Mustaqil Ta`lim topshirig`i. 4 – topshiriq: keys stady tayyorlash Mavzu: O`qituvchi va o`quvchi o`rtasidagi muloqot



Yüklə 14,2 Kb.
tarix26.10.2023
ölçüsü14,2 Kb.
#131040
M T 4 -topshiriq KEYS STADY


Mustaqil Ta`lim topshirig`i.
4 – topshiriq: KEYS STADY tayyorlash. .
Mavzu: O`qituvchi va o`quvchi o`rtasidagi muloqot

  1. Vaziyat: Dars boshlanish arafasida. O`qituvchi xonaga kirganida bolalar o`z joylarida emas, to`da-to`da bo`lib turib nim larnidir muhokama qilishyapti. Bu holatda, o`qituvchi jahli chiqgan yuz mimikasi, oyoq bosish tempi, tashqi ko`rinishidagi hatti- harakatlarini namoyon qilgan holda harakat qildi. Buni ko`rgan bolalar hovliqqan holda joylariga o`tirishga harakat qilishdi va bu chamasi 15 daqiqa vaqtni oldi to guruh tinchlanib olguniga qadar. Va albatta dars boshidagi kayfiyat dars so`ngigacha ta`sirini o`tkazmay qolmadi, jazolanishlar, past baho olishlar va shu bilan birgalikda uyga vazifa bajarmaganlarni darsdan chetlashtirish holatlari ham kuzatildi. Dars so`ngida esa dars avvalidagi 15 daqiqa uchun o`qituvchi o`quvchilarni tanaffus vaqtida ham darsda olib qoldi. Dars so`ngida guruhdagi o`quvchilarga: “Uyga vazifa bajarmagan o`quvchilar kengi safar ota yoki onasi bilan kelishlari haqida aytib qo`yishlarini” gapirib, chiqib ketdi

  2. Vaziyatni baholash: Bu vaziyatda ham qator pedagogic vaziyatlar to`plami mavjud. O`qituvchi va o`quvchi orasidagi munosabat yaxshi emas. Dasr so`ngidagi vaziyat haqida gapirsak, maktab qonun qoidalariga to`g`ri kelmaydigan yo`l tanladi. Chunki tanaffus vaqtida bolalar bir darsdan ikkinchi darsga tayyorlanishlari uchun, “avval iqtisod kegin siyosat” deganlaridek tanovul qilib olishlari uchun ajratilgan vaqt hisoblanadi. Bu huquqdan cheklash orqali bolalarni kengi darslarni ham yomon o`zlashtirishlariga sabab bo`la oladi. Dars vaqtidagi holat yaxshi bo`lsa, bolalar javoblari to`gri bo`lsa , dars avvalidagi holat uchun ularni jazolash, past baholash bu noto`g`ri. Uyga vazifa bajarmagan bolalarni “ikki baho” qo`yib ogohlantirish to`g`ri, lekin guruhdan chetlashtirish noto`gri, chunki bugun darsda bo`lmasa mavzuni eshita olmaydi va kelasi darsda ham o`zi hohlasa ham uyga vazifani bajarib kela olmaydi. Har safar uyga vazifa yo`qligi uchun chetlashtirilaversa bu bola o`quv yili davomida fanni o`zlashtira olmaydi. Darsni bu tarzda qattiqo`llik bilan olib borilishi albatta fanni va o`qituvchini yomon ko`rib qolishga olib keladi.

  3. Nima bo`lishini oldindan aytish: O`quvchilar tomonidan fanga nisbatan qiziqish yo`qoladi. O`qituvchi-o`quvchi munosabatlari qo`rquv asosiga quriladi, hurmatga emas. Tanaffus vaqtida olib qolinganligi hisobiga keyingi darsga ham kech qolish holatlari kuzatiladi va kim kafolat beradi u o`qituvchi ham qattiqqo`llik bilan chora ko`rmasligiga. Bolalar noroziligi va e`tiroziga sabab bo`lishi.

  4. Keysga savol – javob:

1. O`qituvchining o`rnida nima qilgan bo`lardingiz?
2. Sizningcha kayfiyatga qarab o`quvchilar bilimini baholash qanchalik to`g`ri?
3. Tannafus vaqtida qo`shimcha ushlab qolish usuliga qo`shilgan bo`larmidingiz?

  1. Sizning harakatingiz qanday bo`lar edi?: O`qituvchi sifatida guruh honasiga kirganimda o`quvchilarni darsga tayyor emaslik holatini ko`rganimda guruh sardorini chaqirib 5 daqiqa muhlat guruh darsga tayyorlanib olishi uchun vaqt berib, eshik tashqarisida kutar edim. Va albatta muhlat tugagach sinf xonasiga kirar edim bu orqali o`quvchilarni o`qituvchilarga bo`lgan hurmati ya`ni “Assalomu alekum hurmatli ustoz” so`zlarini birgalikda va anglagan holda etilishga muvofaq bo`lardim. O`qituvchi va o`quvchi orasidagi munosabatlarni mustahkamlsh maqsadida “Nima mavzusa muhokama ” bo`layotganini so`ra edim va o`z fikrlarim bilan bo`lishar edim. Bu orqali o`quvchilarning o`qituvchiga bolgan ishonchi oshadi va kerak paytda yordam so`ray oladigan shaxs sifatida gavdalanishga turtki bo`ladi. O`qituvchining kayfiyati dars jarayoni va baholash tizimiga ta`sir ko`rsatishi kerak emas albatta.Uyga vazifa bajarmagan o`quvchilarga kelsak, nima qiyinchilik bo`lganini, sababimi so`rash maqsadga muvofiq “Ikki baho” qo`yishdanda avval. (Mavzuga tushunmaganmi, vaqti bo`lmaganmi, yoki betobligi sababmi va albatta dangasalik bo`lsa albatta cgora ko`rish o`rinlidir.) Bu kabi o`quvchilarni oldi qatorga yaxshi o`qiydigan o`quvchilar b ilan birga o`tqazib qo`ygan bo`lardim. Tanaffus vaqtida ularni ham o`zimning ham vaqtimni o`g`irlamagan bo`lardim. Chunki ular singari men ham kengi darsga tayyorgarlik ko`rishim kerak.

  2. Yechim: O`qituvchi tomonidan bolalarga tushuntirish yo`li orqali kelgusi darsda o`z vaqtida darsga tayyor bo`lib o`tirshlari kerakligini aytish. Bo`lmasa bugunguga o`xshab mavzuni tushunirishga baholanish uchun vaqt yetmasligini ularga tushuntirish. Uyga vazifa bajarmagan bolalarbilan birga darsdan so`ng ishlash(guruh yoki individual shaklda).

Yüklə 14,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə