Mavzu: Murakkab Nogironlik tushunchasi va uning turlari Reja: Kirish



Yüklə 38,05 Kb.
səhifə1/6
tarix19.12.2023
ölçüsü38,05 Kb.
#151882
  1   2   3   4   5   6

Mavzu: Murakkab Nogironlik tushunchasi va uning turlari
Reja:
Kirish
1. Murakkab nogironlar bilan ijtimoiy ish va uning xususiyatlari.
2. Nogironlar bilan ijtimoiy ishga tarixiy yondashuv.
3. Nogironlar bilan ijtimoiy ishga huquqiy yondashuv.
4. Nogironlar bilan ijtimoiy ishga ijtimoiy ta’minot tomonidan yondashuv
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar



  1. Nogironlar bilan ijtimoiy ish va uning xususiyatlari

Nogironlik, invalidlik — kasallik, shikastlanish, mayib-majruhlik, baxtsiz hodisalar tufayli butunlay yoki maʼlum muddat mehnat qobiliyatini yoʻqotish. Jismoniy yoki akliy nuqsonlari borligi sababli ijtimoiy yordam va himoyaga muhtoj shaxs nogiron hisoblanadi. Oʻzbekistonda Nogironlik Tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) tomonidan belgilanadi. Nogironlik mehnat qobiliyatini yoʻqotish darajasiga qarab 3 guruhga boʻlinib, vaqtincha (6—12 oy) yoki muddatsiz qilib tayinlanadi.
1-guruh Nogironligiga mehnat qobiliyatini butunlay yoʻqotgan va boshqaning doimiy parvarishi, yordami, nazoratiga muhtoj boʻlgan shaxslar; 2-guruh Nogironiga mehnat qobiliyatini butunlay yoʻqotgan, lekin boshqalarning doimiy parvarishiga muhtoj boʻlmagan, shuningdek, mehnat turidan qatʼi nazar, unda uzoq muddat ishlay olmaydigan shaxslar; 3-guruh Nogironligiga mehnat qobiliyati sezilarli darajada pasaygan shaxslar kiradi. Nogironlar davlat nafaqasi bilan taʼminlanadi, zarur boʻlganda davolanadi, ularga protezlar beriladi, ishga, maxsus maktablarga joylashtirish uchun sharoit yaratiladi. Nogironlarni tibbiy, ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya qilish orqali faol hayotga, mehnatga jalb qilish dolzarb masala hisoblanadi.
BMT doirasida “Nogiron” atamasi o‘rniga “nogironligi bo‘lgan shaxs”dan foydalanish taklif qilinmoqda. O‘zbekistonda BMTning nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyasini ratifikatsiya qilishning zarurligi qayd etilmoqda.

Yüklə 38,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə