Toshkent viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi



Yüklə 212,81 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix29.11.2023
ölçüsü212,81 Kb.
#139104
ma\'muriy oraliq



4-KAZUS
Toshkent viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi 
tomonidan 2021-yil 13-mart kuni faoliyati natijasida kanalga tashlanadigan 
chiqindilar tabiatga katta zarar yetkazayotganligi sababli Ohangaron tumanida 
faoliyat yurituvchi “LIFE” MCHJ faoliyatini 15 kunga to‘xtatib turish to‘g‘risida 
qaror qabul qilindi. Bundan norozi bo‘lgan “LIFE” MCHJ 2-may kuni Nurafshon 
tumanlararo maʼmuriy sudiga ariza bilan murojaat qilib viloyat ekologiya va atrof 
muhitni muhofaza qilish boshqarmasining qarorini bekor qilishni so‘radi. 
Nurafshon tumanlararo maʼmuriy sudi sudyasi D.Choriyev arizani 
qanoatlantirishni rad etdi. Bundan norozi bo‘lgan arizachi apellatsiya shikoyati 
keltirgan. 
Vaziyatga huquqiy baho bering.
Ishning ma’muriy sudga taalluqlilik va tegishlilik jihatlarini yoritib bering.
Apellatsiya shikoyati berish tartibi hamda, apellatsiya instansiyatining 
ishni ko`rib chiqishidagi o‘ziga xos jihatlarni qonun hujjatlari va shaxsiy 
fikringiz yordamida tahlil qilib bering.
Vaziyat bo‘yicha chiqariladigan sud hujjatiningasoslantiruvchi qismini ta
yyorlang
Yuqorida keltirilgan muammoli kazusga javob berishda ishning ma’muriy 
sudga taalluqlilik va tegishlilik tushunchalariga tarif va qonunchiligimizda 
qanday normalar borligi to’g’risida ma’lumot bersak maqsadga muvofiq bo’ladi
Ishning ma’muriy sudga taalluqliligi deganda, yuzaga kelgan muammoni 
aynan ma’muriy sudda hal qilish,ya’ni bu yerda ishni ko’rish nazarda 
tutilyapti.Agar ish jinoiy bo’lsa u jinoyat sudida ko’riladi va taalluqli bo’ladi,agar 
fuqorolikga oid bo’lsa fuqarolik sudida ko’riladi va taalluqli bo’ladi. 
Ishning tegishliligi deganda esa ishni aynan qaysi sudga tegishligi,ya’ni 
toifasiga qarap belgilanadi.Agar ish ma’muriy bo’lsa va u harbiy sohaga tegishli 
bo’lsa, bu ish O'zbekiston Respublikasi harbiy sudlariga tegishli bo’ladi. 
O'zbekiston Respublikasi Ma’miriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi 
kodeksining 26-va 28-moddalarida ishning ma’muriy sudga taaluqlilik va 
tegishlilik jihatlari yoritib berilgan.26-moddada keltirilishicha: 
Ma’muriy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki 
nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya 
qilish to‘g‘risidagi, ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy 
munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar taalluqlidir. 
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha 
qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ma’muriy sud o‘ziga taalluqli ishlarni fuqarolar, 
yuridik shaxslar va ma’muriy organlar, shuningdek o‘z faoliyatini O‘zbekiston 
Respublikasi hududida amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari, xalqaro 
tashkilotlar, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirokida ko‘radi. 
O‘zaro bog‘liq bo‘lib, ba’zilari ma’muriy sudga, boshqalari esa fuqarolik ishlari 
bo‘yicha sudga taalluqli bo‘lgan bir nechta talab birlashtirilgan taqdirda, barcha 
talablar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudda ko‘rilishi lozim. 


