Tuproqning mineralogik tarkibi


Amorf va yashirin kristallik ikkilamchi minerallar



Yüklə 404,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/14
tarix23.09.2023
ölçüsü404,28 Kb.
#122901
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Kitob 2285 uzsmart.uz

Amorf va yashirin kristallik ikkilamchi minerallar
. Tuproq tarkibidagi 
amorf tuzilishdagi minerallar tog‘ jinslarining nurashi, yemirilishi, tuproq hosil 
bo‘lishi, o‘simlik hamda tirik jonivorlar qoldiqlarining mineralizatsiyasi jarayonida 
hosil bo‘ladi. 
Minerallar amorf holatda saqlanishi tuproq muhiti, namligi, harorati va 
boshqa sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, silikatlar va alyumosilikatlar amorf 
holatda tuproq muhitiga qarab o‘n, yuz ming yillar mobaynida saqlanib turishi 
mumkin, vaqt o‘tishi bilan ular minerallarning kristallik shakliga o‘tadi. Ammo 
amorf holatdagi kalsiy karbonatli cho‘kma tezlik bilan o‘z holatini o‘zgartirib 
yuboradi. Biroq oddiy ko‘z bilan amorf bo‘lib ko‘ringan minerallar, rentgenografik 
usullar bilan o‘rganilgan taqdirda yashirin kristallik holatda ekanligini aniqlash 
mumkin. 
1. Marganets, temir, alyuminiyning amorf oksidlari
tuproq tarkibida 
uchrab turadi. 
Vadilar
. Marganets ikki oksidli qora-qo‘ng‘ir, shokolad rangdagi 
minerallardan iborat bo‘lib, tarkibida ko‘p miqdorda suv va boshqa 
qo‘shimchalardan shakllangan vadi tarkibida kaliy, mis, rux, kobalt, bariy, nikel va 
boshqa elementlar uchraydi. 
Psilomelanlar
. Marganets yoki marganets kislotasining tuzilishidan iborat 
bo‘lgan metakolloid yoki kristallik tuzilishiga ega. Ba’zi olimlar psilomelanlarni 
polipermanganat toifasida quyidagi formulaga (R
1
Mn)OmMnO

·hH
2
O to‘g‘ri 
keladigan moddalar qatoriga kiritishgan. 


Vadi bilan psilomelanlar tabiatdan bir-biriga o‘xshash bo‘lib, ammo 
birinchisi akkumulyativ qaytarilish va ikkinchisi oksidlanish sharoitida hosil 
bo‘ladi. 
Vernadit, pirolyuzit, manganit
. Bu toifadagi marganets oksidining 
minerallari o‘zaro aralashgan yoki psilomelan va vadilar bilan birgalikda keng 
tarqalgan bo‘ladi. 
Vernadit
– MnO
2
· H
2
O – amorf yoki kuchsiz kristallik, yersimon 
kollomorf, konkreksiya shaklidagi mineraldir. 
Pirolyuzit
- MnO
2
- metakolloid yoki soxta kristallik qora yer rangidagi 
konkretsiyalar yoki plitalar shaklida uchraydigan mineraldir. 
Manganit
– Mn
2
O
3
· H
2
O – kristallik va metakolloid holatda bo‘lib, 
po‘stloqsimon, sferik, qazilmalar shaklida konkretsiyalar hosil qiladi. 

Yüklə 404,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə