Turizmda transport xizmatlarini tashkil etish



Yüklə 1,75 Mb.
səhifə1/3
tarix13.10.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#127474
  1   2   3
Turizmda transport xizmatlarini tashkil etish

Turizmda transport xizmatlarini tashkil etish

Reja:

  • 1. Turistlarga havo transportida xizmat ko’rsatish
  • 2. “O’zbekiston havo yo’llari” milliy aviakompaniyasida yo’lovchilar tashish
  • 3. Harakatlanadigan tarkib tasnifi va turistik avtobuslarga qo’yiladigan talablar
  • 4. Turistlarga suv transportida xizmat ko’rsatish
  • 5. Turistlarni hayvonlarda tashish

Turistlarga havo transportida xizmat ko’rsatish

  • Aviatashuvlar boshqa transport vositalari bilan xizmat ko’rsatishga nisbatan bir qancha o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bu, eng avvalo, ob-havo sharoitiga bog’liqligi hamda samolyotlarning uchish va qo’nish joylaridagi landshaft bilan bog’liq. Bundan tashqari, harakatlanadigan tarkibdan foydalanish shart-sharoitlari aeroportlarni aholi yashaydigan joylardan tashqariga chiqarishga majbur qiladi va yo’lovchilar bevosita uchishga tayyorgarlik ko’rishi uchun ancha ko’p vaqtni taqozo etadi. Shunga qaramay, aviatashuvlar o’zining asosiy ustunligi- manzilga juda tez eltib qo’yishi bilan yer usti va suv transporti bilan jiddiy raqobatlashadi.
  • Aviatashuvlarni tartibga solish xalqaro qonunchilik (agar tashuv xalqaro xususiyatga ega bo’lsa) yoki milliy qonunchilik (agar tashuv ichki xususiyatga ega bo’lsa) asosida amalga oshiriladi.
  • Xalqaro fuqaro aviatsiyasi sohasidagi dastlabki huquqiy hujjatlardan biri 1929-yilda qbul qilingan “Xalqaro aviatashuvlarga daxldor ayrim qoidalarni unifikatsiya qilish to’g’risida”gi Varshava konvensiyasidir. Ushbu normativ huujjatdsa quyidagilar o’z ifodasini topgan:
  • xalqaro aviatashuvlar ta’rifi;
  • aviatashuvchilar tomonidan havoda yo’lovchi va bagaj tashish tartibi;
  • tashish shartnomasini tasdiqlovchi asosiy tashish hujjatlari;
  • tashuvchining javobgarligi tartibi;
  • ushbu konvensiyaga davlatlarning qo’yilishi tartibi.

“O’zbekiston havo yo’llari” milliy aviakompaniyasida yo’lovchilar tashish

  • “O’zbekiston Havo Yo’llari” milliy aviakompaniyasini tashkil etish to’g’risidagi farmon 1992-yil 28-yanvarda imzolandi. Shu sanadan e’tiboran mustaqil O’zbekistonning fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish davlat dasturi amalga oshirida boshlandi. U samolyot parkini qayta tashkil etishni, mavjud aeroportlarni rekonstruksiya qilish va yangi aerovokzal komplekslari qurishni, IKAO talablariga muvofiq aeroportlarni qayta jihozlashni, yuqori malakali kadrlar tayyorlash bazasini vujudga keltirishni o’z ichiga olar edi.
  • Bugungi kunda “O’zbekiston Havo Yo’llari” milliy aviakompaniyasi jahonning yetakchi aviatashuvchilari qatoridan munosib o’rin egallagan. Aviakompaniyaning xalqaro havo yo’llari Amerika va G’arbiy Yevropadan Yaponiya va Malayziyagacha bo’lgan hududlarni qamrab oladi.

Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə