U. G‘afUrov, Q. SharIpov


o‘rTaCha YILLIK XoDIMLar SoNI



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/119
tarix22.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#112172
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   119
tadbirkorlik asoslari 11 uzb

o‘rTaCha YILLIK XoDIMLar SoNI
Korxonadagi xodimlarning o‘rtacha yillik soni barcha oylarda mavjud 
bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha oylik sonini qo‘shish va uni 12 oyga bo‘lish 
orqali aniqlanadi.
Ushbu ko‘rsatkichni aniqlash uchun xodimlarning yil mobaynidagi 
o‘rtacha oylik sonini hisoblab chiqish zarur. Xodimlarning o‘rtacha oylik 
soni ularning har kungi sonidan kelib chiqib belgilanadi. Ushbu miqdor 


28
oyning kalendar kunlariga bo‘linadi. Dam olish yoki bayram kunlaridagi 
xodimlarning soni bundan oldingi ish kunlaridagi xodimlar soniga teng deb 
qabul qilinadi. Misol uchun, yanvar oyining 25-sanasiga qadar korxonada 
22 nafar xodim ishlar edi. 26-yanvarda 4 nafar xodim o‘z vazifasidan 
ozod etildi. Yanvar oyidagi xodimlarning o‘rtacha oylik soni quyidagicha 
hisoblanadi:
22 25 18 6
31
21
× + ×
=
kishi
Shu usulda boshqa oylar uchun ham xodimlarning o‘rtacha oylik soni 
hisoblab chiqilib, barcha oylardagi miqdorlarni qo‘shib, chiqqan natijani 
12 ga bo‘lish orqali xodimlarning o‘rtacha yillik soni aniqlanadi.
Yanvar fevral Mart aprel May Iyun Iyul avgust Sentabr oktabr Noyabr Dekabr
21
41
50
89
87
88
120
118
90
45
32
16
21 41 50 89 87 88 120 118 90 45 32 16
12
66
+ + + + + +
+
+ + + +
=
kishi.
Demak, bizning misolda xodimlarning o‘rtacha yillik soni 66 kishini 
tashkil etadi. 
BU QIZIQ...
Amerika Qo‘shma Shtatlarida 30 mln. dan ortiq kichik korxona 
ro‘yxatga olingan. Ushbu raqam o‘rta va yirik firma hamda kompa-
niyalarning sonidan 2 000 baravar ortiqdir. Kichik biznes tashkilotlarida 
butun Amerikaning 70% aholisi mehnat qiladi. Mazkur dalil mutlaqo 
har bir odam o‘z biznesini ochish imkoniga ega ekanligini ko‘rsatadi. 
Korxonalarning faqat 55% i to‘rt yildan ortiq faoliyat yuritadi. Tax
-
minan 55%ga yaqin xususiy korxonalar ro‘yxatdan o‘tgandan boshlab 
besh yil davomida yopilib ketadi. Buning sababi shundaki, korxona 
tarkib topishining dastlabki bosqichida tadbirkorlar raqobatning yuqori 
darajasiga bardosh berolmaydilar, ma’lum xatoliklarga yo‘l qo‘yadilar 
va h.k. Har qanday firma uchun esa o‘z hayot siklining eng murakkab 
davrlaridan biri davomiyligi uch yildan yetti yilgacha bo‘lgan dastlabki 


29
bosqich hisoblanadi. Agar korxona mazkur bosqichni nisbatan yumshoq 
bosib o‘tgan bo‘lsa, u holda uning muvaffaqiyati kafolatlangan bo‘ladi.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə