Turli muhitlarda elektr toki mavzusini o‘rganish maqsadlari va vazifalari


Vakuumda tok mavjud bo‘lish shartlari



Yüklə 82 Kb.
səhifə6/6
tarix28.11.2023
ölçüsü82 Kb.
#137298
1   2   3   4   5   6
O‘zgarmas tok tarixi va hozirgi kunda tutgan o’rni

Vakuumda tok mavjud bo‘lish shartlari.

Vakuum haqida gapirilganda, yuqori vakuum nazarda tutiladi. Bunday vakuumni hosil qilish uchun havoni shunchalik siyraklashtirish kerakki, bunda idish ichida qolgan gazda molekulalarning o‘rtacha erkin yugurish uzunligi idish o‘lchamidan yoki idish ichidagi elektrod orasidagi masofadan katta bo‘lsin. Binobarin, idishda vakuum hosil qilingan bo‘lsa, undagi molekulalar deyarli o‘zaro to‘qnashmaydi va elektrodlar orasidagi bo‘shliqdan erkin uchib o‘tadi. Bunda ular faqat elektrodlar yoki idish devorlari bilan to‘qnashadi. Yuqori vakuumga erishish uchun gazni siyraklashtirish faqat gaz bosimiga bog‘liq bo‘lib qolmasdan, u turgan idish o‘lchamiga ham bog‘liq bo‘ladi. Masalan, elektrodlari orasidagi masofa 10 sm bo‘lgan idishda yuqori vakuum gaz bosimi 10-3 mm sim. ust va undan past bosimda erishiladi. Eng yuqori vakuumga erishilsa ham masalan, р=10-7 mm sim. ust. bosimda ham 1 sm3 gazda bir necha milliard molekula mavjud bo‘ladi. Hozirgi paytda o‘ta yuqori vakuum yaratishga erishilgan, bunda idishda qolgan havoning bosimi 10-12 mm sim ust. ga teng bo‘ladi. Vakuumda tok mavjud bo‘lishi shartini tushuntirish uchun vakuumli diod bilan quyidagicha tajriba o‘tkazish kerak. Bunday asbob sifatida to‘g‘ri tolali termokatodli vakuum dioddan foydalaniladi. Bu lampada qolgan havoning bosi-mi 10- mm sim, ust. ga teng, ya’ni yuqori bosim hosil qilingan. Avval vakuumga erkin zaryad tashuvchilar kiritilganda u o‘tkazadi-gan muhit bo‘lib qolishi, masalan, termoelektron emissiyada tok o‘tkazadigan bo‘lishi namoyish qilinadi. Diod zanjiriga ko‘rgazmali galvanometr ulab, katod qizimaguncha lampa zanjirida tok bo‘lmas-ligi ko‘rsatiladi. Chug‘langan lampa katodida zaryadlangan manfiy zarrachalar uchib chiqishini isbotlash uchun tajriba o‘tkaziladi.


Adabiyotlar:

1.Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi.-O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi.-: 2000.
2.Karimov I.A. Barkamol avlod-O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.- Sharq, 1998.
3.Bugayev A. I. Metodika prepodovaniya fiziki v sredney shkole. –M: Prosvesheniye, 1981.
4.Isaak N’yuton. Matematicheskiye nachala naturalnoy flosofii.-M : Nauka,1989.
5.Razumovskiy V.G.,Xijnyakova L. S. Sovremenno‘y urok v sredney shkole.-M: Prosvesheniye, 1983.
6.Dimonstratsionny ekspriment po fizike v sredney shkole. ch.1-2. 1978.
7.Kamenskiy S.Ye., P.V. Orexov Fizikadan masalalar yechish metodikasi.- T: O‘qituvchi, 1989.

8.Dadaxujayev P., Botirov M. Fizika kabinetlarini jihozlash. –T: O‘qituvchisi, 1984.
9.O‘rta maktabda fizika va astronomiya o‘qitish. /L. I. Reznikov tav. os. –T: O‘qituvchi, 1974.
10.Tursunmetov K. A., Xudoyberganov A. M. Fizikadan praktukum: Akademik litsey va kasb-ҳunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma.– : O‘qituvchi, 2002.
11.Tursunov Q.Sh. Fizika o‘qitishda belgili modellar.-Toshkent shahri, j:\Xalq ta’limi-27-29 b.-№3-4 sonlari, 1994.
12.Tursunov Q.Sh. Fizikadan darslarni rejalashtirish (IX sinf) Metodik qo‘llanma, - 1994.
13.Tursunov Q.Sh. Fizikadan darslarni rejalashtirish (X sinf) Metodik qo‘llanma, - 1994.
Yüklə 82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə