikki barmoq ichakning pastki gorizontal qismini
qoplaydi,
Dostları ilə paylaş: |