Uzaytirilgan to‘r.
Zalning butun bo‘yi bo‘yicha tortiladi. Uzaytirilgan to‘rlar
o‘yin texnikasi va taktikasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan mashg‘ulotning motor zichligini
oshiradi. Maydonchani qismlarga bo‘lib, vazifali o‘quv o‘yinlarini tashkil etishda
qo‘llaniladi.
Amortizatorli to‘plar.
Zalning burchagiga o‘rnatiladi (32-rasm). To‘pga
charmli petlya tikiladi (yelimlanadi) (a) va unga rezinkali bog‘ichlar biriktiriladi (b).
Rezinkali bog‘ichlar sifatida tibbiy rezinka bintlardan foydalaniladi. Bog‘ichlarning
bo‘sh qismi tomoniga karabinlar biriktiriladi (v) va ular yordamida qurilma kerakli
balandliklarda petlyali
(d)
ramalarga (g) o‘rnatiladi. Zarbadan so‘ng to‘pning uzoq muddat
tebranishi oldini olish uchun to‘pdan polga tomon mustahkam shnur (e)
tortib qo‘yiladi. Trenajyor hujum zarbasini berishdagi harakat uyg‘unligini
rivojlantirishda qo‘llaniladi.
32-
rasm.
Dostları ilə paylaş: |