Variant-20 Rezerv kapitali tavsifi, mazmuni, maqsadi va vazifalari. Xususiy kapital tarkibiy qismlaridan yana biri bu – rezerv kapitali



Yüklə 22,98 Kb.
tarix13.05.2023
ölçüsü22,98 Kb.
#110127
Qosimov


VARIANT-20

  1. Rezerv kapitali tavsifi, mazmuni, maqsadi va vazifalari.

Xususiy kapital tarkibiy qismlaridan yana biri bu – rezerv kapitali
hisoblanadi. Rezerv kapitali ko‘pgina me’yoriy va qonuniy hujjatlarda
hamda iqtisodiy adabiyotlarda turlicha ta’riflangan bo‘lib, uning o‘ziga
xos jihatlarini belgilab bergan.
Masalan, Respublikamiz boshqaruv tashkilotlari tomonidan belgilangan me’yorlarga asosan: «Rezerv kapitalibu korxona ustaviga
asosan ajratma qilish mol-mulk qayta baholanishi, qaytarib bermaslik
sharti bilan olingan mablag‘lar (pul mablag‘laridan tashqari), o‘rtoqlik
va aksionerlik jamiyatlar mulkini oshiruvchi boshqa kirimlar hisobini
olib borish uchun mo‘ljallangan» deb izohlangan. Keltirilgan izohga
mazmunan yondashadigan bo‘lsak, uning tarkibiga kiruvchi bir qator
ko‘rsatkichlar o‘z o‘rnida berilmagan. Masalan, mol-mulkning qayta
baholanishi. Chunki ushbu ko‘rsatkichning ma’lum qismi, qo‘shilgan
kapital zimmasiga birkitilgan bo‘lib, uning ikki schotda ko‘rsatilishi
hisob tizimidagi kamchiligimiz hisoblanadi.
M.Lapustin, P.Nikolskiylarning fikricha: «Rezerv kapitali – bu xo‘-
jalik tavakkalchiligi va ko‘zda tutilmagan holatlarni moliyalashtirish
maqsadida jamg‘arilgan pul ko‘rinishidagi mablag‘lar hisoblanib, u xususiy kapitalning bir bo‘lagi sifatida qaraladi. Amaliyotda bu jamg‘arma
sug‘urta mablag‘i sifatida yoki tavakkalchilik rezervi, deb ham ataladi».
Yuqorida keltirilgan ta’rifga nazar solsak, uning bir qadar mazmunga ega ekanligini guvohi bo‘lamiz. Chunki rezerv kapitali hisobot
yilida erishilgan sof foyda hisobidan ma’lum bir maqsadlarni sug‘urtalash uchun tashkil etilishi belgilab qo‘yilgan.
Shu nuqtayi nazardan, bizningcha: «Rezerv kapitali – bu ta’sis hujjatlariga binoan hisobot davrida erishilgan sof foyda hisobidan, amaldagi
qonunchilik asosida, tavakkalchilik va ko‘zda tutilmagan natijalar oldini
olish, hamda xo‘jalikning oxirgi moliyalashtirish manbayi sifatida gavdalanadigan mablag‘lar jamg‘armasining puldagi ifodasi» deb ta’riflash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Qo‘shilgan kapital, rezerv kapital bandlarida korxonaning boyliklarini qayta baholanishidan, olgan foydasidan tashkil etilgan rezervlardan,
qo‘shimcha aksiyalar chiqarish natijalaridan ko‘paygan xususiy manbalar ko‘rsatiladi.
Passiv I bo‘limiga taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) ham
kiritiladi. Bu bandning summasi korxonani olgan foydasi miqdoriga va
uning taqsimlanishiga bog‘liqdir. Korxona o‘z oldidagi foydadan
to‘lashi lozim bo‘lgan majburiyatlarini bajarib bo‘lgandan so‘ng, qolgan
qoldiq kelgusida rezerv sifatida foydalanilishi ko‘zlanib qoldiriladi.
Taqsimlanmagan foyda bandi o‘tgan yillardagi foydadan qolgan summa-
larni ham ifodalaydi. Balansda korxonaning o‘z mablag‘lari manbayi qancha ko‘p ulushni egallasa, shunchalik moliyaviy ahvol ishonchli bo‘ladi.
Yuoridagi fikr-mulohazalar shuni ko‘rsatmoqdaki, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatida kapitallar (fondlar) va rezervlarning
muhim o‘rni mavjud ekan. Chunki bu manbalar asosan, xo‘jalik sub-
yektlarining o‘z manbalarini aks ettiruvchi jihatlari bilan ajralib turadi.
Bugungi kunda xo‘jalik subyektlarining o‘z mablag‘lari manbalari
qanchalik yuqori salmoqqa ega bo‘lsa, mazkur korxonalarning faoliyati
shunchalik ijobiy baholanadi.
Xususiy kapital hisobi iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida
muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u korxonaning o‘z qudrati darajasining
qay darajada ekanligini bildiradi. Bunday taraflarni e’tiborga olgan
holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq 6-
sessiyasida qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunda
ham xususiy kapital hisobiga katta e’tibor berilgan. Uning 16-
moddasiga ko‘ra moliyaviy hisobotlar tarkibida 5-shakl «Xususiy
kapital to‘g‘risida hisobot» deb nomlanib, bu shakl har yili boshqa
hisobotlarga qo‘shilgan holda yuqori organlarga topshirilishi lozim.



  1. Agar boshlang‘ich investitsiya mablag‘larini I0, t-davr oxiridagi pul tushumlarini CFt deb belgilasak, u holda sof joriy qiymatni aniqlash formulasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:

n
NPV = CF1/(1 + k)1 + CF2,/(1 + k)2 +...CFn/(1 + k)n – I0 = CFt / (1+k)t – I
t=1
Misol: Firma 500 mln. so‘mga universal do‘kon uchun joy, bino sotib oldi. Bu do‘kondan 10 yil davomida har yili 100 mln. so‘mdan pul tushumlari bo‘ladi. Usha davrda muqobil foyda me’yori 10% bo‘lsa, shu do‘konni sotib olish kerakmi, degan savol tug‘iladi. Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatdiki, firma 10 yil ichida o‘z kapitalini qancha mln. so‘mga ko‘paytiradi. Loyiha samarali yoki samarasizdir?
CFt=100 mln.so’m
K=10 %
T= 10 yil
I =500 mln so’m
NPV= CFt*(1+k)^t-I
NPV=100*(1+0.1)^10-500=114.6 mln.so’m
Loyiha samaralidir
Yüklə 22,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə