Ushbu ma’ruzada magmatizm jarayoni — intruziv va effuziv magmatizm va u bilan bog‘liq relyef shakllari, metamorfizm turlari va metaformizmni vujudga keltiruvchi omillar hamda zilzila endogen relyef hosil qiluvchi omil sifatida ko’rib


Zilzilaning yer sharida tarqalishi. Yer sharida bo’ladigan zilzilalar yer po’stining asosan 2 yirik harakatchan mintaqasida tarqalgan



Yüklə 146,91 Kb.
səhifə10/12
tarix30.12.2023
ölçüsü146,91 Kb.
#166825
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
oybek geologiya

Zilzilaning yer sharida tarqalishi. Yer sharida bo’ladigan zilzilalar yer po’stining asosan 2 yirik harakatchan mintaqasida tarqalgan:


  1. Tinch okean mintaqasi hamma zilzilaning 80% ini tashkil etadi. Bu mintaqa eng chuqur yer yorig’i o’tgan joylarni o’z ichiga olib, chuqurligi 700 km ga boradi. Ayniqsa, Yaponiyada bo’ladigan kuchli zilzilalar bunga misol bo’la oladi.

  2. O’rta - dengiz - Indoneziya mintaqasi barcha zilzilaning 12%-ini tashkil qiladi. Indoneziyadan boshlanib, g’arbga tomon Himolay tog’lari orqali Tyanshan va Pomirga, Afg’oniston, Eron orqali Kavkaz tog’lariga boradi, bu yerda qora dengiz sohillari bo’ylab 2 ga bo’linadi:

- bir qismi shimoliy-g’arbga Qrim, Karpat, Alp, Pireney tog’lari orqali Atlantika okeaniga chiqadi.
- janubiy g’arbga yo’nalib O’rta dengizning janubiy va shimoliy sohillari bo’ylab u ham Atlantika okeaniga chiqadi.
3. Zilzila ro’y berish sabablarga ko’ra quyidagi gruppalarga bo’linadi:
a. Ekzogen jarayonlar natijasida bo’ladigan (o’prilish zilzilalari);
b. Vulkan harakati natijasida bo’ladigan;
v. Tog’ hosil bo’lish jarayoni natijasida bo’ladigan - tektonik zilzilalar;
g. Tektonik zilzilalardan farq qiluvchi chuqurdan bo’ladigan yoki plutonik zilzilalarga bo’linadi.
O’prilish zilzilalari - bu xil zilzilalar karst relefli (ohaktosh qatlamlari va h.) o’lkalarda keng tarqalgandir.
Vulkan zilzilalari - so’nmagan vulkanning harakati natijasida ham zilzila bo’lib turadi. Bunday zilzila faqat vulkanik o’lkalarga xosdir (zilzila kuchi 5-6 ballgacha bo’ladi). Masalan, Tinch okeani atrofidagi Kamchatka yarim oroli, Kuril, Xokkaydo orollari shular jumlasidandir. Bu yerlarda zilzila o’chog’i 200 – 600 km chuqurlikda joylashgan.
Tektonik zilzilalar – yer qatlamlarini (bu xil yer qimirlashga 90% tashkil qiladi) o’zgartirib, tog’lar hosil qiluvchi energiya (kuch) zarbidan kuchli zilzila vujudga keladi. Tektonik jarayonlar natijasida yer po’stida qatlamlar bukiladi, siqiladi, yoriladi, uziladi va boshqa xil strukturalar paydo bo’ladi, ya`ni tog’ paydo bo’ladi.
Zilzila tiplari tektonik, vulkanik, o’prilma, urilma, (meteorit)va antropogen bo’ladi.
Tog’li o’lkalarda masalan: Alp, Tyanshan, Pomir, Kavkaz, And, Kordilera va boshqa o’lkalarda Yer hozirgi vaqtda ham tez – tez tebranib turadi. Tektonik harakatlar asosan geosinklinal mintaqalarda bo’lib turadi. Xullas tektonik zilzila endi dahshatli va vayronalik keltiruvchi zilziladir.
Zilzilaning kuchi odatda ball bilan o’lchanadi, 1964-yili seysmolog S.V.Medvedev tuzgan va Rossiya FA Yer fizikasi instituti tomonidan tuzatish kiritilgan shkala qabul qilingan. Bunda uning kuchi 12 bali shkalada ifodalangan.
1 - 2 – kuchsiz - odam sezmaydi;
3 – kuchsiz;
4 – tebranish sezilarli bo’ladi, deraza oynalari , eshik dirillaydi;
5 - kuchliroq, uyqudagi odamlar uyg’onadi;
6 – kuchli, odamlar qo’rqa boshlaydi;
7 – juda kuchli - imorat darz ketadi;
8 – buzuvchi;
9 – vayron qiluvchi yerda, tog’ yonbag’rida darzlar paydo bo’ladi;
10 – emiruvchi, imoratlar butunlay qulaydi;
11 – dahshatli, kanalizasiya, kabel va elektr simlari uziladi;
12 – yer yuzasi o’zgarib, yorilib, burmalanib, tog’lar qulaydi, yerdan issiq suv chiqadi va ko’llar hosil bo’ladi.
Yuqorida qayd qilganimizdek, Yer sharida har yili 1000000 tacha zilzila bo’lib turadi, shundan 3 tasi 10 balli, 11 tasi 9 balli, 80 tasi 8 balli, 400 tasi 7 balli, faqat O’rta Osiyoda 10 yil ichida 5000 marta yer qimirlagani qayd qilingan.
Rixter va B.Guttenberglar yer qimirlash vaqtidagi energiyani aniqlash borasida ilmiy ishlar qildilar (100 km masofagacha ta`sir o’rganilgan).
Rixter bo’yicha 0 dan 8,8 - 9 ballgacha bo’ladi. 1966-yildagi Toshkent zilzilasi bizning shkala bo’yicha 8 ball, Rixter bo’yicha - 5,3 ballga to’g’ri keladi.
Rixter shkalasi zilzila paytidagi energiyani aniqlashga imkon beradi. Bir magnituda bo’lganda energiya – 106 J ga teng bo’ladi. Shunga ko’ra Toshkent zilzilasining ajratgan energiyasi 3×1013 J yoki 10 mln kvt - soatga tengdir.

Yüklə 146,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə