Acaryotae -
yadrosiz,
Procar-
yotae
- yadrodan aw alg i va
Eucaryotae
- yadroliga (yunoncha
a -
yo‘q ,p ro -g a c h a , ew -yaxshi, to ‘liq,
caryon
- yadro degan m a’noni
anglatadi) taalluqligini asoslash imkoni bo‘lmoqda. Birinchisiga
uyushgan zarralar - viruslar va viroidlar, ikkinchisiga - bakteri-
yalar, uchinchisiga boshqa hamma organizmlar (zamburug‘lar, suv
o ‘tlari, o ‘simliklar, hayvonlar) kiradi.
Barcha avlodlaming vakillari genetik materialga ega bo‘lishiga
qaramay, turli akariotlar nuklein kislota turlaridan birortasi RNK
yoki DNK dan mahrumdirlar. Ular jonli hujayradan tashqari faoli-
yat yuritishga (shu jumladan replikatsiyaga) qodir emas, y a’ni ular-
ni yadrosiz deb atash to‘g‘ri bo‘ladi.
Bakteriyalar hujayrali tuzulishga ega, ularda har ikki turdagi
nuklein kislotasi - RNK va DNK mavjud, ulardan DNK yolg‘iz
(halqasimon) xromosoma ko‘rinishidadir. Ulaming aksariyati
ozuqa muhitlarda (organizmdan tashqarida) ko‘payadi, agarda bak
teriyalar orasida shartsiz (obligat), mazkur alomat bo‘yicha viruslar-
ga (xlamidiyalar, spiroplazmalar, rikketsiyalarga) yaqinlashuvchi
parazitlar mavjud bo‘lsa ham, ulaming parazitligi o ‘z mexanizmi
bilan farq qiladi - uni hujayrali deb atash mumkin. Viruslaming
parazitligi genetik darajada rivojlanadi. Bu demak, bakteriyalar -
vazifalariga ko‘ra, shu jum ladan genetik jihatdan bir-biriga bog‘liq
tuzilmalardan iborat. Bakteriyali hujayraning genetik tuzilma-
lari ioiaqonli faoliyat ko'rsatishiga qaramay, ular chegaralangan
> .л.ю shaklida guruhlanmagan, shuning uchun bakteriyalar yadro-
luui aw alg i (prokariotik)
<
Zamburug‘lar, suv o ‘tlari, o'sim liklar va hayvon hujayralari
haqiqiy, sitoplazmadan chegaralangan yadroga ega, shuning uchun
ulami eukariotlar sirasiga kiritishadi.
V iruslar. Mikroblar orasida viruslar hajmining g'oyatda
kichikligi - ular nanometrlarda (nm) o ‘lchanadi va ichki parazitlik
bilan tavsiflanadi. So‘nggi alomati ulaming bakteriyalar yoki bak-
teriofaglar virusi, o'sim liklar virusi va hayvonlar virusi sifatida tas-
niflanishiga asos qilib olingan. Shuningdek, zam burag'lar viruslari
ham mavjud. Yuqorida ta’kidlab o'tilganidek, viruslar tuzilishiga
ko‘ra nuklein kislotaning u yoki bu ko'rinishi (RNK yoki DNK)
ga ega, o‘zida moddalar almashinuvi bo'lmagan, ammo xo'jayin-
organizm hujayralari da replikatsiyaga yoki uning genomi bilan
integrallashga qodir uyushgan zarralardan iborat bo'lib, ayni vaqt
da „yashirin ravishda hayot kechiradi".
Virus zarrasining uyushganligi deganda, u yoki bu virusga xos
bo ‘ Igan tuzilma qismlarining, organizmdan tashqari da yashaydigan
- virionlaming o'ziga xos tuzilishi yoki arxitektonikasi (yunon-
cha
archi -
boshlang'ich, asosiy, birinchi,
tekion -
mohir, usta
so'zlaridan olingan) nazarda tutiladi. Har bir virion sof ko'rinishda
nuklein kislotasi va oqsildan tarkib topgan, ular bir-biri bilan
kovalent bog'lar bilan bog‘lanmagan chinakam kristalldan ibo
rat bo‘ladi. ,,Virion“ tushunchasi tegilmagan (yunoncha
intactus
- tegilmagan, shikastlanmagan so'zidan), infeksiyaga yoki kasal-
lik qo‘zg‘atishga (lotincha
infectiosus
- yuqumli so'zidan) qodir
zarracha tushuniladi.
N uklein k islo talar- viruslar irsiyati moddasidir. Nuklein kislola-
si turiga ko‘ra ular RNKsi bor viruslarga va DNKsi bor viruslarga
ajraladi.
R N K si bo r v iruslarg a - o 's im lik la m in g barcha v iru slari k irid -
ladi. D N K si bor viruslarga - b ak teriofaglarning ak sariy ati, insnn
va h ay v o n larning q ato r viruslari kiritiladi.
18
Oqsil nuklein kislotasi virusi (genom) atrofida qobiq ko'rini-
shida tarkib topadi va kapsid deb nomlanadi. Virion shakli uning
kapsidi bilan belgilanadi. Kapsid nuklein kislotasi bilan birgalikda
nukleokapsidni tashkil etadi.
Viruslaming taxminiy ro‘yxati umurtqalilar viruslarining 17
oilasini va umurtqasiz hayvonlar viruslarining 7 oilasini, bakteri
yalar viruslarining 10 oilasini o ‘z ichiga oladi. 0 ‘simliklar virus
larining 20 guruhi va zamburug‘ viruslarining 5 guruhi tavsiflan-
gan. Viruslaming tasnifiy guruhlarga bo‘linishi hali tugallanmagan
bo‘lib, ulaming yangi turlari ochilmoqda. Yuqumli kontogioz mol-
lusk virusi, chechak virusi, uchuq virusi, bakteriyalaming aksari
yat faglarining viruslari DNKsi bor viruslaming guruhiga kiradi;
o ‘simliklar viruslari, inson grippi, quturish, poliomielit va boshqa
viruslar esa RNKsi bor viruslaming vakillari hisoblanadi.
V iroidlar. 1971-yilda T.O. Diner (AQSh) kartoshka tugunak-
lari urchuqsimonligi subvirusli kasallik qo‘zg‘atuvchisini (patoge-
nini) birinchi marta tavsifladi, uni
viroid
deb nomladi.
1984-yilga kelib viroidlar keltirib chiqaradigan dehqonchilik
ekinlari (shu jumladan - don ekinlari)ning o ‘n xil kasalligi m a’lum
boMdi. Molekular tuzilishi bo'yicha viroidlar bir zanjirli, kova-
lent yopiq, halqasimon, kapsidlari bo‘lmagan RNK molekulalari-
dan iborat. Bunday RNKlarda nukleotidlar soni 240-400 atrofida
bo'ladi. Viroidlar shakliga ko‘ra chiziqli va halqasimon bo‘lishi
mumkin, ular har xil zanjirli konformatsiyani (lotincha
quasi
-
go‘yoki, bamisoli, hatto, yaqin,
konformatio
- shakl, joylashish)
qabul qilishga qodir bo'ladi.
Viroidning har bir turi, masalan, kartoshkani mittilashtiradigan
viroid yoki sitrus ekinlarining viroidi tarkibida noyob, faqat uning
o ‘ziga xos quyi molekulali RNKning alohida turi bor. Viroidlar-
ning kattaligi 15 nm atrofida bo'ladi. X o'jayin-o’simliklaming sez
gir hujayralarida ular oqsil-nuklein majmui ko'rinishida yadrocha-
ga birlashib, vadroda to'planadi va xo'jayinning aw alg i yoki faol-
19
lashtirilgan fermentlari yordamida mustaqil, yaxlit holda replika-
tsiya qiladi.
Viroidlar translatsiya qilmaydi. Bu ulaming o‘zaro tarkibiy
o ‘xshashligi va qator viroidlarda tashabbuskor-kodonlar yo‘qligi
bilan tasdiqlanadi. Ayni vaqtda viroidli RNKlaming sintezida
RNK-polimeraza ishtirok etadi.
B ak teriy alar hujayra tuzilishiga ega mavjudotlar bo‘lib, ular-
da yadro materiali sitoplazmadan oddiy membranalar bilan ajratil-
magan hamda u yoki bu asosiy oqsillar bilan bog‘lanmagan. Ular-
dagi muntazam taqsimlanmagan ribosomali (70 S turidagi) sito-
plazma harakatsiz, hujayralar endo- va ekzositoz qobiliyatiga ega
emas. Bakteriyalar ko'pincha bir hujayrali, eng kichigining dia
metri 0,2-10,0 mkm atrofida bo‘ladi (1-rasm).
Oksigen sianobakteriyalar, anoksigen qo‘ng‘ir va yashil bak
teriyalar fototrof bakteriyalar hisoblanadi; grammusbat va gram-
manfiy bakteriyalar hamda batsillalar, miksobakteriyalar, poyali
va kurtaklanuvchi bakteriyalar, vibrionlar, spirallalar, spiroxedlar,
aktinomitsetlar, korinebakteriyalar, mikobakteriyalar, rikketsiya-
lar, xlamidiyalar, mikoplazmalar va spiroplazmalar - xem otrof
bakteriyalar hisoblanadi.
Barcha bakteriyalar yagona Bakteriya avlodini tashkil etadi,
vaholanki ulardan biri arxeobakteriyalar
(Archeobakteria)
boshqa-
si eubakteriyalar
(Eubacteria -
yunoncha
eu
- yaxshi) deb nom-
lanuvchi bakteriyalardan sezilarli farq qiladi. Arxeobakteriyalar
eubakteriyalarga qaraganda prokariotlaming nisbatan ko ‘hna vaki
li hisoblanadi. Ular ekstremal sharoitga (lotincha
extremus
- oxir
gi so ‘zidan) - anorganik tuzlar konsentratsiyasi baland bo ‘lganda,
harorat yuqori darajada, uglerod oksidi va dioksidi - uglerodning
yagona manbayi bo‘lgan muhitlarda yashaydi. Galobakteriyalar,
termoatsidofil bakteriyalar va metan hosil qiluvchi yoki m etano
gen bakteriyalar arxeobakteriyalar qatoriga kiradi. Prokariotlar-
ning (shajarasi) dendrogrammasi (yunoncha
dendron -
daraxt.
20
1-rasm.
Dostları ilə paylaş: |