Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti yaxshimbekova sayyora kamalovna


Zo‘riqishlarni bartaraf etish usullari va vositalari



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə26/34
tarix18.07.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#119680
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34
Магистрлик ИШИ охирги

Zo‘riqishlarni bartaraf etish usullari va vositalari

Foiz

1

Televizor ko‘rish

11

2

Mazali taom

2,4

3

O‘qish yoki o`qishdagi tanaffus

4

4

Uyqu

15

5

Yoqtirgan kishisi yoki do‘stlari bilan muloqot

21

6

Ota-onalar yoki do‘stlarning qo‘llab-quvvatlashi

5

7

Toza havoda sayr qilish

23

8

Hobbi (qiziqqan faoliyat turi bilan shug‘ullanish)

12

9

Jismoniy faollik

4,5

10

Boshqalar

2,1

Har bir kishi turli salbiy kechinma va holatlardan chiqib ketishda o‘ziga xos usul va vositalardan foydalanadi. Tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha, ko‘pchilik (23%) hissiy zo‘riqish paytida toza havoda sayr qilishni ma’qul ko‘radi, ba’zilar o‘ziga yoqqan kishilar yoki do‘stlari bilan muloqot orqali bunday holatdan chiqib ketishga harakat qiladilar (21%), ayrim o‘smirlar uchun (15%) uyqu ham zo‘riqishlardan qutulishning eng yaxshi usuli hisoblanadi. 2,1 % tekshiriluvchilar esa biz tavsiya etgan usullardan boshqa, o‘ziga xos usul va vositalardan foydalanishlarini ko‘rsatib o‘tishgan. Keling bu ko`rsatkichlarni diagramma ko`rinishida ko`raylik.



Diagrammadan ko`rinib turibdiki respondentlar eng yuqori ko`rsatkichlar deb “Toza havoda sayr qilish” - bunga sabab kun davomida bizni qiynab kelayotgan muammmoli vaziyatlardan biroz bo`lsada holi bo`lish, miyaga dam berish va tinchlantirishdir.


Stressdan holi bo`lishning eng yaxshi usullaridan biri “Yoqtirgan kishisi yoki do‘stlari bilan muloqot”dir. Diagrammadan ko`rining turibdiki bu usul 21% ni ko`rsatmoqda. Haqiqiy dildan suxbat qurush, ijtimoiy qo`llab quvvatlash har qanday stress holatini еngishga yordam beradi. O`smirlarning o`ziga yarasha dunyo qarashi va muhiti bo`ladiki, ularning nazdida ularni o`zlaridan boshqa hech kim tushunmaydigndek. Lekin har bir insonning hech bo`lmaganda bir nafar bo`lsa ham dildan suxbatlashadigan, sirlashadigan yaqin insoni, hamsuxbati bo`ladi.
Amerikalik tadqiqotchilarning fikricha kimning yaqin do`sti bo`lsa, qolgan insonlarga nisbattan kamroq stressga moyil bo`lishadi. Shuningdek tadqiqotda qatnashgan respondentlar uyali aloqadan foydalangandan ko`ra, yuzma-yuz uchrashib suxbatlashishganda o`zlarini yaxshiroq his qilganliklari haqida aytib o`tishgan.
Uyqu – odamlarda davriy yuz beradigan fiziologik holat. Bunda fiziologik jarayonlar bir qadar sekinlashadi va organizmning, chunonchi markaziy nerv sistemasining ish qobilyati tilklanishi uchun eng yaxshi sharoitlar yaratadi. Uyqu har bir insonning zarur hayotiy ehtiyojidir Uxlab yotgan paytingizda miyangiz qaytadan quvvat olib, hujayralaringiz o`z-o`zini qaytadan tiklaydi. Balki shu sababli tadqiqotimizda respondentlar ko`rsatkichi “Uyqu” holatiga 15%ni tashkil etgandir.
Keyingi o`rinda respondentlarimiz stressni еngishda sevimli mashg`ulotlari- “Hobbi” (12%) bilan shug`ullanishlarini aytib o`ttilar. Buni tushunsa bo`ladi, har bir insonning o`zi yoqtirgan, uni tinchlantiradigan, nohush o`y-fikrlardan chalg`itadigan mashg`uloti bo`ladi. Bunga misol qilib, qiziqarli mashg`ulotlar bilan shug`ullanish, turli yoshda, turli jinsda turlichadir. Misol uchun o`smir qizlarda: biserchilik, kashtachilik, qandolatchilik, rasm chizish, sheriklarini sochlarini turmaklash yoki oynaga qarab, turli liboslarini kiyib moda namoyish etish va h.k.
O`g`il bolalarda esa еngil sport turi bilan shug`ullanish, avtomobil rusumlarini sur’atlarini to`plash yoki chizish(bo`yash), erkak modellarni muskullariga qiziqish ustachilik, musiqa tinglash, xatto ijobiy qiziqish deb bo`lmaydikuya kompyuter o`yinlariga mukkasidan ketish kabi hobbilar ham kuzatilib turadi. Ishtirokchilarimiz stressni еngishda “Televizor ko`rish”(11%)dan ham foyldalanishar ekan. Ko`pchilikka ma’lumki televizor ko`rish ko`pchilik insonlarda ma’lumot olish manbai bo`libgina qolmay, sevimli mashg`ulot hamdir. Internetda o`tirish yoki sms yozish televizor ko`rishni o`rnini to`la bosa olmaydi. Kechki payt televizor ko`rib o`tirish ko`pchiligimizning sevimli mashg`ulotimizdir. Agar televizor ko`rish madaniyatiga rioya qilib ya’ni salomatligimizga zarar еtkazmay tomosha qilasak bu qisman stress holatini еngishga(chalg`ishga) ko`maklashadi.
Turli qiziqarli shou va konsertlar, film va serillar bugungi kunda ijobiy emotsiya olishimizga ko`maklashadi. Misol uchun oilaviy teledasturlar yoki ijobiy hislatlarni uyg`otuvchi filmlar ko`rish kayfiyatimizga o`z ta’sirini ko`rsatmay qolmaydi.
Zo`riqishlarni еngishda ota-onalar yoki do‘stlarning qo‘llabquvvatlashi (5%) ham muhim omil hisoblanadi. Bunga sabab o`smiryuqorida aytib o`tganimizdek kichik bo`lib, kichik emas katta bo`lib katta emas. Shundey ekan hayot qiyinchiliklarida birga, yonma-yon suyanchiq bo`la oladigan inson borligi ruhiy bosimni еngishda dalda bo`ladi.
“O‘qish yoki o`qishdagi tanaffus” so`roviga respondentlar ko`rsatkichi 4% ni ko`rsatmoqda bunga sabab, o`smirlarning asosiy faoliyatlariga o`qish, ta’lim olish kiradi. Maktabga borganda avvalambor o`uvchilarimiz kelajagi uchun zarur bo`lgan bilim asoslarini mustahkamlaydilar. Shuningdek yoqtirgan fanlari bilan shug`ullanishadi va yaqin do`st(dugona)lari bilan ko`rishadilar. Bundan tashqari badiiy asarlar o`qish, mutolaa asabni tinchlantiradi, xotirjam bo`lishga ko`maklashadi. Kitob o`qish jarayonida o`quvchi qahramonlar bilan birga bo`ladi.
Ularning quvonch va tashvishlariga sherik bo`ladi. Chet el tadqiqotchilarining aniqlashicha badiiy asar o`qigan odam hayotda ham boshqalarning his-tuyg`ularini yaxshi tushunishar ekan. Shuningdek kitob o`qish miyadagi asab tolalarini sonini oshirishi ham ayni haqiqat. Agarda sizni tushkunlik holati qiynayotgan bo`lsa kitob mutoala qiling va o`zgarishlarni yaqol sezasiz
“Mazali taom” istemol qilish va jismoniy faollik 2.4% ni jamladi. Bunga sabab biz istemol qilayotgan taom va mahsulotlar bizning salomatligimizga va ruhiyatimizga o`z ta’sirini ko`rsatmay qo`ymaydi. Hatto shundey mahsulotlar borki, ular oragnizmimizda sirotin(baxt garmonini) ishlab chiqarishda ko`maklashadi. Bundey mahsulotlarga: banan, shokolat, muzqaymoq shuningdek grechka, ovsyanka kabi mahsulotlar ham stressni еngishda ko`maklashadi.
Stress jismoniy va ruhiy bo`lishi ma’lum, ammo har ikki holatda ham jismoniy faollik, jismoniy mehnat ijobiy ta’sir ko`rsatadi. Jismoniy faollik sog`lom turmush tarzining ikkinchi tub tarkibiy qismidir. Inson doimo kuch, epchillik, tezlik, chidamlilik kabi jismoniy fazilatlarni rivojlantirishga intilgan. Har birimizda jismoniy kuch berish,ishonchli chiniqishni talab etuvchi ko`plab ishlarimiz bo`ladi.
Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug`ullanish jarayonida nafaqat salomatlik mustahkamlanadi, balki o`zini yaxshi sezish hamda kayfiyat yaxshilanib, tetiklik, quvnoqlik tuyg`usi paydo bo`ladi.
Qolgan respondentlarimiz stress va ruhiy zo`riqishlarni еngishda boshqa usullardan foydalanishlarini ko`rsatib o`tdilar. Asosiysi qaysi usuldan foydalanish emas balki bu holatdan tezroq chiqib ketish, kurashuvchanlikdir.
Metodikamizning V chi bosqichi “Imtihon-sinovlar oldidan qay darajada hayajonlanasiz?” savoli bo`lib, yozma tariqasida javob belgilandi. Natijalar hayajonlanish darajasi yuqori bo`lishi aniqlandi. Yuqori hayajonlanish qiz bolalarda 51,81%, o`g`il bolalarda esa 22,02%; o`rtacha hayajonlanish qiz bolalarda 46,04%, o`g`il bolarda esa 73,04%, past hayajonlanish qiz bolalarda 2,15%, o`g`il bolalarda esa 4,91 % ni ko`rsatmoqda. Bundan ma’lum bo`ldiki, qiz bola o`quvchilarning ko`rsatkichi o`g`il bola o`quvchilarnikiga nisbattan hayajonlari yuqori chiqdi. Bunga sabab qiz bolalarda o`ziga bo`lgan ishonchning sustligi, emotsional ta`sirchanlikning yuqoriligi, frustriatsiyaga tez beriluvchanlik, hayajonning yuqoriligi, diqqatni jamlashdagi qiyinchiliklar, egiluvchanlik, behalovatlilik, masuliyatni imkonidan ortiq qabul qilib olish kabi muamolardir.
Metodikamizning VI bosqichi “O‘zingizda imtihon bilan bog‘liq zo‘riqishlarning qanday belgilarini his qilasiz?” so`rovi bo`lib, eng yuqori ko`rsatkich yurak urishining tezlashishi (31%), og‘izning qurib qolishi (22,3%), nafas olishning qiyinlashuvi (9,6%), mushaklarning titrashi (12,3 %), bosh og‘rig‘i (0,8%) va boshqalar (nutqini unutib qo`yish, tez gapirish, duduqlanib qolish, ko`zlarning pir-pirashi, qo`larni qirsillatish, soch uchuni jingalak qilish, oyoqlarni qaltirashi, hatto bosh qichishishi kabi holatlar) – 24,0 % ekanligi aniqlandi. Qanday bo`lishidan qattiy nazar imtixon oddiy bir sinov, yaxshi ko`rsatkichlarga erishish uchun diqqatni bir еrga jamlab, ichki xotirjamlikni tiklash va olg`a intilish kerak.
Metodikamizning VII bosqichi imtihon paytidagi zo‘riqishni qanday еngishiga qaratilgan bo`lib, o`quvchilar bu bosqichda yozma tariqasida javob qaytardilar. Aksariyat o`quvchilar yaqinlarining (oila a’zolari, do`stlarining) qo`llab quvvatlashi yoki yolg`iz qolib diqqatini jamlashga urinish, qog`oz еrtish yoki qog`ozga bosim bilan chizish, o`tilgan mavzularni tez-tez qayta-qayta takrorlash, toza havodan chuqur nafas olish, salqin ichimlik istemol qilish kabi usullardan foydalanar ekanlar.
O‘tkazilgan tajriba natijalaridan shunday xulosa qilish mumkin. O‘smirlar faoliyatiga xos hissiy zo‘riqishlar asosan o`quv jarayoni ayniqsa imtixon oldi vaqtlarda kuchli bo`lishini va turli shakllarda namoyon bo‘lishi, turli-tuman sabablar ta’sirida yuzaga kelishi va o‘ziga xos usullar yordamida bartaraf etilishi namoyon bo`ldi. Stress har bir yoshda mavjud va har xil ko`rinishda namoyon bo`ladi, uni еngish esa insonni o`z qo`lida.



Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə