Universal Impact Factor: 7,1 issn: 2181-2454



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix21.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#129585
1   2   3   4   5   6   7   8   9
islomda-axloqiy-qadriyatlar

MUHOKAMA VA NATIJALAR
Diniy imon bilan birga inson tajribasi, bilimi tufayli yuzaga kelgan dunyoviy 
imon ham bor. Dunyoviy imon mazmunini olam va odam haqidagi so‟nggi ikki yarim 
ming yil mobaynida kashf etilgan ilmiy-falsafiy bilimlar, mehnat ahlining to‟plagan 
hayot tajribasi, ijtimoiy xotirasi, turli-tuman udumlar, urf-odatlar, rasm-rusumlar, 
an‟analar va ular zamiridagi bilimlar tashkil etadi. Dunyoviy imonning o‟zagi 


CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) 
Google Scholar
 
Universal Impact Factor: 7,1
 
ISSN:2181-2454
 
www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-2-385-393 
VOLUME 2 | ISSUE 2 | 2022
Tashkent, Uzbekistan 388 E-mail: carjisor@carjis.org 
odamiylikdan iborat bo‟lib, uning tarkibiga kiradigan unsurlar, qirralar, jihatlar 
g‟oyat turli-tumandir. Odamiylik deganda xalqimiz uzoq tarixi davomida turli 
sinovlardan o‟tib sayqal topib kelayotgan va faqatgina ijobiy fazilatlar tarzida 
e‟zozlanadigan ma‟naviy-ahloqiy qadriyatlarni tushunsak bo‟ladi. Odamiylik g‟oyasi 
xalqimizning butun turmush tarziga, urf-odatlari hamda an‟analariga, uning mislsiz 
boy og‟zaki va yozma ijodiga, mumtoz adabiyotimiz va san‟atimizga singib ketgan 
bo‟lib, hozircha chuqur o‟rganilib umumlashtirilgani yo‟q.Dunyoviy imon odamlarni 
to‟g‟ri yo‟ldan borishga qaratilgan ma‟naviy qadriyatlar tizimidir. Imonli bo‟lishning 
mohiyatini hayo, andisha, shirin so‟zlilik, halollik va adolatlilik, or-nomuslilik, 
vijdonlilik, vafodorlik, mehnatsevarlik, sahovatlilik, mehr-muhabbatlilik, hayr-
ehsonlilik kabi ahloqiy qadriyatlardan iborat ekanini ko‟ramiz. Demak, imon komil 
insonnnig yetuk ma‟naviy fazilatlari majmuidir.Imonsizlik esa vijdonsizlik, 
e‟tiqodsizlik, tuban yo‟llarga yurish, ahloq, odob, insonparvarlik qoida va talablariga 
rioya qilmaslikdir. 
“Otang bolasi bo‟lma, odam bolasi bo‟l”, “O‟zingga ravo ko‟rmaganni 
boshqaga ham ravo ko‟rma”, “Yomon o‟z g‟amida, yaxshi – el g‟amida” singari 
hikmatlarda ajdodlarimiz ardoqlagan insoniylik qadriyatlarining bir zarrasigina aks 
etgan, xolos.Diniy va dunyoviy imonning mohiyatida tafovut bo‟lsa ham, ularning 
mazmuni va shakliy tuzilishi bir xil. Chunonchi, diniy imonda hamma narsani 
yaratguvchi zot Allohga, dunyoviy imonda esa odamiylikka, chin insoniylikka urg‟u 
beriladi. Ularning har ikkovi ham aslida kishini chinakam, bosh harflar bilan 
yoziluvchi INSON bo‟lib tarbiya topishiga qaratilgan.Imonli odam boshqalarning 
diliga ozor bermaydi, balki odamlar qalbiga nur, ziyo ulashadi, ularni faqat yaxshi, 
ezgu amallarga o‟rgatadi. 
Imon kishilik hayotida shu qadar hal etuvchi mavqega egaki, usiz chin 
ma‟nodagi inson ham, ahloq ham, demakki jamiyat ham bo‟lmaydi.Imonli bo‟lishga 
intilish qiyin hamda mashaqqatlidir. Imonli odam barcha qiyinchilik va 
mahrumliklarga ongli ravishda bardosh bergan holda halol-poklik, insof-diyonatlilik, 
saxiylik, ezgulikni ulug‟lash va yovuzlikka qarshi kurash, vatanparvarlik, 
xalqparvarlik kabi fazilatlarni o‟zida gavdalantirishga harakat qiladi va shunga 
erishadi. U ma‟naviy boylik va go‟zallikni moddiy to‟kin-sochinlikka aslo qurbon 
qilmaydi. Odamlar uchun yashash, ularning dilini o‟rinsiz og‟ritmaslik, birovning 
haqiga xiyonat qilmaslik imonli insonning hayot dasturidir. 
Yuqorida aytganimizdek, dunyoviy imonda ko‟proq inson ahloqidagi 
odamiylikka urg‟u beriladi. Kundalik hayotda imon so‟zi keng qo‟llaniladi. Bunda 
dunyoviy imon ma‟nosi ko‟zda tutiladi. Chunonchi xalqimizda ayrim kishilarning 
o‟ta ahloqsizlik hatti-harakatiga nisbatan “imonsiz” degan haqoratomuz ibora 



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə