Tta urganch filiali davolash fakulteti 401-a guruh talabasi quranbayev Jo'shqinbekning ichki kasalliklar fanidan tayyorlagan mustaqil ishi



Yüklə 3,29 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü3,29 Kb.
#133108
yurak nuqsonlari

TTA URGANCH FILIALI DAVOLASH FAKULTETI 401-A GURUH TALABASI Quranbayev Jo'shqinbekNING ICHKI KASALLIKLAR FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI

Yurak nuqsonlari

Yurak nuqsonlari Yurak nuqsonlari 2 xil bo'ladi 1. Tug'ma homila ona qornida paytida rivojlanadi 2. Orttirilgan hayot davomida turli kasalliklar tufayli yuzaga keladi

Tug‘ma yurak nuqsonlari bu – yurak va yirik qon tomirlar kasalligi bo‘lib, qon oqimi o‘zgarishlari, yurak yetishmovchiligiga olib keladi. Tug‘ma yurak nuqsonlarining uchrash ehtimoli tug‘iladigan barcha chaqaloqlarning 0,8 dan 1,2 % ini tashkil qiladi. Tug‘ma yurak nuqsonlari barcha tug‘ma nuqsonlarning 10-30 % ini tashkil etadi. Kardiologiyada ko‘plab uchrovchi yurak nuqsonlariga qorinchalararo to‘siq yetishmovchiligi, (20%), bo‘lmachalararo to‘siq yetishmovchiligi, aorta stenozi, aorta koarktatsiyasi, Batalov yo‘li yetishmovchiligi, yirik qon tomirlar tranpozitsiyasi, o‘pka arteriyasining stenozi (10-15 %) kabilar kiradi.

Tug‘ma yurak nuqsonlari sabablari Yurak nuqsonlaririning kelib chiqish sabablari xromosoma buzilishlari (5 %), gen mutatsiyasi (2-3%), tashqi muhit ta’siri (1-2 %), poligen faktorlarga moyillik (90%) bo‘lishi mumkin.

Orttirilgan Yurak nuqsonlari hayot davrida yurakning xastalanishi, aksari revmokardit, baʼzan ateroskleroz, septik endokardit, zaxm va boshqa kasalliklar oqibatida paydo boʻladi. Orttirilgan Yurak poroklariga: yurak klapanlarining (yopilish vaqtida) zich berkilmasligi; boʻlmachaqorinchalar (oʻng va chap boʻlmachaqorinchalar) oʻrtasidagi teshik yoki asosiy tomirlar chiqish joyining torayishi (stenozi); shu nuqsonlarning aralash boʻlishi, bir yoki bir necha klapanda baravar kamchilik boʻlishi kiradi

Tashxislash EKG da yurakning turli qismlari gipertrofiyasi, yurak joylashuvi, aritmiya kabilarga tashxis qo‘yish mumkin. FKG yordamida yurak tonlari va shovqinlarining xarakterli belgilar o‘rganiladi. Rentgeografiyada kichik qon aylanish doirasi, yurak joylashuvi, o‘lchami, shakli, o‘pka, plevra, umurtqalar o‘zgarishlari tashxislanadi. ExoKG tekshiruv usulida yurak devorlari va klapanlar yetishmovchiligi, yirik qon tomirlar joylashuvchi, yurak miokardining qisqaruvchanlik xususiyatlari baholanadi.


Yüklə 3,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə