Turizmda transport xizmatlarini tashkil etish



Yüklə 1,75 Mb.
səhifə2/3
tarix13.10.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#127474
1   2   3
Turizmda transport xizmatlarini tashkil etish

Tarix sahifalari

  • 1992-yil Londonga birinchi reys amalga oshirildi. Karachi, Dehli, Kuala-Lumpur, Tel-Aviv, Pekinga yangi xalqaro marshrutlarni o’zlashtirishga kirishildi.
  • 1993-yil Toshkent birinchi marta A-310 aerobusini qabul qildi. Frankfurt va Bangkokga reyslar ochildi, aviakompaniya MDX da birinchi bo’lib Yevropa sifat sertifikatini oldi.
  • 1994-yil Afina, Manchester, Seulga reyslar ochildi. Yana bir A-310 aerobusi sotib olindi.
  • 1999-yil Toshkent-Kiyev-Nyu York yangi qit’alararo trassasi ochildi. Yapon turistlarini Nagoyadan Toshkentga tashish bo’yicha charter dasturi bajarildi.
  • 2000-yil Rim, Birmingem, Amritsarga yangi marshrutlar ochildi. Aviakompaniya aviabiznesdagi xizmatlari uchun “Yevromarket 2000” sovrini bilan taqdirlandi.

Harakatlanadigan tarkib tasnifi va turistik avtobuslarga qo’yiladigan talablar

  • Avtobus- o’tirish uchun 8 kishidan ortiq o’rindiqli (haydovchining o’rindig’idan tashqari) yo’lovchilar tashish uchun mo’ljallangan dvigatelli avtotransport vositasi. Avtobuslar belgilangan marshrutlar bo’yicha nazarda tutilgan bekatlarda yo’lovchilarni olgan va tushirgan holda yoki buyurtmachi- yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan belgilangan marshrutlar bo’yicha yo’lovchilarni tashish uchun mo’ljallangan.
  • Hududiy belgiga qarab, shaharda yo’lovchi tashish, shahardan tashqariga yo’lovchi tashish, shaharlararo yo’lovchi tashish va xalqaro yo’nalishlarda yo’lovchi tashish bilan farqlanadi.
  • Tashish vazifasiga qarab, umumiy foydalaniladigan avtobuslar, turistik-ekskursiya avtobuslari va maxsus avtobuslar (maktab avtobuslari, vaxta avtobuslari, hodimlarni shahar yo’lovchi transporti umumiy yo’nalishlaridan uzoqda joylashgan ishlab chiqarish obyektlariga eltish uchun mo’ljallangan avtobuslar va hokazo) farqlanadi.
  • O’rindiqlar soniga ko’ra, juda kichkina sig’imli avtobuslar (8-15 o’rindiqli mikroavtobuslar- UAZ, RAF, Gazel va h.k.); kichik sig’imli (21-26 o’rindiqli) avtobuslar; o’rtacha sig’imli (33-34 o’rinli) avtobuslar; katta sig’imli (41-45 kishiga mo’ljallangan) avtobuslar hamda o’ta katta sig’imli (51-56 tadan 80 tagacha o’rinli) avtobuslar farqlanadi.

Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə