U. G‘afUrov, Q. SharIpov


YaKKa TarTIBDaGI TaDBIrKorLIKNING aSoSIY



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/119
tarix22.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#112172
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   119
tadbirkorlik asoslari 11 uzb

YaKKa TarTIBDaGI TaDBIrKorLIKNING aSoSIY 
XUSUSIYaTLarI
Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyat turi va uni yuritish joyiga qarab 
eng kam ish haqiga karrali miqdorlarda qat’iy belgilangan soliq to‘lovlarini 
amalga oshiradilar.
Eng kam ish haqi 
– davlat tomonidan mamlakatda muayyan vaqt 
davri (masalan, soat, kun, hafta, oy yoki yil) uchun mehnatga haq 
to‘lashning belgilangan eng kam miqdori.
Misol uchun, qonun hujjatlariga asosan Toshkent shahridan ro‘yxatdan 
o‘tgan, oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini chakana sotish faoliyati 
bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor eng kam ish haqining 
7 barobari miqdorida qat’iy belgilangan soliq va eng kam ish haqining 
1 barobari miqdorida sug‘urta badali summasini to‘lashi lozim. 2018-yil 
1-yanvar holatiga ko‘ra, eng kam ish haqi 172 240 so‘mni tashkil etadi. 
Bu davr uchun yakka tartibdagi tadbirkor to‘lashi zarur bo‘lgan qat’iy 
belgilangan soliq summasi 1 205 680 so‘m (172 240 × 7)ni, sug‘urta badali 
summasi esa 172 240 so‘m (172 240 × 1)ni tashkil etadi.
Yakka tartibdagi tadbirkor O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama
-
si tomonidan belgilangan tartibda xodimlarni yollashga haqli. O‘zbekiston 


19
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-iyuldagi 219-sonli qaro
-
ri bilan tasdiqlangan «Xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlarni yollagan 
holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom 
bunga asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Xodimlar yollangan taqdirda har bir xodim uchun yakka tartibdagi tad
-
birkor tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat bo‘yicha nazarda tutilgan 
stavkaning 30 foizi miqdorida qat’iy belgilangan soliq to‘lash majburiyati 
yuklatiladi.
Hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tad
-
birkorlar tovarlar tayyorlash (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) uchun 
ko‘pi bilan besh nafar shogirdni ularga tegishlicha haq to‘lagan holda 
jalb etishga haqlidir.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə