To‘ldirma to‘plar.
Odatda, asosiy va maxsus jismoniy sifatlarni tarbiyalashda
1–2 kg li to‘ldirma to‘plardan foydalaniladi. Ular o‘yin sharoitiga yaqinlashtirilgan
harakatlar, ayniqsa, tezkorlik-kuch sifatini rivojlantirib, biomexanik harakatlar
apparatining shakllanishini ta’minlaydi.
Arg‘amchilar.
Arg‘amchilarda bajariladigan mashqlar sakrovchanlik, harakat
uyg‘unligi va sakrash chidamliligini tarbiyalashda qo‘llaniladi.
Panjalar uchun trenajyorlar.
Devorga o‘rnatilgan kronshteynga 3–4 sm li
truba gorizontal ravishda biriktirilib, unga yuk osilgan tros ulanadi (34 a-rasm).
Trubalarni burash bilan yuk yuqoriga va pastga tushiriladi. Boshqa turdagi trenajyor
bilan (34 b-rasm) yukni statik ravishda ushlab turiladi. Bu trenajyorlardan qo‘l panja
kuchini oshirishda foydalaniladi.
Sakrovchanlikning o‘sish dinamikasini nazorat qilish va baholab borish
V.M.Abalakovning sakrovchanlik darajasini aniqlashga mo‘ljallangan diagonal ekran-
o‘lchov moslamasi yordamida amalga oshirilishi mumkin (35-rasm).
34-
rasm.
35-rasm.
Dostları ilə paylaş: |