O‘zaro bog‘liq bo‘lib, ba’zilari ma’muriy sudga, boshqalari esa iqtisodiy sudga 
taalluqli bo‘lgan bir nechta talabni birlashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Ishlarning sudga tegishliligi to’g’risida kodeksning 28-moddasida keltirib 
o’tilgan.Unga ko’ra:
Sudga taalluqli ishlar tumanlararo ma’muriy sudlar tomonidan ko‘riladi, bundan 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar 
ma’muriy sudlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga 
tegishli ishlar mustasno. 
Investitsiya nizolari bo‘yicha yirik investorning, raqobat to‘g‘risidagi ishlar 
bo‘yicha tomonlarning xohishiga ko‘ra ushbu toifadagi ishlar bevosita 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan, qolgan investitsiyaviy nizolar 
investorning xohishiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, 
viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari tomonidan birinchi instansiya 
sudi sifatida ko‘rib chiqiladi. 
Yuqoridagi kazusda 
Toshkent viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza 
qilish boshqarmasi 
ma’muriy organ bo’ladi 
va u tomonidan 
“LIFE” MCHJ 
faoliyatini 15 ku
nga to‘xtatib turish to‘g‘risida qarori bu ma’muriy akt 
hisoblanadi. Fuqaro D.Choriyevning shikoyati huquqiy asosga ega bu ish 
tumanlararo ma’muriy sudda ko’rib chiqilishi kerak buning huquqiy asosi 
esa qonunchiligimizda belgilangan. 
Amaldagi 
qonunchiligimizga ko’ra 
Apellatsiya shikoyati (protesti) sudga 
yozma shaklda beriladi va shikoyatni (protestni) bergan shaxs yoki uning vakili 
tomonidan imzolanadi.
Apellatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar 
ko‘rsatilishi kerak: 
1) apellatsiya shikoyati (protesti) yo‘llanayotgan sudning nomi; 
2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, 
otasining ismi); 
3) ustidan shikoyat (protest) berilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan 
sudning nomi, ishning raqami va hal qiluv qarori qabul qilingan sana, talabning 
predmeti; 
4) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning talablari hamda shikoyat 
(protest) bergan shaxsning qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlariga, ish 
holatlariga va dalillarga havola qilgan holda hal qiluv qarorini noto‘g‘ri deb 
hisoblash uchun keltirgan asoslari; 
5) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati. 
Apellatsiya shikoyatida shikoyat berayotgan shaxsning yoki uning 
vakilining telefon, faks raqamlari, elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin. 


Ushbu rekvizitlar apellatsiya shikoyatining zaruriy qismlari hisoblanadi. 
Apellatsiya instansiyasi sudi ishni ko’rish tartibi ma’muriy sud ish 
yurituvi kodeksining 215-moddasida keltirib o’tilgan.Unga ko’ra:
Apellatsiya instansiyasi sudi ishni sud majlisida birinchi instansiya sudida 
ko’rish qoidalari bo’yicha ko’radi. 
Apellatsiya instansiyasi sudi ishni sud majlisida ushbu bobda belgilangan 
xususiyatlarni hisobga olgan holda birinchi instansiya sudida ko‘rish qoidalari 
bo‘yicha ko‘radi. 
Apellatsiya instansiyasi sudida: ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish 
to‘g‘risidag,ya’ni bitta shaxs ishtirok etkan bir biriga mazmunan o’xshash 
bo’lgan bir necha ishni birlashtirishi; talabning predmetini yoki asosini 
o‘zgartirish haqidag,ya’ni arizadagi talabning predmetini ushbu kazusga bog’lab 
keltiradigan bo’lsak fuqaro D.Choriyevning 
Toshkent viloyati ekologiya va atrof 
muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan chiqarilgan qarorni bekor 
qilishni so’rashi
; ishga uchinchi shaxslarni jalb etish to‘g‘risidagi qoidalar, 
shuningdek ushbu Kodeksda birinchi instansiya sudida ishni ko‘rish uchun 
belgilangan boshqa qoidalar qo‘llanilmaydi. 
Apellatsiya instansiyasi sudining sud majlisiga sud muhokamasini o‘tkazish 
vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan apellatsiya shikoyatini 
(protestini) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning 
kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi, bundan 
jamiyat yoki davlat manfaatlarini ko‘zlab qo‘zg‘atilgan ishlar bo‘yicha 
prokurorning kelmaganligi mustasno.Oxirgi jumladan tushunishimiz 
mumkunki, arizachi va ishda ishtirok etuvchining sudga kelmagani ishni sudda 
ko’rishga to’sqinlik qilmaydi.Shunday hollar borki unda prokuror ishtiroki shart 
bo‘lmagan fuqarolar yoki tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq ishlar ko‘rilishida 
tanlov asosida qatnashiladi.Ammo 
prokuror jamiyat yoki davlat manfaatlarini 
ko’zlab qo’zg’atilgan ishlar bo’yicha prokurorning kelishi shart. 
Atmosfera havosini ifloslantiruvchi faoliyat O‘zbekiston Respublikasi 
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,Sog‘liqni Saqlash
vazirligi,Ichki 
Ishlar 
vazirligining 
ularning 
qarori 
bilan 
cheklanishi,to‘xtatib turilishi,zarar ta‘sirini bartaraf etish imkoni bo‘lmagan 
taqdirda esa faoliyati to‘xtatilishi mumkin.Tadbirkorlik subyektlarining 
faoliyatini to‘xtatib turish va tugatish sud tartibida amalga oshiriladi. 
Ekologik ekspertiza rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik 
yoki


boshqa turli xil faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini belgilash hamda
kelajakda ekologik jihatdan ro‘yobcha chiqarish imkoniyatlarini aniqlash
tushuniladi.Ekologik ekspertiza faoliyatni amalga oshirishda ekologik talablarga
qanchalik rioya etilayotganligini aniqlash,faoliyat tabiiy muhit yoki fuqarolar
sog‘lig‘iga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkinligini yoki ta‘sir ko‘rsatayotgan
bo‘lsa uning ekologik xavflilik darajasini aniqlash va atrof muhitni muhofaza 
etishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning yetarli ekanligini aniqlash
uchun o‘tkaziladi.Buning huquqiy asosi ―Ekologik ekspertiza to‘g‘risida‖gi
qonunning 3-moddasi hisoblanadi.
Ekologik ekspertizaning 3xil turi bo‘lib,ular:davlat va jamoat ekologik
ekspertizasi,shuningdek ekologik auditdir.Davlat ekologik ekspertizasini amalga
oshirishda maxsus vakolatli organ O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof- 
muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hisoblanadi.Davlat ekologik ekspertiza
majburiy(Imperativ xarakterli) hisoblanib,uni viloyatlar va Toshkent shahar
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining ekspert
bo‘linmalari tomonidan o‘tkaziladi.Davlat ekologik ekspertizaning o‘tkazish
muddati o‘ttiz kun(30kun)dan oshmasligi lozim,ammo ekspertiza obyektining
murakkabligiga qarab shu qo‘mita raisi tomonidan ko‘pi bilan ikki oyga
uzaytirilishi mumkin va ekspertiza xulosasi uch yil mobaynida yuridik kuchga
ega bo‘ladi. 
Yuqoridagi kazusda 
“LIFE” MCHJ faoliyatini 15 kunga to’xtatib turi
lgani 

Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun va “Ekologik 
ekspertiza to‘g‘risida”gi qonunga ko’ra huquqiy asosga ega. 
Aniqladi: 
Arizachi D.Choriyev 
Toshkent viloyati ekologiya va atrof muhitni 
muhofaza qilish boshqarmasi qarorini qonunga hilof de
b topishni so’ragan.
O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ish yuritish to’g’risidagi kodeksi 133-
moddasining 2-bandiga ko’ra:
ma’muriy sudning ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, 
ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan qabul 
qilingan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki ish yuritishni tugatish 
haqidagi ajrimi mavjud bo‘lsa arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish uchun 
asos bo’ladi. 
Bunday holatlarda D.Choriyevning shikoyat arizasi rad etilishi lozim. 
Yuqoridagilarga asosan,O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy sud ishlarini 
yuritish to’g’risidagi kodeksining 133-moddasini qo’llab, sud
Ajrim qiladi 


Xulosa qilib aytadigan bo’lsak,yuqoridagi berilgan muammoli kazusda 
O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy sud ishlarini yurituv kodeksining 133-
moddasi 2-bandi va yuqorida ketirilgan bir necha qonunlarga(“Atmosfera 
havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun va “Ekalogik ekspertiza 
to'g'risida”gi qonun) muvofiq arizachi D.Choriyevning shikoyati rad etilishi 
qonuniy asosga ega. Sababi u 
faoliyati natijasida kanalga tashlanadigan 
chiqindilar tabiatga katta zarar yetkazayotganligi sababli uning tadbirkorligi 
15 kunga to’xtatib turildi.

Yüklə 212,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə