Urganch Ranch texnologiyalari Universiteti Kompyuter Injiniring yo‘nalishi sirtqi



Yüklə 70,65 Kb.
səhifə5/6
tarix11.12.2023
ölçüsü70,65 Kb.
#147491
1   2   3   4   5   6
Korrupsiyaga qarshi kurash bo\'yicha

Korrupsiyaning shakllari.

Korrupsiya” so‘zining lug‘aviy ma’nosi (lotin tilidan olingan) Sindirmoq, zarar yetkazmoq, buzmoq, bekor qilmoq. Rim huquqiga ko‘ra, yagona predmet bo‘yicha majburiyat munosabatlari tomonlaridan biridagi bir necha ishtirokchilar tushuniladi. Hozirgi kunda “korrupsiya” lotincha “corruptio”, ya’ni “buzish, sotib olish, pora evaziga og‘dirish” degan ma’noni anglatadi.
Korrupsiya albatta bugun paydo bo‘lgan illat emas, u qadimdan buyon mavjud bo‘lib kelmoqda. Qadimgi yunon faylasufi Aristotel shunday degan: “Har qanday davlat tizimida – qonunlar va boshqa farmoyishlar orqali ishni shunday tashkil qilish kerakki, unda mansabdor shaxs-larni noqonuniy yo‘l bilan boyishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.” G‘arb mutafakkirlaridan biri Sharl Mon-teskye korrupsiyani quyidagicha talqin etgan. “Asrlar tajribasidan ma’lumki, har qan-day hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan shaxs, uni suiiste’mol qilishga moyil bo‘ladi va u ma’lum bir maqsadga erishmaguncha shu yo‘nalishda yuradi.” Korrupsion qilmishlarga oid munosabat Vatanimiz tarixida ham ancha qadimdan mavjud. Xususan, buyuk bobomiz Amir Temurning “Temur tuzuklarida” ham amaldorlar xalqdan o‘lpon(soliq) yig‘ishda ham, “Ipak yo‘li” dan o‘tayotgan savdogarlar karvonlaridan olinadigan yig‘imlarni olishda adoltli va insof bilan yondoshishlari bel-gilab qo‘yilgan. O‘z davrining mutafakkirlari bo‘lmish A.Navoiy, Mirzo Ul-ug‘bek, Ahmad Donishlarning asarlarida ham amaldorlar tomonidan oddiy xalqni ishonchini suistemol qilish holatlari qattiq tanqid ostiga olingan. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.Karimov mazkur turdagi jinoyatni shunday: “Jinoyatning yopiq va eng qabih turi bor. Bu korrupsiya va poraxo‘rlik. Bu illat nafaqat islohotlar yo‘liga jiddiy to‘siq, balki o‘tish davrida belgilangan maqsadlarga erishishga bevosita tahdid tug‘diradi” deb ta’riflab, bu jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha bir qator tavsiyalar bergan edi. Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev Oliy Majlis palatalrining qo‘shma majlisidagi “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz ”mavzusidagi ma’ruzasida: “Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni so-dir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo, albatta, muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur” deb ta’kidladi.
BMTning ma’lumotnoma-hujjatida (1995): Korrupsiya – shaxsiy manfaatlar yo‘lida foyda olish uchun davlat hokimiyatini suiiste’mol qilish.
Korrupsiya - barcha davlatlar uchun xarakterli hodisa. Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro huquq manbalari:
Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida Amerika davlatlari konvensiyasi (1996)
Jinoyatchilikka qarshi kurashda MDHga a’zo davlatlarning hamkorligi to‘g‘risida bitim (1998
Korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida konvensiya (Yevropa Kengashi, 1999)
Korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida konvensiya (Afrika Ittifoqi, 2003)
Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha BMT konvensiyasi (2003)

Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha BMT konvensiyasi(BMT Bosh Assambleyasi, 58/4-sonli qaror, 2003 yil 31 oktabr)


Preambula 8 ta bob, 71 ta moddadan iborat. Preambula (fr. preambue – so‘z boshi, muqaddima) – huquqiy hujjatlar, deklaratsiya, konvensiya va boshqa xalqaro shartnomalarni tayyorlashda so‘zboshi sifatida asosiy maqsadni belgilash qismi. Konvensiya 2005 yilning 14 dekabrida kuchga kirgan. Uni 158 ta davlat ratifikatsiya qilgan.
BMT Bosh kotiblari korrupsiya haqida: Kofi Annan “Korrupsiya – bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir.” Antoni guterrrish “Korrupsiya – bu ijtimoiy taraqqiyotni izdan chiqaruvchi, tengsizlik va adolatsizlikni yuzaga keltiruvchi, barcha mamlakatni buzuvchi kasallikdir.”

Xulosa
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Prezidentimizning 2020 yil 24 yanvar kuni Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida “Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha a’zolari, ta’bir joiz bo‘lsa, “halollik vaksinasi” bilan emlanmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erisha olmaymiz. Biz
korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga o‘tishimiz kerak”, deb ta’kidlab o‘tdilar.
Korrupsiya muammosiga qarshi kurashishda huquqiy savodxonlik, odamlarni halol mehnat qilishga undash, yoshlarda o‘z bilimi, kuch-g‘ayrati va ijodiy qobiliyati bilan yuksak marralarga erishish hissini tarbiyalash, barcha bo‘g‘indagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlarida, fuqarolarda korrupsiyaga nisbatan toqatsizlik madaniyatini shakllantirishning ahamiyati juda katta. Shu jihatdan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun fuqarolar huquq va erkinliklari himoya qilinishini ta’minlashning qo‘shimcha huquqiy kafolatlarini yaratadi, jamiyatdagi siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy tizim salohiyatini yuksaltirib eng muhimi, xalqimizning davlatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi. Shuningdek, ular bu borada jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi, korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritishi hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilishi mumkin.
Ahamiyatli tomoni, Qonun barcha davlat organlari va jamoat birlashmalari o‘zaro bahamjihatlikda faoliyat yuritishi lozimligini, shaxslarni birlashtirish, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalarining davlat idoralari bilan birgalikda ish olib borishi va huquqiy targ‘ibot samaradorligini kuchaytirishni taqazo etmoqda. Chunki faqat kuchli fuqarolik jamiyati barpo qilib va astoydil kurashibgina korrupsiyaning oldini olishga erishishimiz.


Yüklə 70,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə