|
Turizmdagi maxsus turlarning tasnifi, tavsifi va geografiyasi
|
səhifə | 3/5 | tarix | 30.12.2023 | ölçüsü | 202,44 Kb. | | #166662 |
| TURIZMDAGI MAXSUS TURLARNING TASNIFI3. G`orshunoslik turizmi
O`lkamizdagi tarixiy g`orlar,g`orlar haqidagi malumotlar, tarixiy shaxslar hayoti bilan bog`liq g`orlar, paleontologik g`orlar, g`orlardan o`tmishda va hozirda foydalanish, yer osti qasrlariga sayohatga qiziqish.
4. Sirk turizmi
Sirkdagi mashhur kishilar - sanatkorlar, sehrgarlar, gipnozchilar va hayvonot turlari ishtirokidagi o`yin dasturlariga qiziqish.
5. Agroturizm
Mamlakatimizdagi asosiy ekinlar, milliy gulchilik, introduksiya, o`simliklar seleksiyasiga, qishloqdagi dehqonchilik, polizchilik, meva- sabzavotchilik, bahorikor va sug`orma dehqonchilikga qiziqish.
6. Xalqaro polvonlar bellashuvi turizmi
Vatanimizda xalq polvonlari o`yinlari va xalqaro polvonlarning bellashuviga qiziqish.
12. Hayot uchun xavfli sport o`yinlari turizmi
Bu turlar asosan xorij mamlakatlarida rivojlanib bormoqda. Hayot uchun xavfli sport o`yinlari turizmdagi bazi bir turlar faqat jahonda faqat bitta davlatda rivojlangan (masalan, korrido Portugaliyada, asov otni jilovlash Ispaniyada) bo`lib turizm mavsumida bu hayot uchun xavfli o`yinlarni millionlab turistlar hayajon, qo`rquv va qiziqish bilan tomosha qiladilar. Bur turlarni ba`zida ekstremal turizm turlari deb ham atashadi.
12.1. Beys jamping - baland qoya va binolardan parashyutda sakrash.
12.2. Xelisking - chang`ida vertolyotdan qorli tik qoyaga sakrash.
12.3. Dayving – suv ostiga sho`ng`ish.
12.4. Keyv-dayving - suv osti g`orlariga sayohat.
12.5. Bull – rayding – asov ho`kizni (buqani) jilovlash.
12.6. Korrido – asov otni jilovlash.
12.7. Syorfing – okean, dengizning shiddatli, baland to`lqinlaridan taxta chang`ida suzib o`tish.
Dostları ilə paylaş: |
|
|